Bektemir tumanining 2019-yilgi mahalliy budjeti parametrlari toʻgʻrisida (1-son)
04.01.2019
Toshkent shaxar Bektemir tumani xokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-yil 31-dekabr, 52-I-son) 28, 99-moddalari, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son 320-modda) 25-moddasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining 2018-yil 13-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yilgi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalarining budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi SQ-348-III-sonli, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari hamda 2020-2021-yillarga budjet moʻljallari toʻgʻrisida”gi PQ-4086-sonli qarori, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2018-yil 26-dekabrdagi “Toshkent shahrining 2019-yilgi mahalliy budjeti daromadlari hamda xarajatlari hajmlari toʻgʻrisida”gi № 402/46-5-sonli hamda Xalq deputatlari Bektemir tuman Kengashining 2018-yil 27-dekabrdagi “Bektemir tumanining 2019-yilgi mahalliy budjeti daromadlari hamda xarajatlari hajmlari toʻgʻrisida”gi № 72/14-1-sonli qarorlariga muvofiq, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2018-yil 26-dekabrdagi JQ/20-01-32-10/724-sonli hamda Toshkent shahar Moliya Bosh boshqarmasining 2018-yil 27-dekabrdagi № 02-4-sonli xatiga asosan qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari hamda 2020-2021-yillarga budjet moʻljallari toʻgʻrisida”gi PQ-4086-sonli qaroriga asosan Toshkent shahar Hokimining 2018-yil 27-dekabrdagi “Toshkent shahrining 2019-yilgi mahalliy budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Xalq deputatlari Bektemir tuman Kengashining 2018-yil 27-dekabrdagi “Bektemir tumanining 2019-yilgi mahalliy budjeti daromadlari hamda xarajatlari hajmlari toʻgʻrisida”gi № 72/14-1-sonli qarori bilan qabul qilingan Bektemir tumanining 2019-yilgi mahalliy budjeti ijro uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
Bektemir tumanining 2019-yilgi mahalliy budjeti asosiy parametrlari 1-ilovaga muvofiq;
Umumdavlat soliqlari va yigʻimlaridan tuman mahalliy budjetiga ajratmalar meʼyorlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Bektemir tuman mahalliy budjetining 2019-yilgi aylanma kassa mablagʻlarining yoʻl qoʻyiladigan eng kam miqdori 128 650,0 ming soʻm miqdorida belgilansin.
4. Moliya boʻlimiga amaldagi qonunchilikka muvofiq, belgilangan tartibda, mahalliy budjetning xarajat qismiga oʻzgartirishlar kiritishga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining hamda Toshkent shahar Moliya Bosh boshqarmasining bildirishnomasiga asosan ish xaqi, nafaqalar va ularga tenglashtirilgan toʻlovlar boʻyicha budjet xarajatlarini birinchi navbatda soʻzsiz moliyalashtirilishi zarurligidan kelib chiqqan holda aniqlashtirishga ruxsat berilsin.
5. Tahliliy-nazorat guruhi (K. Alimdjanova), Matbuot xizmati (Z. Raxmonberdiyeva) hamda Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari boʻyicha mutaxassisi (I. Muxamedjanov) bilan birgalikda, uch kun muddat ichida:
mazkur qarorni rasmiy eʼlon qilinishini;
“Toshkent oqshomi” va “Vecherniy Tashkent” gazetalarida hamda www.bektemir.toshkent.uz veb-saytiga joylashtirilishini taʼminlansin.
6. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari F. Nigmanov zimmasiga yuklatilsin.
Tuman hokimi Sh. MAMADJANOV
Toshkent sh.,
2019-yil 4-yanvar,
1-son
Bektemir tuman hokimining 2019-yil 4-yanvardagi 1-son qaroriga 1-ILOVA
Bektemir tuman mahalliy budjetining 2019-yil uchun
budjet parametrlari
ming soʻm T/r Koʻrsatkichlar Miqdori (ming soʻm) I Jami daromadlar 48 368 941 shundan: 1. Umumbelgilangan soliqlar va yigʻimlar tushumi 33 328 023 shu jumladan: 1.1 Yagona soliq toʻlovlari 2 400 813 1.2 Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan qatʼiy belgilangan daromad soligʻi 1 982 130 1.3 Jismoniy shaxslarning mol-mulk soligʻi 1 533 291 1.4 Jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻi 1 525 931 1.5 Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq 9 877 417 1.6 Jarimalar 3 492 974 1.7 Bozorlar daromadidan tushum 12 022 456 1.8 Mahalliy yigʻimlar 493 011 2. Yuqori budjetdan maqsadli ijtimoiy transfertlar miqdori 15 040 918 II Jami xarajatlar 48 368 941 1. Maorif xarajatlari 32 120 789 - maktabgacha taʼlim 13 148 212 - umumiy taʼlim 18 972 577 2. Sogʻliqni saqlash xarajatlari 4 647 341 3. Madaniyat xarajatlari 446 814 4. Jismoniy tarbiya xarajatlari 2 696 698 5. Davlat boshqaruv organlarini saqlash 3 053 509 6. Ijtimoiy koʻnikma markazlari 43 298 7. Mahalliy budjetning zahira jamgʻarmaci 478 900 8. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini saqlash 1 002 529 9. Iqtisodiyot xarajatlari 3 879 063 Aylanma kassa mablagʻi meʼyori 128 650
Bektemir tuman hokimining 2019-yil 4-yanvardagi 1-son qaroriga 2-ILOVA
Umumdavlat soliq va yigʻimlaridan tuman mahalliy budjetiga ajratmalar
meʼyorlari
T/r Soliq va yigʻimlar Miqdori (foiz) 1. Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq 100 2. Jismoniy shaxslarning yer soligʻi 100 3. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq 100 4. Jarimalar 100 5. Bozorlardan tushgan daromadlar 100 6. Tadbirkorl�k faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi 100 7. Mikrofirma va kichik korxonalar tomonidan yagona soliq toʻlovi 14 8. Mahalliy yigʻimlar (asosan alkogol mahsulotlari savdosi yigʻimi) 100
