Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki kengashi tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida (582-son)
12.07.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati ishini tashkil etishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi 2019-yil 28-yanvardagi PQ-4136-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankida korporativ boshqaruvni yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki kengashi tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki kengashi tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 2019-yil 27-fevraldagi 173-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari E.M. Ganiyev hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki boshqaruvi raisi A.K. Mirsoatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 12-iyul,
582-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 582-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining kengashi
TARKIBI
Xaydarov A.Y. — Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori, kengash raisi Gulyamov R.A. — Iqtisodiyot va sanoat vazirining birinchi oʻrinbosari Bekenov S.X. — Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari Muxtarov U.X. — Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi ijrochi direktorining oʻrinbosari Abidov Sh.A. �� Vazirlar Mahkamasi kotibiyat mudiri
Izoh. Kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtganda ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoxud tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kengash tarkibiga kiritiladi.
