Toshkent shahar hokimining 2018-yil 27-dekabrdagi “Toshkent shahrining 2019-yilgi mahalliy budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi 1865-sonli qaroriga qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritish haqida (357-son)
05.03.2019
Toshkent shahar hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-yil 31-dekabr, 52-(I)-son) 143-moddasi, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda;) 25-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari hamda 2020-2021-yillarga moʻljallari toʻgʻrisida”gi PQ-4086-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami”, 2018-yil 31-dekabr, 52-son, 996-modda), Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2018-yil 26-dekabrdagi “Toshkent shahrining 2019-yilgi mahalliy budjeti daromadlari va xarajatlari hajmlari toʻgʻrisida”gi 402/46-5-sonli qarorlariga muvofiq, Toshkent shahar hokimligi iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari majmuasining murojaatlarini inobatga olib, qaror qilaman:
1. Mahalliy budjet daromadlari boʻyicha belgilangan prognoz koʻrsatkichlarining umumiy yillik miqdoridan kelib chiqib, soliq Konsepsiyasi boʻyicha taʼsir qiluvchi omillarni inobatga olgan holda choraklik prognoz koʻrsatkichlarini muvofiqlashtirib borish hamda yillik prognozni qayta taqsimlanishiga Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi tomonidan rozilik berilgani inobatga olinsin.
2. Toshkent shahar hokimining 2018-yil 27-dekabrdagi “Toshkent shahrining 2019-yilgi mahalliy budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 1865-sonli qarorining:
a) 3-ilovasi mazkur qarorning 1-ilovasiga muvofiq;
b) 5-ilovasi mazkur qarorning 2-ilovasi muvofiq yangi tahrirda bayon qilinsin.
3. Toshkent shahar Moliya bosh boshqarmasi (L. Ismatullayev):
Toshkent shahar mahalliy budjetiga tegishli oʻzgartirishlar kiritilsin.
4. “Toshkent oqshomi” va “Vecherniy Tashkent” gazetalari tahririyati (A. Akromov), Axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish boʻlimi (F. Aminov):
mazkur qaror rasmiy eʼlon qilinishi va www.toshkent.uz veb-saytiga joylashtirilishi taʼminlansin.
5. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
6. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Toshkent shahar hokimining birinchi oʻrinbosari Sh. Xadjizadayev zimmasiga yuklatilsin.
Toshkent shahar hokimi J. ARTIKXODJAYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 5-mart,
357-son
Toshkent shahar hokimining 2019-yil 5-martdagi 357-sonli qaroriga 1-ILOVA
Davlat soliqlaridan tuman mahalliy budjetlariga ajratmalar meʼyorlari
foizda Tuman nomlari Yagona soliq toʻlovdan Davlat budjetiga ajratmalar Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan qatʼiy belgilangan daromad soligʻi Aksiz soligʻi Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq Yuridik shaxslar yer soligʻi benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz realizatsiya-sidan soliq Shayxontohur 38 100 100 100 Uchtepa 53 100 100 100 Chilonzor 100 100 15 100 Mirobod 61 100 100 100 Mirzo Ulugʻbek 100 100 100 100 100 Yakkasaroy 67 100 40 100 Olmazor 97 100 100 100 Yashnobod 63 100 100 100 100 Sergeli 100 100 25 100 Bektemir 14 100 100 Yunusobod 100 100 100 100
foizda Tuman nomlari Jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻi Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq Soliq qonunchiligi va Maʼmuriy huquqbuzarliklar boʻyicha jarimalar* Bozorlar daromadidan tushum Mahalliy yigʻimlar Shayxontohur 100 100 100 100 100 Uchtepa 100 100 100 100 100 Chilonzor 100 100 100 100 100 Mirobod 100 100 100 100 100 Mirzo Ulugʻbek 100 100 100 100 100 Yakkasaroy 100 100 100 100 100 Olmazor 100 100 100 100 100 Yashnobod 100 100 100 100 100 Sergeli 100 100 100 100 100 Bektemir 100 100 100 100 100 Yunusobod 100 100 100 100 100
* Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari hamda 2020-2021-yillarga moʻljallari toʻgʻrisida”gi PQ-4086-sonli qarorining 26-ilovasiga muvofiq.
Toshkent shahar hokimining 2019-yil 5-martdagi 357-sonli qaroriga 2-ILOVA
Toshkent shahar mahalliy budjetining 2019-yil uchun budjet parametrlari
T/r Koʻrsatkichlar Miqdori (ming soʻm) Daromadlar jami 2 062 896 623 1 Yagona soliq toʻlovidan Davlat budjetiga ajratmalar 92 545 757 2 Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi 362 523 513 3 Aksiz soligʻi, jami 566159971 shu jumladan: — aroq 351 034 254 — konyak 8 673 750 — tabiiy vino 490 675 — boshqa vinolar 10 574 213 — shampan, gazli va vijillab turadigan vinolar 649 981 — etil spirti 13 296 992 — pivo 59 167 314 — benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz realizatsiyasidan soliq 122272 792 4 Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq 163690592 5 Yuridik shaxslar yer soligʻi 194 146 204 6 Davlat boji 468 859 632 7 Jarimalar 80 519 698 8 OʻzR IIV Yoʻl harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan undiriladigan yigʻimlar 134 451 256 Xarajatlar jami 2 062 896 623 1 Maorif xarajatlari 128 926361 — maktabgacha taʼlim 1 262022 — umumiy taʼlim 127 424268 — kadrlar tayyorlash 240071 2 Sogʻliqni saqlash xarajatlari 515 180351 3 Madaniyat xarajatlari 47 700352 4 Jismoniy tarbiya xarajatlari 13 797332 5 Fan xarajatlari 2 829650 6 Bolali oilalarga va kam taʼminlangan oilalarga nafaqalar 3 602389 7 Chernobil falokatini bartaraf etishda qatnashganlarni ijtimoiy himoyalash 5907 8 Davlat mukofotlarini toʻlash boʻyicha xarajatlar 3 441543 9 Ijtimoiy koʻnikma markazlari 49332 10 Iqtisodiyotga xarajatlar 314 805804 shu jumladan: Qishloq xoʻjaligi vazirligi tashkilotlari 412 606 Obodonlashtirish 262 823444 Drenaj ishlari bilan bogʻliq xarajatlar 8 311 669 Koʻp qavatli uylarni lift bilan jixozlash 23 884 401 Uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining xududiy boʻlimlarini saqlash xarajatlari 4 552 084 Koʻp xonadonli uy-joy fondiga tutash hududlarni obodonlashtirish 6 358 051 Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy boshqarmalari 3 051 925 Chigirtka va qizil kapalakka qarshi profilaktika va kurashish radiologik va toksikologik kuzatuvlarni olib borish, tuproq hamda qishloq xoʻjalik mahsulot-laridagi ogʻir metall tuzlari va pestitsidlar choʻkindi qoldiqlari, toʻplangan radionuklidlarni tahlil qilish boʻyicha chora-tadbirlarni 92 938 Veterinariya qoʻmitasi 5 318 686 11 Markazlashtirilgan kapital koʻyilma (kapital qurilish) 70 720 500 12 Davlat boshqaruv organlarini saqlash 30 271670 13 Zahira jamgʻarmasi 13 425178 14 Isitish qozonxonalari va isitish tizimlarini kapital taʼmirlash 10 698 290 15 Toshkent metropolitenida kunduzi soat 10:00 dan 16:00 gacha boʻlgan kunduzgi davrda pensionyerlarni bepul tashishda va bepul yurishhuquqini beradigan yagona guvohnomalar boʻyicha hisobga olinadigan yoʻlovchilarni tashish natijasida olinmay qoladigan daromadlarni qoplash 5 284 700 16 Shahar passajir transportida baʼzi kategoriyadagi kishilarning bepul yurishlarini budjetdan qoplash 7 676 127 17 Cheklangan tariflar boʻyicha yoʻlovchilar va bagajni tashish boʻyicha xizmatlar koʻrsatilishi munosabati bilan shahar yoʻlovchi tashish transporti tashuvchilari koʻradigan zararlarni qoplash 23 400 000 18 Shahar passajir transportida bepul yurishhuquqini beradigan yagona guvohnomalar boʻyicha hisobga olinadigan yoʻlovchilarni tashish natijasida olinmay qoladigan daromadlarni qoplash 44 143 580 19 Boshqa xarajatlar 119 983 208 Mahalliy budjetdan moliyalashtiriladigan boshqa muassasalar va tadbirlar 3 352 210 “Xayatt Ridjensi” mehmonxonasi kreditini qoplash 72 079 260 Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining kreditini qaytarish 9 205 728 Chet el kreditlarini qoplash 35 346 010 Tuman budjetlariga ajratiladigan maqsadli ijtimoiy transfertlar miqdori 706 954 349
