Madaniyat va sanʼat sohasida davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirishga koʻmaklashish va moliyalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (570-son)
09.07.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Madaniyat va sanʼat sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 1-avgustdagi PQ-3892-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, madaniyat va sanʼat sohasida davlat-xususiy sheriklik uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Madaniyat va sanʼat sohasida davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi qonunchilik asosida berilishi mumkin boʻlgan davlat mulki obyektlarining roʻyxati 1-ilovaga;
Madaniyat va sanʼat sohasida davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshiriladigan loyihalarni moliyalashtirish uchun alohida ochiladigan shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi mablagʻlarini jamlash va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga;
Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi qonunchilik shartlari asosida faoliyat yuritadigan nodavlat madaniyat va sanʼat muassasalariga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlaridan subsidiyalar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, “Oʻzbekkino” Milliy agentligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov, Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri B.S. Sayfullayev, “Oʻzbekkino” Milliy agentligi bosh direktori F.Sh. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 9-iyul,
570-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 570-son qaroriga 1-ILOVA
Madaniyat va sanʼat sohasida davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi qonunchilik asosida berilishi mumkin boʻlgan davlat mulki obyektlarining*
ROʻYXATI
T/r Obyektlar nomi Joylashgan manzili Umumiy yer maydoni (kv.m.) Shundan, bino va inshootlar maydoni (kv.m.) Obyektning balans saqlovchisi Obyektning davlat-xususiy sheriklik asosida beriladigan qismi (kv.m.) Qoraqalpogʻiston Respublikasi 1. Klub binosi Qoʻngʻirot tumani, “Jasliq” MFY 844 811 Tuman madaniyat boʻlimi 844 2. Klub binosi Ellikqaʼla tumani, “Saribiy” OFY 1 828 1 562 Tuman madaniyat boʻlimi 1 828 Andijon viloyati 3. Oʻrmonbek madaniyat markazi Baliqchi tumani, Mumtoz MFY 1 290 241,9 Tuman madaniyat boʻlimi 1 290 4. “Onalar va bolalar” madaniyat va istirohat bogʻi Marhamat shahri, Mustaqillik koʻchasi 16 700 560 Shahar madaniyat boʻlimi 16 700 5. Shahrixon tumani Madaniyat va istirohat bogʻi Shahrixon tumani, Amir Temur koʻchasi, 1 30 658,2 3 325,9 Tuman madaniyat boʻlimi 10 000 6. Qoʻrgʻontepa tumani “Qoʻrgʻontepa” madaniyat va istirohat bogʻi Qoʻrgʻontepa tumani, Mustaqillik koʻchasi, 39 7 600 1 300 Tuman madaniyat boʻlimi 12 820 7. Asaka tumani Madaniyat va istirohat bogʻi Asaka tumani, Imom Buxoriy koʻchasi, 74 8 200 1000 Tuman madaniyat boʻlimi 8 200 8. Xonobod shahri Alisher Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bogʻi Xonobod shahri, Oʻsh koʻchasi 180 500 8 071,4 Shahar hokimligi 180 500 9. Izboskan tumani “Poytugʻ” madaniyat va istirohat bogʻi Izboskan tumani, Joʻra Sidiqov koʻchasi, 2 3 700 1 100 Tuman obodonlashtirish boʻlimi 3 700 10. Andijon shahar “Kamolot” madaniyat va istirohat bogʻi Andijon shahar, Mashrab koʻchasi 4 000 800 Yoshlar ittifoqi viloyat boʻlimi 4 000 11. Baliqchi tumani Madaniyat va istirohat bogʻi Baliqchi tumani, Baliqchi shoh koʻchasi, 7 4 200 900 Tuman obodonlashtirish boʻlimi 4 200 Jizzax viloyati 12. Jizzax shahri “Oʻrda” ekologik madaniyat va istirohat bogʻi Jizzaxlik mahallasi, I. Karimov koʻchasi 350 700 538,2 Shahar madaniyat boʻlimi 350 700 13. Zarbdor tumani “Umid” madaniyat va istirohat bogʻi Zarbdor tumani, “Ravot” MFY, A. Ikromov koʻchasi 44 000 - Tuman madaniyat boʻlimi 20 000 Qashqadaryo viloyati 14. Qarshi tumani madaniyat va istirohat bogʻi Beshkent shahri, Oʻzbekiston koʻchasi, 53 42 400 - Tuman madaniyat boʻlimi 2 500 15. Yakkabogʻ tumani “Yoshlik” madaniyat va istirohat bogʻi Amir Temur koʻchasi, 31 12 982,5 - Tuman madaniyat boʻlimi 12 982,5 Navoiy viloyati 16. Zarafshon shahri madaniyat va istirohat bogʻi Zarafshon shahri, Quruvchi MFY 40 000 3 500 Shahar madaniyat boʻlimi 20 000 Namangan viloyati 17. Namangan shahri Kichkintoy bolalar bogʻi Namangan shahri, Amir Temur koʻchasi, 2 160 000 68 000 Shahar hokimligi 92 000 18. Maxdumi Aʼzam nomidagi madaniyat va istirohat bogʻi Kosonsoy shaharchasi, Alisher Navoiy koʻchasi, 9 38 000 8 600 Tuman madaniyat boʻlimi 10 000 19. Namangan tumani “Yetti buloq” madaniyat va istirohat bogʻi Namangan tumani, Toshbuloq shaharchasi, Mustaqillikning 5 yilligi koʻchasi, 3 48 400 720,0 Tuman obodonlashtirish boʻlimi 48 400 20. Mingbuloq tumani “Doʻstlik” madaniyat va istirohat bogʻi Mingbuloq tumani, Jomashuy shaharchasi 60 000 550 Tuman hokimligi 60 000 21. Pop tumani M.Rahimov nomidagi madaniyat va istirohat bogʻi Pop shaharchasi, Doʻstlik koʻchasi 42 000 300 Tuman hokimligi 42 000 22. Uchqoʻrgʻon tumani madaniyat va istirohat bogʻi Uchqoʻrgʻon tumani, Doʻstlik koʻchasi, 35 25 000 200 Tuman hokimligi 22 000 23. Chortoq tumani Furqat nomidagi madaniyat va istirohat bogʻi Chortoq tumani, Istiqlol koʻchasi, 47 72 000 2 000 Tuman hokimligi 72 000 24. Yangiqoʻrgʻon tumani madaniyat va istirohat bogʻi Yangiqoʻrgʻon shahar, Namangan koʻchasi, 8-uy 50 000 4 600 Tuman madaniyat boʻlimi 27 000 Samarqand viloyati 25. Bulungʻur tumani madaniyat va istirohat bogʻi Bulungʻur tumani, Sayilgoh koʻchasi, 5 44 200 500 Tuman madaniyat boʻlimi 44 200 26. Narpay tumani “Oqtosh” madaniyat va istirohat bogʻi Oqtosh shahri, A. Xaqnazarov MFY, I. Nazar koʻchasi, 38 30 200 500 Tuman madaniyat boʻlimi 2 100 27. Pastdargʻom tumani “Yoshlar” madaniyat va istirohat bogʻi Pastdargʻom tumani, Juma shahri A. Temur koʻchasi 2 48 000 500 Tuman madaniyat boʻlimi 48 000 Surxondaryo viloyati 28. Qiziriq tumani “Bolajon” madaniyat va istirohat bogʻi Qiziriq tumani, “Doʻstlik” mahallasi 35 500 - Tuman hokimligi 35 500 29. Oltinsoy tumani madaniyat va istirohat bogʻi Oltinsoy tumani, Boʻston mahallasi 100 000 200 Tuman madaniyat boʻlimi 100 000 30. Termiz tumani “Doʻstlik” madaniyat va istirohat bogʻi Termiz tumani, Uchqizil MFY 40 000 - Tuman madaniyat boʻlimi 40 000 31. Uzun tumani Yangi roʻzgʻor madaniyat markazi Uzun tumani, Yangiroʻzgʻor mahallasi 983,9 686,4 Tuman madaniyat boʻlimi 983,9 Sirdaryo viloyati 32. Sardoba tumani “Gulzor” madaniyat markazi Sardoba tumani, “Otayurt” MFY 5 070 1 364,3 Tuman madaniyat boʻlimi 5 070 33. Mirzaobod tumani Gʻ. Yunusov nomidagi madaniyat markazi Mirzaobod tumani, Bahoriston MFY 20 580 19 802 Tuman madaniyat boʻlimi 20 580 Toshkent viloyati 34. Qibray tumani “Yonariq” madaniyat markazi Qibray tumani, Ziyokor MFY 1 163 267,8 Tuman madaniyat boʻlimi 1 163 35. Oqqoʻrgʻon tumani “Orom” madaniyat va istirohat bogʻi Oqqoʻrgʻon tumani, Birlik MFY 50 190 1 744,5 Tuman hokimligi 50 190 Fargʻona viloyati 36. Rishton tumani “Zoxidon” madaniyat markazi Rishton tumani, Navbahor MFY, Navbahor koʻchasi 1 484 593,5 Tuman hokimligi 1 484 37. Fargʻona tumani“Yambaroq” madaniyat markazi Fargʻona tumani, Yambaroq MFY, Yangi avlod koʻchasi 1 205,51 267 Tuman madaniyat boʻlimi 1 205,51 38. Fargʻona shahar “Yormozor” madaniyat markazi Fargʻona shahar, B. Margʻiloniy koʻchasi, 121-uy 2 200 800 Adliya boshqarmasi 2 200 39. Beshariq tumani “Shodlik” nomli madaniyat va istirohat bogʻi Beshariq tumani, Sirdaryo koʻchasi 2 700 850,5 Tuman madaniyat boʻlimi 2 700 40. Beshariq tumani “Qashqar” madaniyat markazi Beshariq tumani, Ropqon qishlogʻi 800 530 Tuman madaniyat boʻlimi 800 41. Toshloq tumani “Naymanboʻston” madaniyat markazi Toshloq tumani, Xonariq MFY, Xonariq qishlogʻi 1 400 800 Tuman madaniyat boʻlimi 1 400 42. Oltiariq tumani “Markaziy” madaniyat markazi Oltiariq shaharchasi, Mustaqillik koʻchasi, 2 uy 1 500 1 200 Tuman madaniyat boʻlimi 1 200 43. Oʻzbekiston tumani “Nursoʻx” madaniyat markazi Oʻzbekiston tumani, Nursoʻx qishlogʻi 950 780 Tuman madaniyat boʻlimi 950 44. Oʻzbekiston tumani madaniyat va istirohat bogʻi Yaypan shaharchasi, Toshkent koʻchasi 22 400 - Tuman madaniyat boʻlimi 22 400 45. Bogʻdod tumani “Matqulobod” madaniyat markazi Bogʻdod tumani, Matqulobod qishlogʻi 800 600 Tuman madaniyat boʻlimi 800 46. Yozyovon tumani Madaniyat va istirohat bogʻi Yozyovon shaharchasi, Mustaqillik koʻchasi, 71-uy 2 530 2 270 Tuman hokimligi 2 270 Xorazm viloyati 47. Gurlan tumani Alisher Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bogʻi Gurlan tumani, Mustaqillik shoh koʻchasi 180 000 9 963 Xorazm viloyati madaniyat boshqarmasi 25 000 48. Shovot tumani K. Otaniyozov nomidagi madaniyat va istirohat bogʻi Shovot tumani, Komiljon Otaniyozov koʻchasi 87 000 - Tuman madaniyat boʻlimi 87 000 49. Xazorasp tumani “Ovshar” madaniyat markazi Xazorasp tumani, Ovshar qishlogʻi 1 363,6 794,3 Tuman madaniyat boʻlimi 1 363,6 50. Yangiariq tumani “Qoʻriqtom” madaniyat markazi Yangiariq tumani, Qoʻriqtom qishlogʻi 5 284 1 092 Tuman madaniyat boʻlimi 5 284 Toshkent shahri 51. Mirzo Ulugʻbek tumani 2-son madaniyat markazi Mirzo Ulugʻbek tumani, Qizilsuv koʻchasi, 186 1 512 967 Tuman madaniyat boʻlimi 1 512 52. Yunusobod tumani madaniyat markazi Yunusobod tumani, Osiyo koʻchasi, 40-uy 415 415 Tuman madaniyat boʻlimi 415 53. Madaniyat mehmonxonasi Yakkasaroy tumani Sh. Rustaveli kuchasi, 18-uy 2399 1907 Madaniyat vazirligi huzuridagi binolardan foydalanish va ularni ekspulatatsiya qilish direksiyasi davlat unitar korxonasi 2399 54. Olmazor tumani Abdulla Qodiriy nomidagi madaniyat va istirohat bogʻi Olmazor tumani Zarqaynar koʻchasi, 6-uy 226000 900 Ichki ishlar vazirligi 3000 55. Yakkasaroy tumani “Doʻstlik bogʻi” istirohat bogʻi Yakkasaroy tumani, Bobur koʻchasi, 33-uy 123000 560 Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi 3000 56. Mirzo Ulugʻbek tumani “EKO BOGʻ” nomli madaniyat va istirohat bogʻi Mirzo Ulugʻbek tumani, X. Olimjon va I. Gandi koʻchalari kesishuvi 57000 200 Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasi 3000 57. Chilonzor tumani Gʻafur Gʻulom nomidagi madaniyat va istirohat bogʻi Chilonzor tumani, Bunyodkor koʻchasi, 21-uy 180000 660 Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasi 180000
Izoh. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va “Oʻzbekkino” milliy agentligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda madaniyat va sanʼat sohasida davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi qonunchilik asosida berilishi mumkin boʻlgan davlat mulki obyektlari roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 570-son qaroriga 2-ILOVA
Madaniyat va sanʼat sohasida davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi qonunchilik asosida amalga oshiriladigan loyihalarni moliyalashtirish uchun alohida ochiladigan shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi mablagʻlarini jamlash va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Madaniyat va sanʼat sohasida davlat xususiy sheriklikni rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 1-avgustdagi PQ-3892-son qaroriga muvofiq Madaniyat va sanʼat sohasida davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshiriladigan loyihalarni moliyalashtirish uchun Moliya vazirligi Gʻaznachiligida alohida ochiladigan shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi (keyingi oʻrinlarda maxsus hisobvaraq deb ataladi) mablagʻlarini jamlash va undan foydalanish tartibini belgilaydi.
2. Maxsus hisobvaraqdagi mablagʻlar davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlashga imtiyozli kredit berish uchun tuman va chekka qishloq joylardagi teatrlar, kinoteatrlar, madaniyat markazlari, madaniyat va istirohat bogʻlari, konsert zallari, hayvonot bogʻlari va boshqa madaniy obyektlar negizida madaniyat va sanʼat nodavlat muassasalarini tashkil etish maqsadida foydalaniladi.
3. Maxsus hisobvaraqdagi mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlanadigan madaniyat va sanʼat sohasida davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi qonunchilik asosida berilishi mumkin boʻlgan davlat mulki obyektlarining roʻyxatiga (keyingi oʻrinlarda obyektlar roʻyxati deb ataladi) hamda tegishliligi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va “Oʻzbekkino” Milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda Davlat sherigi deb ataladi) tomonidan belgilangan tartibda oʻtkazilgan tanlov yakunlari boʻyicha shakllantirilgan bitimlarning yagona reyestriga (keyingi oʻrinlarda bitimlar yagona reyestri deb ataladi) kiritilgan tadbirkorlik subyektlarining davlat-xususiy sheriklik loyihalarini imtiyozli kreditlar asosida moliyalashtirish uchun tijorat banklariga oʻtkazib beriladi.
2-bob. Maxsus hisobvaraq mablagʻlarini jamlash
4. Quyidagilar maxsus hisobvaraqni shakllantirish manbalari hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan ajratiladigan 100,0 million AQSH dollari ekvivalentidagi kreditlar;
davlat madaniyat va sanʼat muassasalari negizida madaniyat va sanʼat nodavlat muassasalarini tashkil etish maqsadida davlat-xususiy sheriklik asosida ajratiladigan kreditlar boʻyicha foiz toʻlovining 7 foizdan oshgan qismini qoplab berish uchun har yili Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining maqsadli mablagʻlari;
xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat tashkilotlari va boshqa donorlarning xayriyalari, kreditlari (qarzlari) va grantlari;
maxsus hisobvaraqning vaqtincha boʻsh mablagʻlarini joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
3-bob. Maxsus hisobvaraqdan tijorat banklariga mablagʻlar ajratish tartibi
5. Obyektlar roʻyxatiga asosan xususiy sherik bilan bitimlar davlat sherigi tomonidan tuziladi va bitimlar yagona reyestriga kiritiladi.
Bitimlar yagona reyestri obyektlar roʻyxati va xususiy sherikka xizmat koʻrsatuvchi tegishli tijorat banklari kesimida davlat sherigi tomonidan yuritiladi.
6. Bitimlar yagona reyestriga kiritilgan bitimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bitimlar tuzilgan kunidan boshlab oʻn kun mobaynida davlat sherigi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga yozma hamda elektron shaklda yuboriladi.
7. Davlat sherigi hamda tegishli tijorat banklari oʻrtasida bitimlar yagona reyestrida koʻrsatilgan davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun maxsus hisobvaraqdan kredit mablagʻlarini ajratish toʻgʻrisida bosh kelishuv imzolanadi.
8. Bosh kelishuvga asosan tegishli tijorat bankiga maxsus hisobvaraqdan ajratilgan mablagʻlar xususiy sheriklarga tuman va chekka qishloq joylarida faqatgina teatr, kinoteatr, madaniyat markazlari, madaniyat va istirohat bogʻlari, konsert zallari, hayvonot bogʻlari va boshqa madaniyat obyektlari asosida nodavlat madaniyat va sanʼat muassasalarini tashkil etish maqsadida davlat-xususiy sheriklik bitimi obyektlarini qurish, rekonstruksiya, taʼmirlash va jihozlash loyihalarni moliyalashtirish uchun kredit berish maqsadlariga yoʻnaltiriladi.
9. Maxsus hisobvaraqdan tijorat banklariga xususiy sheriklarning loyihalariga kredit uchun ajratiladigan mablagʻlar kredit ajratish muddatiga qarab, tegishli balans hisobvaraqlarida hisobga olinadi.
10. Xususiy sherik kredit olish ehtiyoji boʻlganda, davlat madaniyat va sanʼat muassasalari negizida davlat-xususiy sheriklik asosida madaniyat va sanʼat nodavlat muassasalarini tashkil etish boʻyicha loyihalarni moliyalashtirish uchun kredit ajratish toʻgʻrisida tegishli tijorat bankiga ariza bilan murojaat qiladi.
11. Tijorat banklari tomonidan xususiy sherikka madaniyat va sanʼat nodavlat muassasalarini tashkil etish boʻyicha loyihalarni moliyalashtirish uchun tijorat banklarining kreditlari loyihalarning loyiha-smeta hujjatlari va biznes-rejalari puxta va har tomonlama oʻrganilgandan soʻng maqsadli foydalanish shartlari asosida beriladi.
12. Bosh kelishuvga asosan maxsus hisobvaraqdagi mablagʻlar tijorat banklariga oʻtkazib beriladi va tegishli tijorat banki tomonidan tadbirkorlik subyektlariga kreditlar 3 yillik imtiyozli davr bilan 10 yil muddatga yillik 7 foizli stavkada ajratiladi.
13. Tijorat banklari kelib tushgan arizalar boʻyicha buyurtmanomalarni shakllantiradi va bosh kelishuv hamda tijorat banki kredit qoʻmitasining ijobiy qaroriga asosan ularni davlat sherigiga taqdim etadi.
14. Davlat sherigi tijorat banklari tomonidan taqdim etilgan buyurtmanomalarga muvofiq Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan maxsus hisobvaraqqa kelib tushgan zarur mablagʻlarni uch ish kuni mobaynida Moliya vazirligi Gʻaznachiligi orqali tijorat banklarining tegishli balans hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi yoki xato va kamchiligi boʻlsa rad etadi.
15. Tijorat banklari tomonidan imtiyozli kreditlar maxsus hisobvaraqdan tijorat banklariga ajratilgan mablagʻlar doirasida ajratiladi.
16. Tijorat banklari maxsus hisobvaraqdan ajratilgan mablagʻlar hisobidan berilgan imtiyozli kreditlar va ularning maqsadli sarflanishi yuzasidan belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga hisobot topshiradi.
4-bob. Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan maxsus hisobvaraqqa mablagʻlarni ajratish tartibi
17. Davlat sherigi va Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) oʻrtasida mazkur Nizomning 4-bandi ikkinchi xatboshida koʻrsatilgan mablagʻlarni maxsus hisobvaragʻiga oʻtkazish boʻyicha shartnoma tuziladi.
Bunda Jamgʻarma maxsus hisobvaraqqa davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish uchun 5 foizli kredit stavkasiga asosan mablagʻlarni oʻtkazadi va maxsus xisobvaragʻidan ushbu mablagʻlar tijorat banklariga 5 foizli kredit stavkasiga asosan oʻtkazib beriladi.
18. Davlat sherigi tijorat banklaridan kelib tushgan buyurtmanomalarga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Jamgʻarmaga tegishli ravishda buyurtmanoma yuboradi.
19. Jamgʻarma davlat sherigi tomonidan kelib tushgan buyurtmanomalarni ikki ish kuni ichida koʻrib chiqadi va zarur mablagʻlarni maxsus xisobvaraqqa oʻtkazib beradi.
20. Davlat sherigi tomonidan Moliya vazirligi Gʻaznachiligiga maxsus xisobvaragʻidan tijorat banklarining tegishli xisobraqamlariga (resurs) mablagʻlarni oʻtkazish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
bosh kelishuv;
tijorat banklari tomonidan tasdiqlangan buyurtmanomalar;
xususiy sheriklar va tijorat banklari oʻrtasida tuzilgan kredit shartnomalar;
21. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi davlat sherigi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni uch ish kuni davomida tijorat banklarining tegishli hisobraqamlariga oʻtkazadi yoki xato va kamchiligi boʻlsa rad etadi, bunda mablagʻlarni oʻtkazish kuniga Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi tomonidan qoʻshimcha foiz toʻlanmaydi.
5-bob. Tijorat banklari tomonidan maxsus hisobvaraq mablagʻlarini qaytarish
22. Maxsus hisobvaraq mablagʻlari hisobidan ajratilgan kreditlardan maqsadli foydalanilishi tijorat banklari tomonidan davlat sherigi bilan birgalikda doimiy ravishda monitoring qilib boriladi.
23. Tijorat banklari tomonidan maxsus hisobvaraqdan jalb etilgan mablagʻlar tijorat banklari va xususiy sherik oʻrtasida tuzilgan grafik asosida qaytariladi.
24. Maxsus hisobvaraq mablagʻlaridan ajratilgan imtiyozli kreditlar boʻyicha xususiy sherik tomonidan toʻlangan foizlarning:
2 foizi tegishli tijorat bank marjasi;
5 foizi tegishli tijorat banki tomonidan maxsus hisobvaraqqa oʻtkaziladi.
25. Xususiy sherik tomonidan kredit oʻz vaqtida qaytarilmagan taqdirda jalb etilgan mablagʻlar tijorat banklari tomonidan oʻz mablagʻlari hisobidan maxsus hisobvaraqqa qaytariladi.
26. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi tegishli tijorat banklari tomonidan maxsus xisobvaraqqa qaytarilgan mablagʻlarni ikki ish kuni ichida Jamgʻarmaga belgilangan grafik asosida qaytaradi. Bunda mablagʻlarni qaytarish kuniga tijorat banklari tomonidan Jamgʻarmaga qoʻshimcha foiz toʻlanmaydi.
6-bob. Maqsadli budjet mablagʻlarini ajratish tartibi
27. Tijorat banklari oʻz mablagʻlari hisobidan obyektlar roʻyxatiga kiritilgan davlat madaniyat va sanʼat muassasalari negizida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida nodavlat madaniyat va sanʼat muassasalarini tashkil etish uchun imtiyozli kredit ajratishi mumkin.
Bunda ajratiladigan kreditlar boʻyicha foiz toʻlovlarining:
7 foizi xususiy sherik tomonidan qoplanadi;
7 foizdan oshgan qismi, biroq kredit ajratilgan kunda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining belgilangan qayta moliyalashtirish stavkasidan oshmagan holda, har yili Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining maqsadli mablagʻlari (keyingi oʻrinlarda maqsadli mablagʻlar deb ataladi) hisobidan qoplanadi.
28. Tijorat banklari oʻz mablagʻlari hisobidan xususiy sherikka berilgan imtiyozli kredit boʻyicha maqsadli mablagʻlarni toʻlab berish zaruratidan kelib chiqib, xususiy sherik va tijorat banki oʻrtasida tuzilgan kredit shartnomasi va toʻlov grafiklari nusxalarini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va davlat sherigiga taqdim etadi.
29. Davlat sherigi har yili budjet soʻrovini taqdim etish muddatlarida xususiy sherik va tijorat banki oʻrtasida tuzilgan kredit shartnomalariga muvofiq maqsadli mablagʻlarni toʻlab berish uchun zarur mablagʻlarni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga tegishli hujjatlarni taqdim etadi.
30. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi maqsadli mablagʻlar uchun zarur mablagʻlarni har yili Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan davlat sherigiga ajratadi.
31. Davlat sherigi xususiy sheriklar va tijorat banklari oʻrtasida tuzilgan kredit shartnomalarining toʻlov grafigiga asosan har oyning 5 sanasiga qadar maqsadli mablagʻlar uchun zarur budjet mablagʻlarini maxsus hisobvaraqqa koʻchirib beradi va koʻchirib berilgan mablagʻlari toʻgʻrisida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligiga tegishli hujjatlarni taqdim etadi.
32. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi har oyning 8 sanasiga qadar maxsus hisobvaraqqa kelib tushgan maqsadli mablagʻlar uchun budjet mablagʻlarini xususiy sheriklar va tijorat banklari oʻrtasida tuzilgan kredit shartnomalar raqami va sanasi koʻrsatilgan holda tegishli tijorat banklarning xisobraqamiga oʻtkazadi.
33. Maxsus hisobvaraqdan tijorat banklariga ajratilgan maqsadli mablagʻlar uchun budjet mablagʻlarini kredit shartnomalarida belgilangan ortiqcha hisoblangan foiz toʻlovlarini, shuningdek, penya va jarimalarni qoplashga yoki mazkur Nizomda belgilanmagan boshqa maqsadlarga yoʻnaltirish taqiqlanadi.
7-bob. Maxsus hisobvaraq mablagʻlarining hisobi, hisoboti va nazorati
34. Davlat sherigi:
maxsus hisobvaraq tushumi va xarajatlari prognozini manbalar, hududlar va choraklar boʻyicha tayyorlaydi, uning bajarilishini tahlil qiladi;
maxsus hisobvaraq budjetining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni tuzadi;
qonunchilik hujjatlariga muvofiq maxsus hisobvaraq mablagʻlarining ishlatilishi toʻgʻrisidagi hisobotni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadi.
35. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat moliyaviy-nazorat bosh boshqarmasi maxsus hisobvaraq xarajatlarining maqsadli ishlatilishini nazorat qiladi.
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
36. Ushbu Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
37. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 570-son qaroriga 3-ILOVA
Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi qonunchilik shartlari asosida faoliyat yuritadigan madaniyat va sanʼat nodavlat muassasalariga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlaridan subsidiyalar ajratish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi qonunchilik shartlari asosida faoliyat yuritadigan madaniyat va sanʼat nodavlat muassasalariga (keyingi oʻrinlarda madaniyat va sanʼat muassasalari deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan subsidiyalar (keyingi oʻrinlarda budjetdan subsidiyalar deb ataladi) ajratish tartibini belgilaydi.
Nizomning amal qilishi davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi qonunchilik shartlari asosida tashkil etilgan nodavlat teatr va sirklar, hayvonot bogʻlari, madaniyat saroylari, konsert zallari, madaniyat markazlariga (keyingi oʻrinlarda madaniyat va sanʼat nodavlat muassasalari deb ataladi) tatbiq etiladi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
madaniy xizmatlar koʻrsatish boʻyicha shartnoma — madaniyat va sanʼat nodavlat muassasasi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat boshqarmalari oʻrtasida madaniy xizmatlar koʻrsatishni va zarurat boʻlganda, budjetdan subsidiyalar miqdorini nazarda tutuvchi tegishli yil uchun tuziladigan shartnoma;
madaniy xizmatlar — madaniyat va sanʼat nodavlat muassasalari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga xizmat koʻrsatilishi (ishlar amalga oshirilishi) mumkin boʻlgan, har yil Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan madaniy xizmatlar (ishlar) roʻyxati (spektakl, toʻgaraklar, gastrollar, koʻchma koʻrgazmalar, bayram va konsert tadbirlari va boshqalar).
3. Budjetdan subsidiyalar quyidagi hollarda ajratiladi:
madaniyat va sanʼat nodavlat muassasalari xarajatlarining bir qismini qoplash uchun yillik daromadlari va xarajatlari hajmidan, madaniy xizmatlar koʻrsatish boʻyicha tuziladigan shartnomalardan kelib chiqib;
qonunchilikda belgilangan tartibda madaniyat va sanʼat sohasida davlat-xususiy sheriklik shakllarida tuzilgan, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Qurilish vazirligi va boshqa tegishli vazirlik va idoralar tomonidan belgilangan normalar va talablar asosida qurilish (rekonstruksiya, mukammal taʼmirlash) va jihozlash ishlari toʻliq yakunlanib, belgilangan tartibda foydalanishga topshirilgan madaniyat va sanʼat nodavlat muassasalariga.
Madaniyat va sanʼat nodavlat muassasasiga budjetdan subsidiyalar Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va madaniyat va sanʼat nodavlat muassasasi oʻrtasida davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida imzolangan shartnomada koʻrsatilgan muddat davomida ajratiladi.
4. Madaniyat va sanʼat nodavlat muassasalariga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan subsidiyalar ajratish va toʻlash mazkur Nizomga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq ajratiladi va toʻlanadi.
2-bob. Subsidiyalarni hisoblash tartibi
5. Budjetdan subsidiyalar madaniyat va sanʼat nodavlat muassasasiga uning tuman (shahar) madaniyat boʻlimiga yoʻnaltirilgan tegishli arizasiga asosan hisoblanadi va ajratiladi.
Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
ariza beruvchining — yuridik shaxs boʻlgan tadbirkorlik subyektining nomi, joylashgan joyi (pochta manzili) va tashkiliy-huquqiy shaklini tasdiqlovchi guvohnoma, tijorat bankidagi hisobraqamlar rekvizitlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bilan davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida imzolangan shartnoma nusxasi;
madaniyat va sanʼat nodavlat muassasasi toʻgʻrisida maʼlumotlar: roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma, kadastr hujjati, quvvati, tegishli yilda madaniyat va sanʼat nodavlat muassasasi tomonidan amalga oshirishi rejalashtirilgan madaniy xizmatlar koʻrsatish roʻyxati va ushbu faoliyatdan kelib tushadigan daromadlar prognozi, faoliyati boshlangan sana toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma, joylashgan bino va yer maydonlari hajmi, barcha xarajatlar, shuningdek, kommunal xizmatlar boʻyicha kutilayotgan xarajatlar miqdorlari, tegishli hisob-kitoblar va maʼlumotlar;
mazkur Nizomning 3-bandi uchinchi xatboshida belgilangan talablar toʻliq bajarilganligini tasdiqlovchi hujjatlar.
6. Tuman (shahar) madaniyat boʻlimi madaniyat va sanʼat nodavlat muassasasining buyurtmanomasi kelib tushgan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida uning mazkur Nizomda belgilangan talablarga mosligini oʻrganib chiqadi va arizani qanoatlantirish yoki uni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi hamda ushbu muassasaga budjetdan subsidiyalar ajratish yoki arizani rad etish toʻgʻrisida asoslantirilgan holda yozma shaklda, shu jumladan elektron axborot tizimi orqali xabardor qiladi.
7. Madaniyat va sanʼat nodavlat muassasasiga budjetdan subsidiyalar ajratish toʻgʻrisidagi qaror tuman (shahar) madaniyat boʻlimi rahbarining tegishli buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi va ushbu buyruqqa tuman (shahar) moliya organi bilan kelishilgan budjetdan subsidiyalar miqdori va toʻlash grafigini nazarda tutuvchi jadval ilova qilinadi.
8. Budjetdan subsidiyalar miqdorini belgilash uchun tuman (shahar) madaniyat boʻlimlari tegishli hududda joylashgan madaniyat va sanʼat nodavlat muassasalarining (mazkur muassasalar kesimida) tegishli moliya yili uchun daromadlari va xarajatlari hajmi prognozini ishlab chiqadi va tuman (shahar) moliya boʻlimi bilan kelishilgan holda tasdiqlaydi.
Bunda davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi qonunchilik shartlari asosida tashkil etilgan madaniyat va sanʼat nodavlat muassasalarining:
xarajatlari (har bir xarajat turi boʻyicha ish haqi va boshqa xarajatlar) tegishli yoʻnalishdagi davlat madaniyat va sanʼat muassasalari uchun belgilangan tartib va normalar (qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan lavozim maoshlari va bazaviy mehnatga haq toʻlash stavkalari, ularga qoʻshimcha haq toʻlash va ustamalar hamda amaldagi namunaviy shtatlar va shtat normativlari, kommunal xizmatlar va boshqa xarajatlar normalari) asosida;
yagona ijtimoiy toʻlovi miqdori xoʻjalik hisobidan faoliyat yurituvchi tashkilotlar uchun belgilangan miqdorlarda hisoblanadi.
9. Madaniyat va sanʼat nodavlat muassasasi xarajatlarining summasini hisoblashda “Asosiy vositalar boʻyicha xarajatlar” (sahna-tomosha vositalari, dekoratsiyalar, mebel va rekvizitlar, butaforiya, teatr kostumlari va milliy kostumlar, bosh kiyimlar, ichki kiyimlar, poyabzallar, pariklar va boshqalar bundan mustasno) hisobga olinmaydi.
10. Budjetdan subsidiyalar mazkur Nizomning 8-bandida belgilangan tartibda hisoblangan madaniyat va sanʼat nodavlat muassasasining tegishli yildagi xarajatlariga nisbatan quyidagi miqdorlarda ajratiladi:
a) teatr va sirklarda:
Toshkent shahrida — 30 foiz;
Nukus shahri va viloyatlar markazlarida — 40 foiz;
qolgan hududlarda — 50 foiz;
b) hayvonot bogʻlarida:
Toshkent shahrida — 40 foiz;
Nukus shahri va viloyatlar markazlarida — 50 foiz;
v) madaniyat saroylari, konsert zallari:
Toshkent shahrida — 40 foiz;
Nukus shahri va viloyatlar markazlarida — 50 foiz;
qolgan hududlarda — 60 foiz;
g) I tipdagi madaniyat markazlarida:
Toshkent shahrida — 30 foiz;
Nukus shahri va viloyatlar markazlarida — 40 foiz;
qolgan hududlarda — 50 foiz;
d) II va III tipdagi madaniyat markazlarida:
Toshkent shahrida — 40 foiz;
Nukus shahri va viloyatlar markazlarida — 50 foiz;
qolgan hududlarda — 60 foiz.
Budjetdan subsidiyalar mazkur bandda koʻrsatilgan miqdorlarda, biroq madaniyat va sanʼat nodavlat muassasasining prognoz xarajatlari oʻz daromadlari bilan qoplanmagan qismidan oshmagan holda ajratiladi.
11. Mazkur Nizomning 8 — 10-bandlarida koʻrsatilgan talablar faqat madaniyat va sanʼat nodavlat muassasasiga budjetdan ajratiladigan budjet subsidiyalar miqdorini hisob-kitob qilish maqsadida qoʻllaniladi.
Madaniyat va sanʼat nodavlat muassasasining haqiqiy shtat birliklari soni va xarajatlari, shu jumladan ish haqi xarajatlari miqdorlari ushbu muassasa rahbarining qaroriga koʻra, tegishli yoʻnalishdagi davlat madaniyat va sanʼat muassasalari uchun belgilangan shtatlar va xarajatlar normalaridan farqlanishi mumkin.
Bunda madaniyat va sanʼat nodavlat muassasasining ortiqcha xarajatlari uning oʻz daromadlari hisobidan qoplanadi.
12. Madaniyat va sanʼat nodavlat muassasasining madaniy xizmatlar shartnomasiga tegishli yil xarajatlari hajmining prognozidan kelib chiqib, oyma-oy taqsimlangan budjetdan subsidiyalar va oʻz daromadlari hisobidan (manbalar kesimida) yoʻnaltiriladigan mablagʻlar boʻyicha jadval ilova qilinadi.
13. Moliya yili davomida qonunchilik hujjatlariga muvofiq ish haqi miqdorlari va shartlari oʻzgargan holatlarda, madaniyat va sanʼat muassasasiga budjetdan ajratiladigan subsidiyalar summasi miqdorining tegishli qismi qayta koʻrib chiqiladi.
14. Budjetdan ajratiladigan subsidiyalar tegishli moliya yili uchun tuman (shahar) mahalliy budjetlari parametrlarida “Madaniyat va sport” sohasi boʻyicha nazarda tutiladi.
3-bob. Budjetdan subsidiyalarni ajratish tartibi
15. Madaniyat va sanʼat nodavlat muassasasi budjetdan subsidiyalar ajratish uchun tegishli tuman (shahar) moliya boʻlimiga budjetdan subsidiyalar olish uchun buyurtmanomani quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda mazkur nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda hisobot oyi uchun hisobot oyidan keyin har oyning 5 sanasiga qadar taqdim etadi:
buyurtmanoma beruvchining — yuridik shaxs boʻlgan tadbirkorlik subyektining nomi, joylashgan joyi (pochta manzili) va tashkiliy-huquqiy shaklini tasdiqlovchi guvohnoma, tijorat bankidagi hisobraqamlari rekvizitlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bilan davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida imzolangan shartnoma nusxasi;
tuman (shahar) madaniyat boʻlimi bilan belgilangan tartibda tuzilgan madaniy xizmatlar koʻrsatish boʻyicha shartnoma nusxasi;
hisobot oyida oʻz faoliyatidan olingan haqiqiy daromadlar (tushumlar) toʻgʻrisida tegishli tijorat banki tomonidan tasdiqlangan maʼlumot.
Mazkur bandning ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilarida koʻrsatilgan maʼlumotlar madaniyat va sanʼat nodavlat muassasasi tomonidan budjetdan subsidiyani birinchi marta olganda taqdim etiladi.
16. Madaniyat va sanʼat nodavlat muassasasiga hisobot oyi uchun budjetdan ajratiladigan subsidiyalar miqdorlari quyidagi formula asosida hisoblanadi:
BSʼh = BSp * Dh / Dp
bunda:
BSʼh — madaniyat va sanʼat nodavlat muassasasining hisobot oyida budjetdan ajratiladigan subsidiyaning haqiqiy miqdori;
BSp — madaniyat va sanʼat nodavlat muassasasining madaniy xizmatlar koʻrsatish boʻyicha shartnomasiga ilova qilingan jadvalda hisobot oyi uchun budjetdan ajratilishi belgilangan subsidiyaning prognoz miqdori;
Dh — madaniyat va sanʼat nodavlat muassasasining hisobot oyidagi oʻz faoliyatidan olingan haqiqiy daromadlar (tushumlar);
Dp — madaniyat va sanʼat nodavlat muassasasining madaniy xizmatlar koʻrsatish boʻyicha shartnomasiga ilova qilingan jadvalda hisobot oyi uchun belgilangan daromadlar prognoz koʻrsatkichi.
17. Hisob-kitoblar natijasida madaniyat va sanʼat nodavlat muassasasiga hisobot oyi uchun budjetdan ajratiladigan subsidiyaning haqiqiy miqdori ushbu subsidiyaning prognoz miqdorlaridan oshganida, budjetdan subsidiya uning prognoz miqdorlari doirasida toʻlanadi.
18. Tuman (shahar) moliya boʻlimi hududdagi madaniyat va sanʼat nodavlat muassasalari tomonidan taqdim etilgan buyurtmanomalarga asosan amalga oshirilgan hisob-kitoblar natijasini umumlashtirib, mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda budjetdan subsidiyalar ajratiladigan madaniyat va sanʼat nodavlat muassasalarining reyestrini tuzadi va hisobot oyidan keyingi oyning 10-sanasigacha tegishli gʻaznachilik boʻlinmasiga toʻlovni amalga oshirish uchun taqdim etadi.
19. Gʻaznachilik boʻlinmasi ikki ish kuni mobaynida tuman (shahar) moliya boʻlimlari tomonidan taqdim etilgan reyestr asosida tegishli madaniyat va sanʼat nodavlat muassasasining tijorat banklardagi hisobraqamiga budjetdan subsidiyalarni belgilangan tartibda oʻtkazadi.
20. Madaniyat va sanʼat nodavlat muassasasi budjetdan subsidiya olishga buyurtmanomani hisobot oyi uchun hisobot oyidan keyin ikki oy davomida taqdim etishi mumkin.
Mazkur bandda belgilangan muddatdan kechikib topshirilgan buyurtmanomalar toʻlovga qabul qilinmaydi.
21. Madaniyat va sanʼat nodavlat muassasasining madaniy xizmatlar koʻrsatish boʻyicha shartnomasiga ilova qilingan jadvalda belgilangan oʻz faoliyatidan daromadlari prognozining ketma-ket olti oy davomida 50 foiz va undan past miqdorlarda bajarilishi tuman (shahar) moliya boʻlimi tomonidan aniqlanganda, mazkur holat toʻgʻrisida tuman (shahar) madaniyat boʻlimiga va madaniyat va sanʼat nodavlat muassasasiga yozma ravishda maʼlum qilinadi.
Bu holatda madaniyat va sanʼat nodavlat muassasasiga budjetdan subsidiyalar ajratilishi vaqtinchalik toʻxtatiladi hamda mazkur daromadlar prognozining haqiqiy koʻrsatkichlari 51 foiz va undan yuqoriroq boʻlgan oydan boshlab qayta tiklanadi.
Madaniyat va sanʼat nodavlat muassasasiga budjetdan subsidiyalar ajratishni vaqtinchalik toʻxtatish va qayta tiklash toʻgʻrisidagi qaror tuman (shahar) madaniyat boʻlimi rahbarining tegishli buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
22. Tuman (shahar) moliya boʻlimlariga budjetdan subsidiya ajratish uchun taqdim etilgan maʼlumotlarning asosliligi, toʻgʻriligi va haqqoniyligiga madaniyat va sanʼat nodavlat muassasasi hamda tegishli madaniyat boʻlinmalari rahbarlari shaxsan javob beradi.
23. Madaniyat va sanʼat nodavlat muassasasi tomonidan budjetdan subsidiya olish uchun tuman (shahar) moliya boʻlimiga taqdim etilgan maʼlumotlar va hujjatlarning soxtaligi aniqlanganda, ushbu muassasa Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan subsidiyalar ajratiladigan nodavlat madaniyat va sanʼat muassasalarining reyestridan chiqariladi hamda buning hisobiga ortiqcha olingan subsidiyalar mahalliy budjetga qaytariladi.
24. Madaniyat va sanʼat nodavlat muassasasi tuman (shahar) madaniyat boʻlimlariga budjetdan subsidiyalar va xususiy sherik tomonidan oʻz mablagʻlari hisobidan madaniyat va sanʼat muassasasi faoliyatiga yoʻnaltirilgan mablagʻlar toʻgʻrisida choraklik (yillik) hisobot taqdim etadi.
25. Madaniyat va sanʼat nodavlat muassasasining davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida faoliyat yuritish, shuningdek, madaniy xizmatlar koʻrsatish boʻyicha shartnomaga ilova qilingan jadvalda belgilangan daromadlari prognozining bajarilishi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining madaniyat va sanʼat muassasalari faoliyatini tashkil etish boshqarmasi va davlat-xususiy sheriklik loyihalari monitoringi boʻlimi tomonidan davlat-xususiy sheriklik asosida doimiy monitoring amalga oshiriladi.
26. Budjetdan subsidiya mablagʻlarining maqsadli sarflanishi yuzasidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliya nazorati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
27. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi qonunchilik shartlari asosida faoliyat yuritadigan madaniyat va sanʼat muassasalariga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlaridan subsidiyalar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi qonunchilik shartlari asosida faoliyat yuritayotgan nodavlat madaniyat va sanʼat muassasalariga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan subsidiyalar ajratish va toʻlash
SXEMASI
Bosqichlar Subyektlar Tadbirlar Bajarish muddati 1-bosqich Nodavlat madaniyat va sanʼat muassasasi Subsidiyalar ajratish uchun moliya organiga tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda ariza bilan murojaat qiladi. Zaruratga koʻra 2-bosqich Moliya organi Ariza moliya organiga kelib tushgan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida uning belgilangan talablarga mosligini oʻrganib chiqadi va arizani qanoatlantirish yoki uni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi hamda nodavlat madaniyat va sanʼat muassasasiga budjetdan subsidiyalar ajratish yoki arizani rad etish toʻgʻrisida asoslantirilgan holda yozma shaklda, shu jumladan elektron axborot tizimi orqali xabardor qiladi. Shuningdek, nodavlat madaniyat va sanʼat muassasasiga budjetdan subsidiyalar ajratish moliya organi rahbarining tegishli buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi hamda buyruqda budjetdan subsidiyani ajratish grafigi va miqdori koʻrsatiladi. 5 ish kuni davomida 3-bosqich Nodavlat madaniyat va sanʼat muassasasi Tegishli tuman (shahar) moliya boʻlimlariga oʻtgan oyda haqiqatda ishlatilgan mablagʻlar toʻgʻrisida hamda Madaniyat vazirligi va Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shaklga muvofiq budjetdan subsidiyalar olish uchun buyurtmanomani tegishli madaniyat boʻlinmalari bilan kelishilgan holda moliya organlariga taqdim etadi. hisobot oyidan keyingi oyning 5-sanasigacha 4-bosqich Tuman (shahar) moliya boʻlimlari Nodavlat madaniyat va sanʼat muassasalari tomonidan taqdim etilgan buyurtmanomalarni umumlashtirib, budjetdan subsidiyalarni ajratish uchun belgilangan tartibda budjetdan subsidiyalar ajratiladigan nodavlat madaniyat va sanʼat muassasalarining reyestrini tuzadi hamda gʻaznachilik boʻlinmasiga toʻlovni amalga oshirish uchun va yuqori moliya organiga maʼlumot uchun taqdim etadi. hisobot oyidan keyingi oyning 10-sanasigacha 5-bosqich Gʻaznachilik boʻlinmasi Gʻaznachilik boʻlinmasi viloyat, tuman (shahar) moliya boshqarmalari va boʻlimlari tomonidan taqdim etilgan reyestr asosida tegishli nomadaniyat va sanʼat muassasasining tijorat banklardagi hisobvaraqlariga subsidiyalarni belgilangan tartibda oʻtkazadi. hisobot oyidan keyingi oyning 12-sanasigacha
Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi qonunchilik shartlari asosida faoliyat yuritadigan madaniyat va sanʼat muassasalariga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlaridan subsidiyalar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
20__ yil _______ oyi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan subsidiyalar ajratiladigan nodavlat madaniyat va sanʼat muassasalarining
REYESTRI
T/r Subsidiyalar ajratiladigan nodavlat madaniyat va sanʼat muassasasi nomi Joylashgan joyi (pochta manzili) STIR Bank rekvizitlari Nodavlat madaniyat va sanʼat muassasasining oʻtgan oydagi kassa xarajatlari Budjetdan ajratiladigan subsidiya Nodavlat madaniyat va sanʼat muassasasi hisobidan ajratilishi koʻzda tutilgan mablagʻ A 1 2 3 4 5 6 7=5*__% 8 9=5*__% JAMI:
Tuman (shahar) moliya boʻlimi mudiri (imzo) (F.I.O) Tuman (shahar) moliya boʻlimi bosh hisobchisi (imzo) (F.I.O) Gʻaznachilik boʻlinmasi masʼul xodimi (imzo) (F.I.O) 20__ yil “____” ___________
