Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalarni texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida (391-son)
12.03.2019
Fargʻona viloyati Fargʻona shahri hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3699-son qaroriga (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.05.2018-y., 07/18/3699/1184-son, 01.10.2018-y., 06/18/5547/1975-son) muvofiq va “Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga (roʻyxat raqami 2452, 2013-yil 25-aprel), (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 17-son, 229-modda; 2015-y., 30-son, 402-modda) asosan hamda Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi qonunining 6, 25-moddalarini qoʻllab shaharda 2019-yil qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalarni, shuningdek, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini yillik texnik koʻrikdan oʻtkazilishini tashkil etish maqsadida qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining “Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi 2013-yil 2-apreldagi 58-sonli buyrugʻi rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Shahardagi mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar, (davlat xavfsizlik xizmati, mudofaa va ichki ishlar boʻlimidagi ishlab chiqarish bilan band boʻlmagan texnikalari bundan mustasno) yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan shahar qishloq xoʻjaligi texnikalari boʻyicha davlat inspektori tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilgan texnikalar belgilangan tartibda 2019-yil 12-martdan 30-aprel kuniga qadar yillik texnik koʻrikdan oʻtkazilsin. Texnik koʻrikdan oʻtkazish ish rejasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha shahar komissiyasi tarkibi 2-ilovaga asosan tasdiqlansin.
4. Texnik koʻrikdan oʻtkazish davrida komissiya tarkibiga kiritilgan masʼul shaxslarning doimiy ish joylaridagi oylik ish haqlari saqlanib qolishi inobatga olinsin.
5. Texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha shahar komissiyasiga:
texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi ish rejani shahardagi yuridik va jismoniy shaxslarga yetkazish, texnik koʻrikdan oʻtmagan yoki texnik koʻrikka taqdim etilmagan texnikalarni qayta texnik koʻrikdan oʻtkazish, texnik talabga javob bermaydigan, nosoz texnika vositalarini ishlatilishini qatʼiyan man qilish, texnik koʻrik davomida texnikalarning mavsumga tayyorgarligi, har bir traktorchi-mashinistlarda tegishli texnika vositasini boshqarishi uchun ruxsat etilgan toifaning mavjudligini, texnikalarning oʻrnatilgan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilganligini va boshqa texnik talablarga rioya etilganligini qayta koʻrib chiqish hamda texnik koʻrikdan oʻtgan texnikalarni tegishli dalolatnomalar asosida ishlashiga ruxsat berishni tashkil etish vazifalari yuklatilsin.
6. Shahardagi barcha fermer xoʻjaliklari, korxona va tashkilotlar rahbarlariga ish rejasida koʻrsatilgan muddatga qadar texnikalarni texnik koʻrikka tayyorlash va texnik koʻrikdan oʻtkazish maydonchalariga yigʻish, texnikalarni texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun undiriladigan yigʻimni belgilangan tartibda tegishli hisob raqamga toʻlanishini taʼminlash vazifalari yuklatilsin.
7. Ushbu qaror qabul qilinishi munosabati bilan shahar hokimining 2018-yil 9-fevraldagi 33/3-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
8. Mazkur qaror “Fargʻona tongi” gazetasida rasmiy eʼlon qilinsin hamda shahar hokimligining veb-saytiga joylashtirilsin.
9. Belgilansinki, mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
10. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish shahar hokimining oʻrinbosari Sh. Niyazmetov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim X. XABIBIDINOV
Fargʻona sh.,
2019-yil 12-mart,
391-son
Shahar hokimining 2019-yil 12-martdagi 391-sonli qaroriga 1-ILOVA
Shahardagi mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar, korxona, tashkilot, fermer xoʻjaliklaridagi qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini 2019-yil uchun texnik koʻrikdan oʻtkazish
JADVALI
T/r Hududlar va MMTPlar nomi Texnik koʻrikdan oʻtkazish muddati Eslatma 1. Fargʻona Azot OAJ 25.03.2019 2. Fargʻona avtotrans xizmat MChJ 26.03.2019 3. Asaka bank OAJ 27.03.2019 4. Fargʻona neftni qayta ishlash zavodi 28.03.2019 5. Qirguli lolasi MChJ 29.03.2019 6. Joʻydam taʼmir MChJ 30.03.2019 7. Margʻilon shahar obodonlashtirish Boshqarmasi boshqarmasi 01.04.2019 8. Omonov Xayrullo Nusratillayevich 02.04.2019 9. Fargʻona tumani yul xoʻjaligi korxonasi 03.04.2019 10. Fargʻona moy OAJ 04.04.2019 11. Fargʻona maxsus energomontaj 05.04.2019 12. Fargʻona maxsus energomontaj Fargʻona shahar suv oqova 05.04.2019 13. Fargʻona shahar suvoqova i/ch DUK Nasriddinov Ikromiddin Nasridinovich 06.04.2019 14. Nasriddinov Ikromiddin Nasridinovich 08.04.2019 15. Fargʻona issiqlik elektr markazi 09.04.2019 16. Quvasoy mukammal taʼmir MChJ 10.04.2019 17. Fargʻona koʻp.saqlash I.T.F korxonasi 11.04.2019 18. Irrigatsiya tizimi boshqarmasi 12.04.2019 19. Fargʻona vodiysi magistral kanallar tizimi 13.04.2019 20. Fargʻona tumani yul xoʻjaligi 15.04.2019 21. Fargʻona vibropres 16.04.2019 22. Fargʻona Elektor tarmoqlari k/x 17.03.2019 23. Davsuv maxsus pudrat DUK 18.042019 24. Fargʻona suv maxsus taʼmir MChJ 19.04.2019 25. Fargʻona davlat oʻrmon xoʻjaligi 20.04.2019 26. Vodiy gaz taʼminot U/K 22.04.2019 27. Fargʻona shahar Obodonlashtirish 23.04.2019 28. Boshka tashkilotlar, shaxsiy fuqarolar, fermer xoʻjaliklari Muddati kelgan vaqtida
Shahar hokimining 2019-yil 12-martdagi 391-sonli qaroriga 2-ILOVA
Texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha Fargʻona shahar komissiyasi
TARKIBI
X. Turdiboyev — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Quvasoy shahar boʻlimining katta inspektori, komissiya raisi Komissiya aʼzolari E. Komilov — Fargʻona viloyati “Yoʻl harakati xavfsizligi markazi” x/k rahbari: I. Shaxobov — Fargʻona viloyati “Yoʻl harakati xavfsizligi markazi” x/k rahbari:
