Tumandagi transport vositalarini 2018-yil uchun majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida (160-Қ/1-son)
01.03.2018
Andijon viloyati Paxtaobod tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida” gi nizom ijrosini taʼminlash maqsadida, tuman Ichki ishlar boʻlimining 2018-yil 19-fevraldagi 40/11-279-sonli xatini inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida” gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 6, 25-moddalariga asosan, qaror qilaman:
1. Paxtaobod tuman Ichki ishlar boʻlimining 2018-yil 19-fevraldagi “Tumanda korxona, tashkilot, muassasa va fuqarolarning transport vositalarini qayd qilib, majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi 40/11-279-sonli xati maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Tumanda korxona, tashkilot, muassasa va fuqarolarning transport vositalarini qayd qilish, majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tuman Ichki ishlar boʻlimi yoʻl harakati xavfsizligi guruhi katta inspektori B. Isroilov zimmasiga yuklatilsin.
3. Majburiy texnik koʻrikni oʻz vaqtida va sifatli oʻtkazilishini taʼminlash uchun tuzilgan komissiya tarkibi 1-ilovaga muvofiq hamda texnik koʻrikdan oʻtkazish jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Komissiya aʼzolari joriy yilning 1-mart kunidan 30-iyun kuniga qadar tuman ichki ishlar boʻlimi yoʻl harakati xavfsizligi guruhiga xizmat safariga yuborilsin.
5. Mazkur qaror “Davr sadosi” gazetasida eʼlon qilinsin va tuman hokimligi rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
6. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan tuman hokimining 2017-yil 2-fevral kungi 178-Q-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
7. Mazkur qaror ommaviy axborot vositalari orqali eʼlon qilingan kundan boshlab amalga kiritilsin.
8. Qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari D. Burxonov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim F. Xojimatov
Paxtaobod t.,
2018-yil 1-mart,
160-Q/1-son
Tuman hokimining 2018-yil 1-martdagi 160-Q/1-sonli qaroriga 1-ILOVA
2018-yil majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun tuzilgan komissiyaning
T A R K I B I
1. B. Isroilov — Paxtaobod tumani IIB YHXB guruhi katta inspektori, safdor komissiya raisi 2. O. Madraximov — Tuman “Avtomotohavaskorlar” koʻngillilar jamiyati raisi, komissiya kotibi Aʼzolari: 3. Q. Norqoʻziyev — Tuman mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻining oʻrinbosari 4. I. Isroilov — Mudofaaga koʻmaklashuvchi Vatanparvar tashkiloti tuman Kengashi muhandisi 5. I. Normatov — Paxtaobod tumani “Koʻktoʻnlik avtotrans” MChJ avtomexanigi 6. Sh. Abdullajonov — “Oʻzagrosugʻurta” DAK tuman boʻlimi xodimi 7. A. Muzaffarov — Oʻzbekiston Avtomabil va Daryotransporti agentligi Andijon viloyat xududiy boʻlimi mutaxassisi
Tuman hokimligi bosh mutaxassisi A. Madaminov
Tuman hokimining 2018-yil 1-martdagi 160-Q/1-sonli qaroriga 2-ILOVA
2018-yil tumandagi tashkilot, korxona, kichik korxonalar va fuqarolar xisobida turuvchi mexanik transport vositalarini yillik majburiy texnik koʻrigidan sifatli va tartibli oʻtkazish boʻyicha
J A D V A L I
T/R XOʻJALIKLAR NOMI TRANSPORTLAR SONI OʻTKAZILADIGAN KUNLAR OʻTKAZILA DIGAN JOYLARI OʻTKAZILADIGAN VAKTI
Ilova: Yillik texnik koʻrigi jadval asosida koʻrsatilgan kunlarda soat 10.00 dan 14.00 gacha oʻtkaziladi. Bu vaqt mobaynida transport vositalarini koʻrikdan oʻtkazish uchun masʼul boʻlgan shaxslar transport vositalarini harakat xavfsizligi qoidalariga amal qilgan xolda texnik koʻrikka taqdim etishlari shart.
Texnik koʻrik jadvalini tuzdim:
Baliqchi tumani IIB YHXG katta inspektori podpolkovnik T. Rizayev.
