Yashnobod tumanining 2019-yilgi mahalliy budjeti parametrlari toʻgʻrisida (1-son)
04.01.2019
Toshkent shahar Yashnobod tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Budjet Kodeksining (“Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami”, 2013-yil 31-dekabr, 52-(I)-son) 28, 99-moddalari, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda;) 25-moddasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2018-yil 13-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yilgi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalarining budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi SQ-348-III-son qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari hamda 2020-2021-yillarga moʻljallari toʻgʻrisida”gi PQ-4086-sonli qarori, xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2018-yil 26-dekabrdagi “Toshkent shahrining 2019-yilgi mahalliy budjeti daromadlari va xarajatlari hajmlari toʻgʻrisida”gi 402/46-5-sonli qarori, Toshkent shahar hokimining 2018-yil 27-dekabrdagi “Toshkent shahrining 2019-yilgi mahalliy budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi 1865-sonli qarori, xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashining 2018-yil 29-dekabrdagi “Yashnobod tumanining 2019-yilgi mahalliy budjeti daromadlari va xarajatlari hajmlari toʻgʻrisida”gi 72/1-13-sonli qarori, xamda Toshkent shahar Moliya Bosh boshqarmasining 2018-yil 27-dekabrdagi 02-4-sonli xatiga asosan, qaror qilaman:
1. Toshkent shahar hokimining 2018-yil 27-dekabrdagi “Toshkent shahrining 2019-yilgi mahalliy budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi 1865-sonli qaroriga asosan xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashining 2018-yil 29-dekabrdagi 72/1-13-sonli qarori bilan qabul qilingan Yashnobod tumanining 2019-yilgi mahalliy budjeti ijro uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
Yashnobod tumanining 2019-yilgi mahalliy budjeti asosiy parametrlari 1-ilovaga muvofiq;
Yashnobod tuman mahalliy budjetlarining 2019-yil daromadlari va xarajatlari, shahar mahalliy budjetidan tuman mahalliy budjetiga ajratiladigan maqsadli ijtimoiy transfertlar miqdori 2-ilovaga muvofiq;
Davlat soliqlaridan Yashnobod tumani mahalliy budjetiga ajratmalar meʼyorlari 3-ilovaga muvofiq;
Yashnobod tuman mahalliy budjetining 2019-yil uchun naqd pul kassa aylanmasining yoʻl qoʻyiladigan eng kam miqdori 4-ilovaga muvofiq;
3. Yashnobod tumani Moliya boʻlimiga oʻrnatilgan tartibda tegishli mahalliy budjetlarga mablagʻlar va budjet ssudalari (daromadlar va xarajatlar oʻrtasidagi vaqtinchalik kassa tafovutlarini qoplash uchun) ajratishda, ularning miqdorlarini hududlar boʻyicha barcha soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning toʻliq tushishidan shuningdek, ish haqi (yagona ijtimoiy toʻlov bilan), nafaqalar va ularga tenglashtirilgan toʻlovlar boʻyicha budjet xarajatlarini birinchi navbatda soʻzsiz moliyalashtirilishi zarurligidan kelib chiqqan holda aniqlashtirish huquqi berilsin.
4. Yashnobod tumani Moliya boʻlimiga Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining bildirishnomasiga koʻra, budjetning xarajat qismiga oʻzgartirishlar kiritishiga ruxsat berilsin.
5. Tuman hokimligi matbuot kotibi (E. Xolboboyev):
mazkur qaror rasmiy eʼlon qilinishi va http.//yashnobodnews.uz veb-saytiga joylashtirilishini taʼminlasin.
6. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Yashnobod tumani hokimining birinchi oʻrinbosari N. Axmedjanov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim X. TILLAShAYXOV
Toshkent sh.,
2019-yil 4-yanvar,
1-son
Yashnobod tuman hokimining 2019-yil 4-yanvardagi 1-sonli qaroriga 1-ILOVA
Yashnobod tumani mahalliy budjetining 2019-yil uchun budjet parametrlari
T/r Koʻrsatkichlar Miqdori (ming soʻm) Daromadlar jami 182 957 740 Daromadlar 114 283 115 1. Yagona soliq toʻlovidan Davlat budjetiga ajratmalar 24 418 909 2. Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan qatʼiy belgilangan daromad soligʻi 11 183 417 3. Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq 9 769 349 4. Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq 15 173 533 5. Yuridik shaxslar yer soligʻi 31 572 846 6. Jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻi 7 621 674 7. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq 2 279 072 8. Jarimalar 7 858 818 9. Bozorlar daromadidan tushum 5 815 343 10. Mahalliy yigʻimlar 1 590 154 Shahar budjetidan ajratiladigan maqsadli ijtimoiy transfertlar miqdori 68 674 625 Xarajatlar jami 182 957 740 1. Maorif xarajatlari 127 172 188 — maktabgacha taʼlim 44 918 322 — umumiy taʼlim 82 253 866 2. Sogʻliqni saqlash xarajatlari 30 578 094 3. Madaniyat xarajatlari 572 488 4. Jismoniy tarbiya xarajatlari 1 965 170 5. Davlat boshqaruv organlarini saqlash 4 017 338 6. Tuman hokimi zaxira jamgʻarmasi 1 811 464 7. Ijtimoiy koʻnikma markazlari 185 718 8. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini saqlash 5 018 188 9. Iqtisodiyot xarajatlari 11 637 092 Aylanma kassa mablagʻlar meʼyori 441 570
Yashnobod tuman hokimining 2019-yil 4-yanvardagi 1-sonli qaroriga 2-ILOVA
Yashnobod tumani mahalliy budjetining 2019-yil daromadlari va xarajatlari, shahar mahalliy budjetidan tuman mahalliy budjetiga ajratiladigan maqsadli ijtimoiy transfert miqdori
(ming. soʻm) T/r Hududlar nomi Daromad Xarajat Maqsadli ijtimoiy transfert* 1. Yashnobod 114 283 115 182 957 740 68 674 625
Izoh:
* Umumtaʼlim maktablarining ish haqi va yagona ijtimoiy toʻlovlar boʻyicha xarajatlarini moliyalashtirish uchun tuman budjetiga Toshkent shahrining shahar budjetidan ajratiladigan maqsadli ijtimoiy transfertlar.
Yashnobod tuman hokimining 2019-yil 4-yanvardagi 1-sonli qaroriga 3-ILOVA
Davlat soliqlaridan Yashnobod tumani mahalliy budjetiga ajratmalar meʼyorlari
foizda T/r Tuman Yagona soliq toʻlovidan Davlat budjetiga ajratmalar Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan qatʼiy belgilangan daromad soligʻi Aksiz soligʻi Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq Yuridik shaxslar yer soligʻi — benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz realizatsiyasidan soliq 1. Yashnobod 63 100 100 100 100
foizda T/r Tuman Jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻi Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq Jarimalar Bozorlar daromadidan tushum Mahalliy yigʻimlar 1. Yashnobod 100 100 100 100 100
Yashnobod tuman hokimining 2019-yil 4-yanvardagi 1-sonli qaroriga 4-ILOVA
Yashnobod tumani mahalliy budjetining 2019-yil uchun naqd pul kassa aylanmasining yoʻl qoʻyiladigan eng kam miqdori
(ming. soʻm) T/r Tuman Aylanma kassa mablagʻlar meʼyori 1. Yashnobod 441 570
