Yengil turdagi qurilmalarni joylashtirish uchun muddatli (vaqtinchalik) foydalanish huquqi asosida yer uchastkalarini ajratish tartibi toʻgʻrisida (9-son)
08.01.2019
Toshkent shahar hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, 9-son, 320-modda) 25-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, 5-6-son, 82-modda) 5-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 15-avgustdagi “Toshkent shahrida investitsiya muhitini yaxshilash boʻyicha eksperimentni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2018-yil 20-avgust, 33-son, 674-modda) PF-5511-son Farmoniga muvofiq, Toshkent shahrida yengil turdagi qurilmalarni joylashtirish uchun muddatli (vaqtinchalik) foydalanish huquqi asosida yer uchastkalarini ajratib berishni tartibga solish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada qoʻllab-quvvatlash, ularni jadal rivojlantirish uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida, qaror qilaman:
1. Yengil turdagi qurilmalarni joylashtirish uchun muddatli (vaqtinchalik) foydalanish huquqi asosida yer uchastkalarini ajratish tartibi toʻgʻrisida nizom 1-ilovaga muvofiq;
yuridik va jismoniy shaxslarning yengil turdagi qurilmalarni joylashtirish uchun yer uchastkasini ajratib berish toʻgʻrisidagi murojaatlarini koʻrib chiquvchi ishchi guruh tarkibi (keyingi oʻrinlarda matnda — “Ishchi guruh” deb yuritiladi) 2-ilovaga muvofiq;
yengil turdagi qurilmani joylashtirish sxemasi aks ettirilgan namunaviy eskiz loyihasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Toshkent shahar hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari (Sh. Xadjizadayev), Toshkent shahar hokimining arxitektura, kapital qurilish va kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari (D. Xidoyatov), Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi boshligʻi (Gʻ. Rasulov), Qurilish bosh boshqarmasi boshligʻi (B. Xolmatov):
Toshkent shahri hududidagi yer uchastkalarini monitoringini puxta tahlil qilish natijalariga koʻra, foydalanilmayotgan yer uchastkalarini aniqlansin, keyinchalik, ularni tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun (vaqtinchalik) foydalanish huquqi asosida ajratib beriladigan yer uchastkalari roʻyxatini shakllantirilsin;
yuridik va jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish maqsadida murojaat takliflarini koʻrib chiqish boʻyicha ishchi guruh faoliyati tashkil etilsin, oydinlik va oshkoralik tamoyillariga rioya etilishi taʼminlansin;
yengil turdagi qurilmalarni joylashtirish uchun muddatli (vaqtinchalik) foydalanish huquqi asosida yer uchastkalarini ajratish tartibi toʻgʻrisida nizomning mazmun mohiyati rasmiy veb-saytlarga joylashtirilishi taʼminlansin.
3. Tuman hokimlari, Toshkent shahar Davlat soliq boshqarmasi (N. Tursunov), Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi (B. Adilov), Markaziy bank Toshkent shahar bosh boshqarmasi (M. Toxirov):
xaridorlar bilan naqd pulda hisob-kitob qilishda fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalari qoʻllanilishi monitoring qilinsin;
bank plastik kartochkalardan foydalangan holda toʻlovlarni qabul qilish boʻyicha hisob-kitob terminallari bilan taʼminlansin;
atrof hududni zarur tarzdagi sanitariya holatida saqlanishi amalga oshirilsin.
4. Toshkent shahar hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari (Sh. Xadjizadayev):
oʻn kunlik muddatda yuridik va jismoniy shaxslarning yengil turdagi qurilmalarni joylashtirish uchun yer uchastkasini ajratib berish toʻgʻrisidagi murojaatlarini koʻrib chiquvchi ishchi guruhining reglamentini ishlab chiqib, tasdiqlansin;
yengil turdagi qurilmalarni joylashtirish uchun yer uchastkasini ajratib berish toʻgʻrisida ariza bergan yuridik va jismoniy shaxslar murojaatlari oʻz vaqtida va sifatli koʻrib chiqilayotganligi doimiy muhokama qilib borilsin;
har haftada ariza bergan yuridik va jismoniy shaxslar murojaatlarining monitoringi hokimlik veb-saytiga joylashtirib borilsin.
5. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
6. “Toshkent oqshomi” va “Vecherniy Tashkent” gazetalari tahririyati (A. Akromov), Axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish boʻlimi (F. Aminov), Matbuot xizmati (X. Ergashev):
Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilinishi va www.toshkent.uz veb-saytiga joylashtirilishini taʼminlasin.
7. Toshkent shahar hokimining 2000-yil 18-fevraldagi “Toshkent shahridagi umumiy foydalanishdagi yer maydonlarida yengil turdagi savdo, xizmat koʻrsatish va mavsumiy ishlaydigan umumiy ovqatlanish inshootlarini joylashtirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida”gi 98-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Toshkent shahar hokimining birinchi oʻrinbosari Sh. Xadjizadayev zimmasiga yuklatilsin.
Toshkent shahar hokimi J. ARTIKXODJAYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 8-yanvar,
9-son
Toshkent shahar hokimining 2019-yil 8-yanvardagi 9-son qaroriga 1-ILOVA
Yengil turdagi qurilmalarni joylashtirish uchun muddatli (vaqtinchalik) foydalanish huquqi asosida yer uchastkalarini ajratish tartibi toʻgʻrisida
Nizom
I BOB. UMUMIY QOIDALAR.
1. Mazkur Nizom “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida”, “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 15-avgustdagi “Toshkent shahrida investitsiya muhitini yaxshilash boʻyicha eksperimentni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5511-son Farmoniga muvofiq,Toshkent shahrida yengil turdagi qurilmalarni joylashtirish uchun muddatli (vaqtinchalik) foydalanish huquqi asosida yer uchastkalarini ajratib berish tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Nizom talablari qonun hujjatlarida tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishi mumkin boʻlmagan yuridik va jismoniy shaxslarga tadbiq etilmaydi.
3. Yuridik va jismoniy shaxslarga Toshkent shahri hududida yengil turdagi qurilmalarni joylashtirish uchun muddatli (vaqtinchalik) foydalanish huquqi asosida yer uchastkalarini ajratish Ishchi gruhning bayonnoma bilan rasmiylashtiriladigan ijobiy xulosasiga asosan Toshkent shahar hokimining tegishli qaroriga muvofiq ajratiladi.
4. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
yengil turdagi qurilmalar — yengil konstruksiyalardan barpo etilgan, chuqurlashtirilgan poydevorlarga va yer osti inshootlariga (0,5 metrdan koʻp) ega boʻlmagan, buzib olib (bartaraf etib) koʻchirishga imkoniyati mavjud obyekt;
yengil turdagi qurilmalar joylashtiriladigan joy — Toshkent shahar hokimining tegishli qarorida yengil turdagi qurilmalarni joylashtirish uchun ajratilayotgan yer uchastkasi joylashgan joy;
ariza beruvchi — yengil turdagi qurilmalarni joylashtirish uchun yer uchastkasini ajratib berish toʻgʻrisida soʻrov bilan murojaat etgan jismoniy yoki yuridik shaxs.
5. Yuridik va jismoniy shaxslarning yengil turdagi qurilmalarni joylashtirish uchun yer uchastkasini ajratib berish toʻgʻrisidagi murojaatlarini koʻrib chiquvchi Ishchi guruh har oyning birinchi va uchinchi oʻn kunligining birinchi uch ish kunida toʻgʻridan toʻgʻri muzokara olib borish yoʻli bilan ariza beruvchidan arizani koʻrib chiqish uchun qabul qilib oladi.
6. Yuridik va jismoniy shaxslarga yengil turdagi qurilmalarni joylashtirish uchun yer uchastkasi uzoq muddatli3 (uch) yildan kam boʻlmagan, lekin 10 (oʻn) yildan oshmagan muddatga vaqtincha foydalanishga ajratib beriladi.
7. Yuridik va jismoniy shaxslarga yengil turdagi qurilmalarni joylashtirish uchun foydalanishga ajratilgan yer uchastkasi yoki uning bir qismi uchinchi shaxslarga foydalanishga berilishi taqiqlanadi.
8. Yengil turdagi qurilmalarga nisbatan mulk huquqi berilmaydi va ular begonalashtirish (oldi-sotdi, hadya va boshq.) obyekti hisoblanmaydi.
9. Yuridik va jismoniy shaxslarga yengil turdagi qurilmalarni joylashtirish uchun vaqtincha foydalanishga ajratilgan yer uchastkasi boʻyicha materiallarni tayyorlash va kelishish Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
10. Obyektlar davlat organlari binolari, aeroportlar, metropoliten, maydonlar, jamoat transporti bekatlariga tutashib ketgan hududlarga joylashtirilishi rejalashtirilgan boʻlsa, Qurilish bosh boshqarmasi ushbu muassasa, korxona va tashkilotlar bilan ham qoʻshimcha kelishadi.
II BOB. YENGIL TURDAGI QURILMALARNI JOYLAShTIRISh UChUN YER UChASTKASINI AJRATISh UChUN TALABLAR VA ShARTLAR
11. Yengil turdagi qurilmalar joylashtirilgan joyda faoliyatni amalga oshirishda quyidagi talablarga rioya qilinishi shart:
qonun hujjatlariga, shu jumladan, chakana savdo qoidalariga, sanitariya qoidalariga, normalarga va gigiyenik normativlarga qatʼiy rioya qilish;
xaridorlar bilan naqd pulda hisob-kitob qilishda fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalarini va bank plastik kartochkalardan foydalangan holda toʻlovlarni qabul qilish boʻyicha hisob-kitob terminalini qoʻllash.
III BOB. YENGIL TURDAGI QURILMALARNI JOYLAShTIRISh UChUN YER UChASTKASINI AJRATIShGA ZARUR BOʻLGAN HUJJATLAR.
12. Mazkur Nizomning 5-bandiga muvofiq yer uchastkasini ajratib berish toʻgʻrisidagi arizada yer uchastkasidan foydalanish maqsadi, uning taxminiy joylashgan joyi va oʻlchami, soʻralayotgan maydon, qurilish ishlarini boshlash va tugallashning muddatlari, pochta manzili, yuridik shaxsning rekvizitlari yoki jismoniy shaxsning pasportiga oid maʼlumotlar;
yer uchastkasining uni kamida ikki tomondan oʻrab turgan obyektlar koʻrsatilgan holdagi fotosurati (15x20 sm);
joylashtirilishi rejalashtirilgan yengil turdagi qurilmani joylashtirish sxemasi aks ettirilgan namunaviy eskiz loyihasi taqdim etilishi kerak.
13. Ariza beruvchi tomonidan oʻz ixtiyoriga koʻra qoʻshimcha ravishda joylashtirilishi rejalashtirilgan yengil turdagi qurilma va uning atrof hududini:
zamonaviy uslubdagi yoritish tizimlari bilan jihozlash;
bepul internet tarmogʻini (WI-FI) oʻrnatish;
milliy hunarmandchilik yoki zamonaviy dizayndagi oʻrindiqlar, chiqindilarni tashlash qutilari, hojatxona (shu jumladan bio xojatxonalar) inshootlarini oʻrnatish;
obyektning faoliyati davrida elektr energiya, suv va oqava suv xizmatlaridan foydalanishning muqobil va tejamkor turlarini amaliyotda joriy qilish haqidagi reja va takliflarini ham taqdim qilishi mumkin.
IV BOB. YENGIL TURDAGI QURILMALARNI JOYLAShTIRISh UChUN YER AJRATISh TOʻGʻRISIDAGIARIZANI KOʻRIB ChIQISh VA YER AJRATISh YOKI UShBU YERUChASTKASINI AJRATIShNI RAD ETIShTOʻGʻRISIDA QAROR QABUL QILISh
14. Obyektni joylashtirish uchun yer uchastkasini ajratib berish masalasi ariza tushgan kundan boshlab bir oydan ortiq boʻlmagan muddatda mazkur nizomga ilova qilingan Yengil turdagi qurilmalarni joylashtirish uchun muddatli (vaqtinchalik) foydalanish huquqi asosida yer uchastkalarini ajratish sxemasi belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
15. Obyektni joylashtirish uchun ayni bir joyga bir nechta ariza tushgan taqdirda birinchi boʻlib murojaat qilgan ariza beruvchi, ishchi guruh aʼzolarining bergan ovozlari teng boʻlib qolganda, ushbu huquqni olishda ustunlik huquqiga ega boʻladi.
16. Quyidagi hollarda obyektni joylashtirish uchun yer uchastkasini ajratish rad etilishi mumkin:
obyektni joylashtirish uchun yer uchastkasini ajratish haqidagi arizaga ilova qilinishi lozim zarur boʻlgan hujjatlar toʻliq hajmda taqdim etilmasligi;
obyekt joylashtirilishi rejalashtirilgan joy qurilish, sanitariya, yongʻin xavfsizligi qoidalari talablariga nomuvofiqligi;
ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz yoki buzilgan maʼlumotlar mavjudligi;
agar obyekt joylashtirilishi rejalashtirilgan yer uchastkasi boʻyicha boshqa loyihalarni amalga oshirish koʻzda tutilgan boʻlsa.
17. Obyektni joylashtirish uchun yer uchastkasi ajratib berish rad etilsa,rad etish sabablari, qonun hujjatlarining aniq normalari va ariza beruvchi koʻrsatib oʻtilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda belgilangan tartibda ariza beruvchiga yuboriladi. Ariza beruvchi rad etish sabablarini bartaraf etishga va hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishga haqli.
18. Hujjatlarni takroran koʻrib chiqishda Ishchi guruh tomonidan yer uchastkasini ajratib berish rad etilganligi toʻgʻrisidagi xatda oldin bayon qilinmagan rad etish sabablari keltirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, oldin koʻrsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bogʻliq rad etish sabablari keltirilishi, shuningdek, agar obyektni joylashtirish uchun yer uchastkasini ariza berilgan joyiga boshqa shaxsga yer ajratish toʻgʻrisida Toshkent shahar hokimining qarori qabul qilingan taqdirda rad etish sabablari keltirilishi bundan mustasno.
19. Ariza beruvchi obyektni joylashtirish uchun yer uchastkasini ajratib berish rad etilishi, shuningdek, mansabdor shaxsning xatti-harakati (harakatsizligi) ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egadir.
20. Ishchi guruh toʻgʻridan toʻgʻri muzokaralarda qabul qilib olgan arizalarni va unga ilova qilingan hujjatlarni umumlashtiradi hamda materiallarni tayyorlash va kelishish uchun Qurilish bosh boshqarmasiga yuboradi.
21. Qurilish bosh boshqarmasi oʻzining huzuridagi hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashida yer uchastkalari ajratish boʻyicha materiallarni tayyorlaydi va har bir yer uchastkasini shaharsozlik norma va qoidalarga muvofiqligini baholaydi.
Shaharsozlik norma va qoidalarga nomuvofiq boʻlgan yer uchastkalari yuzasidan Qurilish bosh boshqarmasi asoslangan bildirishnomani Toshkent shahar hokimligiga kiritadiva ajratilishi rejalashtirilgan yer uchastkasi, ularga taqdim etilgan roʻyxatlardan chiqarib tashlanadi.
22. Yer uchastkasini ajratib berish boʻyicha materiallar quyidagi tarkibda tayyorlanadi:
yer uchastkasi, shu jumladan undan joriy foydalanish va rejalashtirilayotgan maqsadda foydalanish toʻgʻrisidagi qisqacha axborot;
tutash yer uchastkalaridan foydalanish turlari;
yer uchastkasining M-500 masshtabli chegara rejasi.
23. Qurilish bosh boshqarmasi Ishchi guruh tomonidan taqdim etilgan hujjatlari kelib tushganidan keyin bir haftalik muddatda yer uchastkasini ajratish boʻyicha materiallarni tayyorlaydi va ularni vakolatli tashkilotlar bilan kelishadi.
24. Yer uchastkasi ajratish boʻyicha materiallar tayyorlash davomida:
uning umumiy maydoni aniqlanadi;
shaharsozlik va yer tuzish hujjatlari, yer va shaharsozlik kadastrlari maʼlumotlari oʻrganiladi;
yer uchastkalarini binolar va inshootlarni asossiz koʻchirish, suv xoʻjaligi obyektlari va muhandislik infratuzilmasidan foydalanishda noqulaylik paydo boʻlishi istisno etiladigan holda joylashtirish imkoniyati qidiriladi.
25. Yer uchastkasini ajratish boʻyicha materiallar:
Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi bilan;
Toshkentshahar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi bilan;
Toshkent shahar davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi bilan;
Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasining yongʻin xavfsizligi boshqarmasi bilan;
madaniy meros yodgorliklari qoʻriqlanadigan zonada obyekt joylashtirilishi uchun yer uchastkasi tanlashda — Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining madaniy meros obyektlarini qoʻriqlash va ulardan foydalanish bosh ilmiy-ishlab chiqarish boshqarmasi mintaqalararo (mintaqa) davlat inspeksiyasi bilan;
qoʻriqlanadigan tabiiy hududlar, magistral quvurlar, temir yoʻllar va avtomobil yoʻllari, elektr quvvati uzatish va aloqa liniyalari, shuningdek aerodromlar hamda chiqindilarni va boshqa zaharli moddalarni koʻmish joylari yaqinidagi qoʻriqlanadigan, suvni muhofaza qilish va sanitariya himoya zonalarida yer uchastkalari tanlashda — tegishli rejimli hududlar va inshootlardan foydalanadigan va ularni ishlatadigan tashkilotlar bilan;
avtomobillarning toʻxtab turish joylari va yoʻl harakati xavfsizligiga taʼsir koʻrsatuvchi boshqa obyektlar uchun yer uchastkasi ajratiladigan holatlarda — davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining Toshkent shahar boshqarmasi bilan kelishiladi.
Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasiga murojaat olingan kundan boshlab belgilangan muddat mobaynida vakolatli organlar tomonidan xulosalar taqdim etilmagan taqdirda yer uchastkasini joylashtirish rejasi kelishilgan hisoblanadi.
Yer uchastkalari ajratib berish boʻyicha materiallarni kelishishda vakolatli organlar tomonidan qoʻshimcha hujjatlar taqdim etishga doir talablarni belgilash taqiqlanadi.
26. Yer uchastkasini ajratish boʻyicha materiallarni kelishishda vakolatli organlar tomonidan ayni bir vaqtda quyidagi xulosalar beriladi:
Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasining xulosasi;
“ToshkentboshrejaLITI” DUKning xulosasi;
atrof-muhitga taʼsir etadigan loyihalar boʻyicha yer uchastkasini ajratish mumkinligi haqida Toshkent shahar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasining xulosasi;
Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazining xulosasi;
Ichki ishlar bosh boshqarmasi yongʻin xavfsizligi boshqarmasining xulosasi.
Xulosalarda uning shaharsozlik, sanitariya, tabiatni muhofaza qilish, yongʻinga qarshi hamda boshqa norma va qoidalarga rioya etish boʻyicha majburiyatlarida hisobga olinadigan talablar bayon qilinadi.
27. Yer uchastkalari ajratib berish boʻyicha vakolatli organlar bilan kelishilgan materiallar Ishchi guruhga qonunchilikda belgilangan tartibda koʻrib chiqish uchun kiritiladi.
28. Ishchi guruh yer uchastkalarini ajratib berish boʻyicha kelishilgan materiallar asosida, yigirma kunlik muddatda tanlangan yer uchastkasini ajratib berish masalasini koʻrib chiqadi.
29. Obyektni joylashtirish uchun vaqtincha foydalanishga yer uchastkasini ajratish toʻgʻrisidagi murojaatni koʻrib chiqish uchun yigʻim undirilmaydi.
30. Obyektni joylashtirish uchun yer uchastkasini ajratish masalasi Ishchi guruh tomonidan koʻrib chiqilib, ijobiy xulosa qilinganda Toshkent shahar hokimining qarori rasmiylashtiriladi va belgilangan tartibda ariza beruvchiga yuboriladi.
V BOB. YENGIL TURDAGI QURILMALARNI JOYLAShTIRISh UChUN YER AJRATISh TOʻGʻRISIDAGI ARIZANI KOʻRIB ChIQIShNI TAShKIL ETISh VA OʻTKAZISh, ShUNINGDEK NATIJALARINI RASMIYLAShTIRISh
31. Obyektni joylashtirish uchun yer ajratish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqishni tashkil etish va oʻtkazish Ishchi guruh tomonidan toʻgʻridan toʻgʻri muzokaralar yoʻli bilan quyidagicha amalga oshiriladi:
Qurilish bosh boshqarmasi (bunda vakolatli organlarning xulosalari inobatga olinadi) va ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish;
ariza beruvchi bilan toʻgʻridan toʻgʻri muzokara jarayonida Toshkent shahrining arxitekturaviy qiyofasi, muqobil energiya manbalaridan foydalanish, obyektning zamonaviy yoxud milliy uslubdagi dizayni, moliyalashtirish manbalari va boshqa takliflarini va zarur hujjatlarni qabul qilish;
toʻgʻridan toʻgʻri muzokarada takliflarini baholash va eng maqbul ariza beruvchini aniqlash hamda natijalarini rasmiylashtirish.
32. Ishchi guruh:
Qurilish bosh boshqarmasi va vakolatli organlar tomonidan ariza beruvchining obyektni joylashtirish uchun yer uchastkasini ajratish maqsadga muvofiqligi haqidagi ijobiy xulosalari bilan kelib tushgan materiallarni qabul qilib olganidan keyin navbatdagi toʻgʻridan toʻgʻri muzokara kuni boʻlib oʻtadigan kunga ariza beruvchini taklif qilgan holda koʻrib chiqadi;
yuridik va jismoniy shaxslarning soʻrovlari boʻyicha zarur hujjatlar va maʼlumotlarni taqdim etadi;
toʻgʻridan toʻgʻri muzokarada qatnashish uchun berilgan ariza beruvchilarni roʻyxatini shakllantiradi va qatnashuvchilar haqidagi maʼlumotlar oshkor qilinishini oldini oladi;
ariza beruvchi yuridik va jismoniy shaxslar yer uchastkasi bilan tanishishi uchun shart-sharoitlar yaratadi;
taqdim etiladigan hujjatlarning namunalari bilan taʼminlaydi hamda ularni rasmiylashtirishda koʻmaklashadi.
33. Qurilish bosh boshqarmasi tomonidan Ishchi guruhga taqdim etilgan hujjatlarda quyidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak:
Obyektni joylashtirish uchun ajratilishi rejalashtirilgan yer uchastkalarining tavsifi, foydalanish mumkin boʻlgan maqsadi (savdo, xizmat va boshqalar) va joylashgan joyi;
yer uchastkasidan foydalanib boʻlmaydigan maqsadlari (mavjud boʻlganda);
vakolatli organlarning xulosalari va qurilish bosh boshqarmasining obyektni joylashtirish maqsadga muvofiq yoki nomuvofiqligi toʻgʻrisida yakuniy xulosa.
34. Obyektni joylashtirish uchun yer uchastkasini ajratish boʻycha hujjatlar yigʻma jildiga Ishchi guruh tomonidan quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
ariza beruvchi uchun yoʻriqnoma (keyingi oʻrinlarda matnda “Yoʻriqnoma” deb yuritiladi).
35. Yoʻriqnomada quyidagilar boʻlishi kerak:
toʻgʻridan toʻgʻri muzokaralar olib borish tartibi va boshqa maʼlumotni olish mumkin boʻlgan masʼul shaxsning pochta manzili, aloqa telefoni, elektron pochta manzili;
toʻgʻridan toʻgʻri muzokarada qatnashish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi;
takliflarini rasmiylashtirish boʻyicha talablar;
taklifini taqdim etish tartibotiga oid talablar;
obyektni joylashtirishni boshlash va yakunlashning muddatlari;
takliflarini baholash tartibi;
avtomobillar toʻxtab turish joyining, hududga kirish va hududdan chiqish yoʻllarining, yer uchastkasini koʻkalamzorlashtirish va obodonlashtirishning taxminiy maydonlarini aniqlashtiruvchi hujjatlar;
atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik xavfsizlik talablariga, shuningdek sanitariya normalari va qoidalariga rioya qilish boʻyicha majburiyatlar;
madaniy meros obyektlarini va muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarni saqlashga qoʻyiladigan talablarga rioya etish boʻyicha majburiyatlar;
tashkil etiladigan ish oʻrinlarining eng kam soni boʻyicha taklif;
nazarda tutilayotgan investitsiyalar hajmi boʻyicha taklif;
bunda, eng maqbul taklifni tanlab olishni texnik qismi, tijorat qismi, shuningdek eng maqbul taklifni tanlab olish mezonlari boʻlishi kerak.
36. Toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralarda quyidagi masalalar muhokama qilinadi:
yoʻriqnomada belgilangan talablarga muvofiq tuzilgan takliflar;
obyektning fasadlarini va bosh rejasini oʻz ichiga oluvchi loyiha eskizi (kunduzgi va tungi vaqtlardagi koʻrinishlari);
koʻrsatiladigan savdo yoki xizmatlar turi boʻyicha takliflar;
loyihaning talabgorning oʻz mablagʻlari, shuningdek kredit resurslari hisobiga moliyalashtirish bilan taʼminlanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Toʻgʻridan-toʻgʻri muzokarada qatnashish uchun qoʻshimcha hujjatlar toʻgʻridan toʻgʻri muzokara olib boriladigan kuni taqdim etiladi.
Taqdim etilgan hujjatlarning barchasi ariza beruvchining imzosi bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak.
Ishchi guruh quyidagi hollarda toʻgʻridan toʻgʻri muzokara kuni qoʻshimcha hujjatlarni qabul qilmaydi:
belgilangan muddat tamom boʻlgandan keyin taqdim etilganda;
yoʻriqnomada belgilangan talablarga rioya qilinmagan holda hujjatlar taqdim etilganda;
qoʻshimcha hujjatlarni qabul qilish rad etilishining boshqa asoslariga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ishchi guruh tomonidan qabul qilinmagan hujjatlar, uning qabul qilinmaslik sabablarini koʻrsatgan holda oʻsha vaqtning oʻzida ariza beruvchiga qaytariladi.
37. Qabul qilib olingan arizalar va unga ilova qilingan hujjatlar tartib raqamlari qoʻyilgan maxsus jurnalda roʻyxatdan oʻtkaziladi.
38. Ishchi guruhi quyidagi huquqlarga ega:
a) oʻz ish reglamentini mustaqil ishlab chiqish va tasdiqlash;
b) toʻgʻridan toʻgʻri muzokaralar oʻtkazish vaqtini obyektiv sabablarga koʻra uzogʻi bilan navbatdagi toʻgʻridan toʻgʻri muzokaralar kuniga qoldirish (ariza beruvchilarni ogohlantirgan holda);
v) kelib tushgan takliflarini koʻrib chiqish va eng maqbul taklifni aniqlash;
g) takliflar yoʻriqnoma talablariga muvofiq boʻlmagan taqdirda,ariza beruvchini takliflarini rad etish, bu haqda xabar berish va rad etish sabablarini koʻrsatish;
d) bir nechta ariza beruvchilar tomonidan taqdim etilgan takliflar orasidan koʻpchilikni ovoz berishi yoʻli bilan mustaqil ravishda eng maqbul taklifni aniqlash;
barcha tushgan takliflar yoʻriqnoma shartlariga muvofiq boʻlmaganda toʻgʻridan toʻgʻri muzokarani boʻlib oʻtmagan deb eʼlon qilish.
39. Ishchi guruh quyidagilarga majbur:
oʻz faoliyatini hozir boʻlish tartibida tashkil etish;
toʻgʻridan toʻgʻri muzokaralarni tashkil etish, ishchi guruh aʼzolarini va ariza beruvchilarni ishtirok etishi uchun sharoit yaratish;
takliflarni yoʻriqnoma talablariga rioya qilingan holda taqdim etilganini tekshirish;
toʻgʻridan toʻgʻri muzokaralarning oʻtkazish jarayonini nazorat qilish;
eng maqbul taklif taqdim etgan shaxsni aniqlashda xolisona yondoshish;
ushbu Nizom, boshqa qonun hujjatlari talablari buzilgan, til biriktirish va toʻgʻridan toʻgʻri muzokaralar oʻtkazish tartibini buzadigan boshqa oldindan koʻrilmagan holatlar aniqlangan taqdirda, muzokaralarni oʻtkazishni toʻxtatish.
40. Takliflar taqdim etilgan murojaat va unga ilova qilingan hujjatlartoʻgʻridan toʻgʻri muzokara kuni koʻrib chiqiladi va ushbu hujjatlar asl nusxalari ishchi guruhning masʼul kotibida saqlanadi.
Barcha ariza beruvchilar toʻgʻridan toʻgʻri muzokaralar kuni taqdim etilgan takliflar bilan oshkora tanishib chiqishi mumkin.
41. Takliflarni baholash va eng maqbul taklifni aniqlash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
takliflarini loyiha eskizini baholash;
tashkil etiladigan ish oʻrinlarining eng kam soni boʻyicha taklifini baholash;
nazarda tutilayotgan investitsiyalar hajmi boʻyicha taklifini baholash;
koʻrsatiladigan savdo va xizmatlar turi boʻyicha taklifini baholash;
loyihani amalga oshirish boʻyicha biznes-reja (mavjud boʻlganda);
loyihaning ariza beruvchining oʻz mablagʻlari, shuningdek kredit resurslari hisobiga moliyalashtirish bilan taʼminlanganligi.
Zaruriyat boʻlganda, takliflarini baholash uchun ishchi guruh tomonidan qoʻshimcha ravishda mazkur Nizomning 13-bandidagi hujjatlar talab qilinishi mumkin.
42. Ishchi guruh eng yaxshi taklifni taqdim etgan ariza beruvchini eng maqbul taklif egasi deb eʼtirof etadi.
43. Eng maqbul taklifni aniqlash toʻgʻridan toʻgʻri muzokaralar kunida oʻtkaziladi.
Eng maqbul taklifni aniqlash yuzasidan bayonnomada aks ettirilgan xulosa ishchi guruh aʼzolarining umumiy sonining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlib qolgan taqdirda ishchi guruh rahbari hal qiluvchi ovozga ega boʻladi.
Agar toʻgʻridan toʻgʻri muzokarada ishchi guruh aʼzolarining kamida toʻrtdan uch qismi qatnashsa ishchi guruh qarori qonuniy hisoblanadi.
44. Ishchi guruh toʻgʻridan toʻgʻri muzokarlarda koʻrib chiqilgan takliflar natijalarini darhol eʼlon qiladi va bayon shaklida rasmiylashtiradi.
Bayonda:
Ishchi guruhning tarkibi;
Ishtirok etayotgan ariza beruvchilar va ularning takliflari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
yer uchastkasi joylashgan joy va uning maydoni;
yer uchastkasidan foydalanishning maqsadi;
eng maqbul taklif bergan shaxs;
ovoz berish natijalari va ishchi guruh aʼzolarining xulosasi;
yer uchastkasidan foydalanish huquqini muddati, eng maqbul taklif bergan shaxsni tanlashga asos boʻlgan shartlar koʻrsatiladi.
Bayon Ishchi guruhning barcha aʼzolari, eng maqbul taklif bergan shaxs tomonidan imzolanadi va ishchi guruh rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
45. Oʻtkazilgan toʻgʻridan toʻgʻri muzokaralar natijalari toʻgʻrisidagi bayon rasmiylashtirilgandan keyin bir ish kuni mobaynida Toshkent shahar hokimiga taqdim etiladi, hokim uch kunlik muddatda:
obyektni joylashtirish uchun yer uchastkasini ajratish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;
yer uchastkasi ajratish toʻgʻrisidagi qarorni yerdan vaqtinchalik foydalanish shartnomasini tuzish va yer uchastkasiga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatdan oʻtkazish uchun Toshkent shahar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasiga yuboradi.
46. Eng maqbul taklif egasi Ishchi guruh bayonida belgilangan majburiyatlarini bajarish bosh tortgan yoki uni rad etgan taqdirda toʻgʻridan toʻgʻri muzokara natijalari ishchi guruh tomonidan bekor qilinadi va ishchi guruh xulosasi bilan belgilangan muddatlarda takroriy toʻgʻridan toʻgʻri muzokara oʻtkaziladi.
Takroriy toʻgʻridan toʻgʻri muzokarada dastlabki muzokara shartlari qayta koʻrib chiqilmaydi.
VI BOB. YENGIL TURDAGI QURILMALARNI JOYLAShTIRISh UChUN YER UChASTKASI AJRATIB BERILGAN YuRIDIK VA JISMONIY ShAXSLARNING YER UChASTKASIGA BOʻLGAN UZOQ MUDDATLI VAQTINChA FOYDALANISh HUQUQLARINING AMAL QILISh MUDDATINI UZAYTIRISh, BEKOR QILISh.
47. Yuridik va jismoniy shaxslar ularga ajratib berilgan yer uchastkasiga boʻlgan huquqlaridan uning muddati tugashidan oldin voz kechganlarida;
yuridik shaxslar tugatilganida;
yuridik va jismoniy shaxslarga ajratib berilgan yer uchastkasiga boʻlgan uzoq muddatli foydalanish huquqi tugaganida;
obyektni ishchi guruh maʼqullagan eskiz loyihasi doirasidan chetga chiqqan holda joylashtirilganda;
yuridik va jismoniy shaxslar mazkur nizom talablariga rioya qilmaganlarida tugatiladi.
48. Yuridik va jismoniy shaxslarning ularga ajratib berilgan yer uchastkasiga boʻlgan huquqlari, ajratib berilgan yer uchastkasi davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi munosabati bilan ham tugatilishi mumkin.
49. Yer uchastkasi davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishida yuridik va jismoniy shaxslar bu haqda kamida oʻttiz kun oldin yozma ravishda ogohlantiriladi.
50. Mazkur nizom talablariga rioya qilmaslik oqibatida yuridik va jismoniy shaxslarga ajratib berilgan yer uchastkasiga boʻlgan huquqlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 12-fevraldagi “Aholi punktlarini kompleks qurishda shaharsozlik normalari va qoidalari qatʼiy bajarilishini nazorat qilishni kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 41-sonli qaroriga muvofiq tuman hokimliklari huzurida tashkil etilgan aholi punktlari kompleks qurilishini nazorat qilish hududiy komissiyalarining (keyingi oʻrinlarda matnda “tuman hokimliklari huzuridagi komissiyalar” deb yuritiladi) taqdimnomasi va Ishchi guruhning xulosasi asosida Toshkent shahar hokimining qarori bilan bekor qilinadi.
51.Yuridik va jismoniy shaxslarning ajratib berilgan yer uchastkasiga boʻlgan huquqlari muddati tugaganida, ularning yana ushbu yoki boshqa yer uchastkasiga boʻlgan huquqni olish haqida arizasi umumiy tartibda koʻrib chiqiladi.
VII BOB. YENGIL TURDAGI QURILMALARNI JOYLAShTIRISh UChUN YER UChASTKASI AJRATIB BERILGAN YuRIDIK VA JISMONIY ShAXSLAR HISOBINI YuRITISh
52. Obyektni joylashtirish uchun yer uchastkasi ajratib berilgan yuridik va jismoniy shaxslar hisobini Ishchi guruh masʼul kotibi yuritadi va doimiy ravishda ishchi guruh rahbariga hisobot taqdim etib boradi.
53. Ishchi guruh masʼul kotibi yengil turdagi qurilmalarni joylashtirish uchun yer uchastkasi ajratib berilgan yuridik va jismoniy shaxslar hisobini yuritishda quyidagi maʼlumotlarni jamlab boradi:
yuridik shaxsning nomi, uning tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, telefoni;
jismoniy shaxsning pasport maʼlumotlari, doimiy roʻyxatda turish manzili, telefoni;
yer uchastkasi ajratib berilgan joy manzili;
yer uchastkasi ajratib berilgan Toshkent shahar hokimi qarorining sana va raqami;
yer uchastkasi ajratib berilgan uzoq muddatli vaqtinchalik foydalanish huquqini muddati;
yer uchastkasiga boʻlgan huquqni toʻxtatilishining asosi va sanasi.
54. Obyektni joylashtirish uchun yer uchastkasi ajratib berilgan yuridik va jismoniy shaxslar maʼlumotlar bazasi ochiq boʻladi.
VIII BOB. YAKUNLOVChI QOIDALAR
55. Obyektni joylashtirish uchun yer uchastkasi ajratib berilgan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan majburiyatlarining bajarilishini nazorat qilish belgilangan tartibda:
loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishda qabul qilingan majburiyatlarga rioya etilishi — Toshkent shahri qurilish bosh boshqarmasi;
obyektning joylashtirish boʻyicha qabul qilingan majburiyatlarga rioya etilishi -tuman hokimliklari huzuridagi komissiyalari;
atrof muhitni muhofaza qilish, ekologik xavfsizlik boʻyicha qabul qilingan majburiyatlarga rioya etilishi — Toshkent shahar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi;
investitsiyaviy majburiyatlar qismiga muvofiq qabul qilingan majburiyatlarga rioya etilishi — tuman hokimliklari tomonidan amalga oshiriladi.
56. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
57. Obyektni joylashtirish uchun yer uchastkasi ajratib berishda vujudga keladigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
Nizomga ILOVA
Yengil turdagi qurilmalarni joylashtirish uchun muddatli foydalanish huquqi asosida yer uchastkalarini ajratish
SXEMASI
Bosqichlar Subyektlar Tadbirlar Bajarish muddatlari 1-bosqich Ariza beruvchi 1. Yengil turdagi qurilmani joylashtirish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni tayyorlaydi. 2. Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda Toshkent shahar hokimligiga ariza beradi. Ishchi guruhning toʻgʻridan toʻgʻri muzokara kunlari 2-bosqich Ishchi guruh Yengil turdagi qurilmani joylashtirish uchun yer uchastkasini ajratish haqidagi arizani koʻrib chiqish uchun belgilangan tartibda Qurilish bosh boshqarmasiga yuboradi. toʻgʻridan toʻgʻri muzokara kuni ariza olingan kundan keyin bir kunda 3-bosqich Qurilish bosh boshqarmasi 1. Yengil turdagi qurilmani joylashtirish uchun berilgan ar�zani koʻrib chiqadi. 2. Yengil turdagi qurilmani joylashtirish uchun arizani koʻrib chiqqandan keyin uni vakolatli organlar bilan kelishadi. 3. Yer uchastkasi ajratishni rad etish toʻgʻrisida xulosaga kelinganda, rad etilganligi toʻgʻrisidagi bildirishnomani belgilangan tartibda ishchi guruhga yuboradi. ariza kelib tushgan kundan boshlab yetti kunda 4-bosqich Ishchi guruh Qurilish bosh boshqarmasi tomonidan taqdim etilgan bildirishnoma asosli boʻlganda bu haqda ariza beruvchini yozma ravishda xabardor qiladi. bildirishnom� kelib tushgan sanada 5-bosqich Qurilish bosh boshqarmasi Qurilish bosh boshqarmasi vakolatli organlarning ijobiy xulosalari olinib, yer uchastkasini ajratish mumkinligi haqidagi yoʻllanma xatini Ishchi guruhga yuboradi ariza kelib tushgan kundan yetti kun muddatda 6-bosqich Ishchi guruh Yer uchastkasini ajratish toʻgʻrisidagi hujjatlarni Ishchi guruhning navbatdagi toʻgʻridan toʻgʻri muzokaralar oʻtkazadi�an sanasida koʻrib chiqilishi haqida ariza beruvchini yozma xabardor qiladi. Qurilish bosh boshqarmasidan hujjatlar qabul qilib olingan kuni 7-bosqich Ishchi guruh Yer uchastkasini ajratish toʻgʻrisidagi hujjatlarni toʻgʻridan toʻgʻri muzokaralar oʻtkazadigan sanasida koʻrib chiqiladi Qurilish bosh boshqarmasidan hujjatlar kelib tushgandan keyingi toʻgʻridan toʻgʻri muzokaralar kunida 8-bosqich Toshkent shahar hokimligi Ishchi guruhning bayonnomasi asosida eng maqbul taklif egasiga yer uchastkasini ajratish boʻyicha Toshkent shahar hokimining qarorini qabul qilish va arizachiga yetkazish uch kunlik muddatda
Toshkent shahar hokimining 2019-yil 8-yanvardagi 9-son qaroriga 2-ILOVA
Yuridik va jismoniy shaxslarning yengil turdagi qurilmalarni joylashtirish uchun yer uchastkasini ajratib berish toʻgʻrisidagi murojaatlarini koʻrib chiquvchi ishchi guruh tarkibi
Izoh: Ishchi guruh aʼzosi boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning oʻrniga tayinlangan shaxs ishchi guruh aʼzosi hisoblanadi.
Toshkent shahar hokimining 2019-yil 8-yanvardagi 9-son qaroriga 3-ILOVA
