Mirobod tumanining 2019-yilgi mahalliy budjeti parametrlari toʻgʻrisida (1-son)
04.01.2019
Toshkent shahar Mirobod tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining (“Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami”, 2013-yil 31-dekabr, 52-(I)-son) 28, 99-moddalari, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda;) 25-moddasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2018-yil 13-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yilgi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalarining budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi SQ-348-III-son qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari hamda 2020-2021-yillarga moʻljallari toʻgʻrisida”gi PQ-4086-sonli qarori, xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2018-yil 26-dekabrdagi “Toshkent shahrining 2019-yilgi mahalliy budjeti daromadlari va xarajatlari hajmlari toʻgʻrisida”gi 402/46-5-sonli qarori, Toshkent shahar hokimining 2018-yil 27-dekabrdagi “Toshkent shahrining 2019-yilgi mahalliy budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi 1865-sonli qarori, xalq deputatlari Mirobod tumani Kengashining 2018-yil 27-dekabrdagi 130/20-1-sonli qarori hamda Toshkent shahar Moliya Bosh boshqarmasining 2018-yil 27-dekabrdagi 02-4-sonli xatiga asosan, qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari hamda 2020-2021-yillarga moʻljallari toʻgʻrisida”gi PQ-4086-sonli qaroriga asosan xalq deputatlari Mirobod tumani Kengashining 2018-yil 27-dekabrdagi 130/20-1-sonli qarori bilan qabul qilingan Mirobod tumanining 2019-yilgi mahalliy budjeti daromadlari va xarajatlari hajmlari ijro uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
Mirobod tumanining 2019-yilgi mahalliy budjeti asosiy parametrlari 1-ilovaga muvofiq;
Mirobod tuman mahalliy budjetlarining 2019-yil daromadlari va xarajatlari, shahar mahalliy budjetidan tuman mahalliy budjetiga ajratiladigan maqsadli ijtimoiy transfertlar miqdori 2-ilovaga muvofiq;
Davlat soliqlaridan shahar va tuman mahalliy budjetlariga ajratmalar meʼyorlari 3-ilovaga muvofiq;
Mirobod tuman mahalliy budjetining 2019-yil uchun naqd pul kassa aylanmasining yoʻl qoʻyiladigan eng kam miqdorlari 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Mirobod tumani Moliya boʻlimiga Toshkent shahar Moliya bosh boshqarmasining bildirishnomasiga koʻra, budjetning xarajat qismiga oʻzgartirishlar kiritishiga ruxsat berilsin.
4. Tuman hokimligi press sekretari (Sh. Xazrat):
mazkur qaror rasmiy eʼlon qilinishi va http.//mirobod.uz veb-saytiga joylashtirilishini taʼminlasin.
5. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
6. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Mirobod tumani hokimining birinchi oʻrinbosari A. Salaydinov zimmasiga yuklatilsin.
Mirobod tuman hokimi Sh. PULATOV
Toshkent sh.,
2019-yil 4-yanvar,
1-son
Mirobod tuman hokimining 2019-yil 4-yanvardagi 1-sonli qaroriga 1-ILOVA
Mirobod tumani mahalliy budjetining 2019-yil uchun budjet parametrlari
(ming soʻm) T/r Koʻrsatkichlar Miqdori Daromadlar jami 124 476 707 Daromadlar 77 609 426 1. Benzin va dizel yoqilgʻisi uchun soliq 19 801 128 2. Mikrofirma va kichik korxonalar tomonidan yagona soliq toʻlovi 17 909 361 3. Bozorlar daromadidan tushum 3 065 429 4. Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari boʻyicha qatʼiy belgilangan soliq 5 554 552 5. Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq 7 096 616 6. Jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻi 3 831 507 7. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq 998 002 8. Mahall�y yigʻimlar 9 338 864 9. Jarimalar 10 013 967 Shahar mahalliy budjetidan ajratiladigan maqsadli ijtimoiy transfertlar miqdori 46 867 281 Xarajatlar jami 124 476 707 1. Maorif xarajatlari 84 898 217 — maktabgacha taʼlim 29 494 455 — umumiy taʼlim 55 403 762 2. Sogʻliqni saqlash xarajatlari 20 032 635 3. Madaniyat 468 789 4. Jismoniy tarbiya xarajatlari 2 719 869 5. Davlat boshqaruv organlarini saqlash 3 545 952 6. Tuman hokimi zaxira jamgʻarmasi 1 232 443 7. Ijtimoiy koʻnikma markazlari 89 173 8. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini saqlash 3 258 236 9. Iqtisodiyot xarajatlari 8 231 393 Aylanma kassa mablagʻi meʼyori 299 600
Mirobod tuman hokimining 2019-yil 4-yanvardagi 1-sonli qaroriga 2-ILOVA
Mirobod tumani mahalliy budjetining 2019-yil daromadlari va xarajatlari, shahar mahalliy budjetidan tuman mahalliy budjetiga ajratiladigan maqsadli ijtimoiy transfert miqdori
(ming soʻm) T/r Hududlar nomi Daromad Xarajat Maqsadli ijtimoiy transfert* 1. Mirobod 77 609 426 124 476 707 46 867 281
Izoh:
* Umumtaʼlim maktablarining ish haqi va yagona ijtimoiy toʻlovlar boʻyicha xarajatlarini moliyalashtirish uchun tuman budjetiga Toshkent shahrining shahar budjetidan ajratiladigan maqsadli ijtimoiy transfertlar.
Mirobod tuman hokimining 2019-yil 4-yanvardagi 1-sonli qaroriga 3-ILOVA
Davlat soliqlaridan Mirobod tumani mahalliy budjetiga ajratmalar meʼyorlari
foizda T/r Tuman Yagona soliq toʻlovidan Davlat budjetiga ajratmalar Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan qatʼiy belgilangan daromad soligʻi Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq Aksiz soligʻi Jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻi Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq Jarimalar Bozorlar daromadidan tushum Mahalliy yigʻimlar — benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz realizatsiyasidan soliq 1. Mirobod 50 100 100 100 100 100 100 100 100
foizda T/r Tuman Jismoniy shaxslardan olinadina yer soligʻi Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq Jarimalar Bozorlar daromadidan tushum Mahalliy yigʻimlar 1. Mirobod 50 100 100 100 100
Mirobod tuman hokimining 2019-yil 4-yanvardagi 1-sonli qaroriga 4-ILOVA
Mirobod tuman mahalliy budjetining 2019-yil uchun naqd pul kassa aylanmasining yoʻl qoʻyiladigan eng kam miqdori
(ming. soʻm) T/r Tuman nomi Aylanma kassa mablagʻi meʼyori 1. Mirobod 299 600
