Bandlikka koʻmaklashish markaziga ish soʻrab murojaat etgan, ishsiz maqomi berilgan va ish qidiruvchi sifatida roʻyxatga olingan fuqarolarni jamoat ishlariga jalb etish toʻgʻrisida (1349-son)
17.11.2017
Namangan viloyati Toʻraqoʻrgʻon tumani hokimining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 1-songa ilova) 65-moddasi, “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 97-modda) 17, 22-moddalariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-iyuldagi “Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 353-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1999-y., 7-son, 40-modda) ijrosini taʼminlash, ish qidirayotgan shaxs sifatida tuman Bandlikka koʻmaklashish markazida roʻyxatga olingan fuqarolarga ularni vaqtincha ish haqi olish va ish qidirayotgan davrida ularni moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash, markaz tomonidan ishsiz deb eʼtirof etilgan fuqarolarni vaqtincha ish bilan taʼminlash uchun shart-sharoitlar yaratish, birinchi marta ish qidirayotgan va kasbi boʻlmagan shaxslarni mehnat faoliyatiga jalb qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qoonunining (Oʻzbekiston respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda) 6-moddasiga asosan, qaror qilaman:
1, Tuman Bandlikka koʻmaklashish markaziga ish soʻrab murojaat etgan, ishsizlik maqomi berilgan va ish qidiruvchi sifatida roʻyxatga olingan fuqarolarning jamoat ishlariga jalb etish boʻyicha ishchi guruh tarkibi 1-ilovaga asosan tasdiqlansin.
2. Toʻraqoʻrgʻon tumanida 2018-yil uchun haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etuvchi korxona va tashkilotlar roʻyxati 2-ilovaga asosan tasdiqlansin.
3. Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etuvchi korxona, tashkilotlar rahbarlariga:
korxonalar, muassasalar, tashkilotlar boʻyicha yetmish besh foizi ish beruvchilar mablagʻlari va yigirma besh foizi Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga amalga oshirilsin;
tuman Bandlikka koʻmaklashish markazi yoʻllanmasi boʻyicha haq toʻlanadigan jamoat ishlariga yuborilgan fuqarolarni jamoat ishlariga qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot 3 kun muddatda markazga yozma ravishda xabar qilinsin.
4. Tuman Bandlikka koʻmaklashish markazi (F. Kamolov):
korxona va tashkilotlar rahbarlari tomonidan mazkur qarorning toʻliq bajarilishi yuzasidan qatʼiy nazorat oʻrnatilsin;
haq toʻlanadigan jamoat ishlariga yuborilgan va ish bilan taʼminlangan fuqarolar belgilangan tartibda hisobga olinsin.
5. Ushbu qaror “Davr” gazetasida rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari B. Abduvaliyev zimmasiga yuklatilsin.
Tuman hokimi Gʻ. MURODXUJAYEV
Toʻraqoʻrgʻon sh.,
2017-yil 17-noyabr,
1349-son
Tuman hokimining 2017-yil 17-noyabrdagi 1349-sonli qaroriga 1-ILOVA
Tuman Bandlikka koʻmaklashish markaziga ish soʻrab murojaat etgan, ishsizlik maqomi berilgan va ish qidiruvchi sifatida roʻyxatga olingan fukarolarning jamoat ishlariga jalb etish boʻyicha ishchi guruhi
TARKIBI
1. B. Abduvaliyev ― Tuman xokimining birinchi oʻrinbosari, ishchi guruh rahbari 2. M. Usmonov ― Tuman iqtisodiyot va hududni kompleks rivojlantirish boʻlimi boshligʻi 3. F. Kamolov ― Tuman Bandlikka koʻmaklashish markazi direktori 4. X. Xikmatov ― “Oʻzbekiston Yoshlar itifoqi” Toʻraqoʻrgʻon tuman kengashi 5. M. Gʻafurov ― Tuman moliya boʻlimi mudiri
Tuman hokimining 2017-yil 17-noyabrdagi 1349-sonli qaroriga 2-ILOVA
Bandlikka koʻmaklashish markaziga ish soʻrab murojaat etgan, ishsiz maqomi berilgan va ish qidiruvchi sifatida roʻyxatga olingan fuqarolarni jamoat ishlariga jalb etish toʻgʻrisida
ROʻYXATI
T/r Korxona va tashkilotlar nomi Haq toʻlanadigan jamoat ishlarining turlari Jalb kilinadiganlar soni (kishi) Mexnatga hak toʻlash foizi ish beruvchi korxona mablagʻi hisobidan % Maxalliy budjet va Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi xisobidan % 1. “Namangandonmahsulot” AJ ga qarashli Toʻrakoʻrgʻon DKKSh Dagʻal xashak yigʻish, Yuk ortish-tushirish ishlari 30 75 % 25 % 2. “Toʻrakoʻrgʻon paxta tozalash” aksionerlik jamiyati Yuk ortish-tushirish ishlari 40 75 % 25 % 3. Tumandagi xususiy korxona, firma masʼuliyati cheklangan jamiyatlarda quruvchi, ishchi, elektrik, meva teruvchi 20 75 % 25 % 4. Tumandagi fermer xoʻjaliklari Ishchi, supuruvchi, elektrik, mevani saralovchi 85 75 % 25 % jami 175 X X Tuman Bandlikka koʻmaklashish markazi direktori: F. Kamolov
