Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Lokomotivlarni xarid qilish yoʻli bilan lokomotiv parkini yangilash” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (586-son)
15.07.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Temir yoʻl tarmogʻini yanada rivojlantirish, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ lokomotivlari parkini yangilash hisobiga yoʻlovchi va yuk tashish samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tomonidan umumiy qiymati 226,14 mln AQSH dollari boʻlgan “Lokomotivlarni xarid qilish orqali lokomotivlar parkini yangilash” loyihasining texnik-iqtisodiy asosi belgilangan tartibda ishlab chiqilgan;
2019-yil 20-mayda Osiyo taraqqiyot banki (OTB) Direktorlar kengashi “Lokomotivlarni xarid qilish yoʻli bilan lokomotivlar parkini yangilash” loyihasini (keyingi oʻrinlarda loyiha deb ataladi) amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasiga OTBning oddiy kapital resurslari hisobidan 25 yil muddatga, shu jumladan besh yillik imtiyozli davr bilan olti oylik LIBOR plyus 0,5 foiz yillik foiz stavkasi va oʻzlashtirilmagan qarz summasining 0,15 foizi miqdorida majburiyat uchun komissiya toʻlash sharti bilan 170,0 mln AQSH dollari miqdorida qarz berishni maʼqulladi;
loyihani amalga oshirish davri — 2019 — 2021-yillar;
Osiyo taraqqiyot bankining qarzi Oʻzbekiston Respublikasiga Oʻzbekiston Respublikasi bilan Osiyo taraqqiyot banki oʻrtasidagi qarz bitimi asosida beriladi;
loyihani amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasining hissasi ekvivalentda 56,14 mln. AQSH dollarini, shu jumladan soliq va bojxona imtiyozlari berish shaklida 45,06 mln. AQSH dollarini, shuningdek “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning oʻz mablagʻlari hisobidan ekvivalentda 11,08 mln. AQSH dollarini tashkil etadi.
2. Belgilab qoʻyilsinki:
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ qarz mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanish hamda loyihani amalga oshirish uchun masʼul ijro etuvchi organ hisoblanadi;
Osiyo taraqqiyot banki qarzini qaytarish, shuningdek, u boʻyicha foizlar, komissiyalar va boshqa xarajatlarni toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
3. Quyidagilar:
“Lokomotivlarni xarid qilish yoʻli bilan lokomotivlar parkini yangilash” loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari 1-ilovaga muvofiq;
“Lokomotivlarni xarid qilish yoʻli bilan lokomotivlar parkini yangilash” loyihasini amalga oshirish doirasida Osiyo taraqqiyot banki qarzini qaytarish hamda u boʻyicha foizlar va vositachilik haqini toʻlashning prognoz jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Quyidagilarga:
Oʻzbekiston Respublikasi nomidan Osiyo taraqqiyot banki bilan qarz bitimini, shuningdek, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ bilan qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitimni imzolash uchun Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining;
Osiyo taraqqiyot banki bilan loyiha bitimini imzolash uchun “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi zimmasiga yuklansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi bilan Osiyo taraqqiyot banki oʻrtasidagi qarz bitimi boʻyicha belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi X.N. Xasilov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 15-iyul,
586-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-iyuldagi 586-son qaroriga 1-ILOVA
“Lokomotivlarni sotib olish yoʻli bilan lokomotivlar parkini yangilash” loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-iyuldagi 586-son qaroriga 2-ILOVA
“Lokomotivlarni sotib olish yoʻli bilan lokomotivlar parkini yangilash” loyihasini amalga oshirish doirasida osiyo taraqqiyot banki qarzini qaytarish hamda u boʻyicha foizlar va vositachilik haqini toʻlashning prognoz jadvali
Izoh. Toʻlovlar miqdori qarz mablagʻlarining amalda oʻzlashtirilishiga qarab aniqlanadi.
* Foiz stavkasi yillik 3,0% ga teng deb hisoblangan.
