“2661-modda. Yer resurslari davlat qoʻmitasining organlari
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (729-I-son) · Sana: 25.12.1998 · Amalda
Yer resurslari davlat qoʻmitasining organlariga ushbu Kodeksning 65-moddasida (erlarni ishlab chiqarish va boshqa chiqindilar, kimyoviy va radioaktiv moddalar hamda oqova suvlar bilan ifloslantirganlik bundan mustasno), 68-moddasida (shaharlar va posyolkalarning yerlari, tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlar, suv fondi yerlari bundan mustasno), 69-moddasida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir.
Yer resurslari davlat qoʻmitasi organlari nomidan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va jarima solish tariqasida maʼmuriy jazo chorasini qoʻllashga quyidagilar haqlidirlar:
Oʻzbekiston Respublikasi yerlardan foydalanish va ularning muhofaza etilishini nazorat qilish boʻyicha bosh davlat inspektori va uning oʻrinbosarlari — fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravarigacha miqdorda;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va tumanlari yerlardan foydalanish va ularning muhofaza etilishini nazorat qilish boʻyicha davlat inspektorlari — fuqarolarga eng kam ish haqning ikki baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravarigacha miqdorda jarima solishga”.
XIII. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda va 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan qonunlari bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-songa ilova, № 11-12; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda) 38-moddasi:
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Quyidagi fuqarolik holati hujjatlari davlat tomonidan qayd etilish kerak:
1) tugʻilish;
2) oʻlim;
3) nikoh tuzilganligi;
4) nikohdan ajralish”;
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Farzandlikka olish, otalikni belgilash, familiya, ism va ota ismini oʻzgartirish, jinsning oʻzgartirilishi kabi voqea va faktlar ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan fuqarolik holati hujjatlarida ularga tegishli oʻzgartishlar kiritish yoʻli bilan ifodalanadi”;
uchinchi, toʻrtinchi, beshinchi va oltinchi qismlari tegishincha toʻrtinchi, beshinchi, oltinchi va yettinchi qismlar deb hisoblansin;
