Chilonzor tumanining 2019-yilgi mahalliy budjeti parametrlari toʻgʻrisida (1-son)
04.01.2019
Toshkent shahar Chilonzor tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining (“Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami”, 2013-yil 31-dekabr, 52-(I)-son) 28, 99-moddalari, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda;) 25-moddasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2017-yil 20-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yilgi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalarining budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi SQ-241-III-son qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari hamda 2020-2021-yillarga moʻljallari toʻgʻrisida”gi PQ-4086-sonli qarori, xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2018-yil 26-dekabrdagi “Toshkent shahrining 2019-yilgi mahalliy budjeti daromadlari va xarajatlari hajmlari toʻgʻrisida”gi 402/46-5-sonli qarori, Toshkent shahar hokimining 2018-yil 27-dekabrdagi “Toshkent shahrining 2019-yilgi mahalliy budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi 1865-sonli qarori, xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining 2018-yil 27-dekabrdagi “Chilonzor tumanining 2019-yilgi mahalliy budjeti daromadlari va xarajatlari hajmlari toʻgʻrisida”gi 82/13/1-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida, shuningdek Toshkent shahar Moliya bosh boshqarmasining 2018-yil 27-dekabrdagi 02-4-sonli xatini inobatga olib, qaror qilaman:
1. Toshkent shahar hokimining 2018-yil 27-dekabrdagi “Toshkent shahrining 2019-yilgi mahalliy budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi 1865-sonli, xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining 2018-yil 27-dekabrdagi “Chilonzor tumanining 2019-yilgi mahalliy budjeti daromadlari va xarajatlari hajmlari toʻgʻrisida”gi 82/13/1-sonli qarorlari ijro uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
Chilonzor tumanining 2019-yilgi mahalliy budjeti asosiy parametrlari 1-ilovaga muvofiq;
Tuman mahalliy budjetning 2019-yil daromadlari va xarajatlari, shahar mahalliy budjetidan tuman mahalliy budjetiga ajratiladigan maqsadli ijtimoiy transfertlar miqdori 2-ilovaga muvofiq;
Davlat soliqlaridan tuman mahalliy budjetiga ajratmalar meʼyorlari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Chilonzor tuman moliya boʻlimiga oʻrnatilgan tartibda mahalliy budjetga mablagʻlar va budjet ssudalari (daromadlar va xarajatlar oʻrtasidagi vaqtinchalik kassa tafovutlarini qoplash uchun) olishda, ularning miqdorlari boʻyicha barcha soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning toʻliq tushishidan, shuningdek ish haqi (yagona ijtimoiy toʻlov bilan), nafaqalar va ularga tenglashtirilgan toʻlovlar boʻyicha budjet xarajatlarini birinchi navbatda soʻzsiz moliyalashtirilishi zarurligidan kelib chiqqan holda aniqlashtirish huquqi berilsin.
4. Tuman moliya boʻlimiga Toshkent shahar Moliya Bosh boshqarmasining bildirishnomasiga koʻra, budjetning daromad va xarajat qismiga oʻzgartirishlar kiritishga ruxsat berilsin.
5. Tuman Axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish boʻlimi (B. Abduxamidov), Matbuot xizmati (Y. Nishantayeva):
“Toshkent oqshomi” va “Vecherniy Tashkent” gazetalarida mazkur qaror rasmiy eʼlon qilinishi va www.shilonzor.toshkent.uz veb-saytiga joylashtirilishi taʼminlansin.
6. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari B. Karimov zimmasiga yuklatilsin.
Tuman hokimi S. MAXAMETOV
Toshkent sh.,
2019-yil 4-yanvar,
1-son
Chilonzor tuman hokimining 2019-yil 4-yanvardagi 1-sonli qaroriga 1-ILOVA
Chilonzor tumanining 2019-yilgi mahalliy budjeti asosiy parametrlari
T/r Koʻrsatkichlar Miqdori (ming. soʻm) Daromadlar jami 198 574 880 Daromadlar 124 027 806 1. Yagona soliq toʻlovidan Davlat budjetiga ajratmalar 38 637 937 2. Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan qatʼiy belgilangan daromad soligʻi 21 471 341 3. Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq 10 499 102 4. Jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻi 5 300 460 5. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq 249 523 6. Jarimalar 25 801 471 7. Bozorlardan daromadidan tushum 19 279 777 8. Mahalliy yigʻimlar 2 788 195 Shahar budjetidan ajratiladigan maqsadli ijtimoiy transfertlar miqdori 74 547 074 Xarajatlar 198 574 880 1. Maorif xarajatlari 141 455 429 — maktabgacha taʼlim 55 298 066 — umumiy taʼlim 86 157 363 2. Sogʻliqni saqlash 32 072 464 3. Madaniyat xarajatlari 965 419 4. Jismoniy tarbiya xarajatlari 2 553 445 5. Davlat boshqaruv organlarini saqlash 4 031 797 6. Tuman hokimi zaxira jamgʻarmasi 1 966 088 7. Ijtimoiy koʻnikma markazi 184 445 8. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini saqlash 4 644 993 9. Iqtisodiyot xarajatlari 10 700 800 Aylanma kassa mablagʻi meʼyori 478 790
Chilonzor tuman hokimining 2019-yil 4-yanvardagi 1-sonli qaroriga 2-ILOVA
Tuman mahalliy budjetning 2019-yil daromadlari va xarajatlari, shahar mahalliy budjetidan tuman mahalliy budjetiga ajratiladigan maqsadli ijtimoiy transfertlar miqdori
Hudud nomi Daromadlar Xarajatlar Maqsadli ijtimoiy transfertlar Chilonzor tumani 124 027 806 198 574 880 74 547 074
Izoh:
Umumtaʼlim maktablarining ish haqi va yagona ijtimoiy toʻlovlar boʻyicha xarajatlarini moliyalashtirish uchun tuman budjetiga Toshkent shahrining shahar budjetidan ajratiladigan maqsadli ijtimoiy transfertlar.
Chilonzor tuman hokimining 2019-yil 4-yanvardagi 1-sonli qaroriga 3-ILOVA
Davlat soliqlaridan tuman mahalliy budjetiga ajratmalar meʼyorlari
foizda T/r Umumdavlat soliqlar nomi Ajratmalarmiqdori 1. Yagona soliq toʻlovidan Davlat budjetiga ajratmalar 75 2. Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan qatʼiy belgilangan daromad soligʻi 100 3. Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq 100 4. Jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻi 100 5. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq 100 6. Jarimalar 100 7. Bozorlardan daromadidan tushum 100 8. Mahalliy yigʻimlar 100
