Yoqilgʻi-energetika sohasida oʻzaro hisob-kitoblarni yanada takomillashtirish va moliyaviy barqarorlikni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PF-5761-son)
09.07.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Mamlakatimizda iqtisodiyotdagi davlatning ishtirokini qisqartirish, yoqilgʻi-energetika kompleksiga va iqtisodiyotning boshqa asosiy tarmoqlariga xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish boʻyicha institutsional va tarkibiy islohotlar jadal surʼatlar bilan olib borilmoqda.
Shu bilan birga, yoqilgʻi-energetika sohasi boshqaruv tizimini isloh qilish va tarif siyosatini takomillashtirish soha korxonalarining moliyaviy barqarorligini taʼminlash, ular oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblarni yaxshilash boʻyicha shoshilinch choralar koʻrilishini taqozo etmoqda.
Elektr energiyasi, tabiiy gaz va issiqlik energiyasi ishlab chiqaruvchilari oʻrtasidagi debitor va kreditor qarzdorlikni qisqartirish orqali ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, shuningdek, ushbu sohada moliyaviy intizomni yanada mustahkamlash maqsadida:
2. Elektr energiyasini nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimiga (ASKUE) ulangan isteʼmolchilar sonini 1-ilovadagi jadvalga muvofiq 2019-yilning oxirigacha kamida 2,5 millionga yetkazish hamda 2020-yilning oxirigacha umumiy abonentlar sonining 100 foizini ASKUE bilan qamrab olishni taʼminlash uchun 2019-yilda Jamgʻarmadan qoʻshimcha ravishda 100 milliard soʻm mablagʻ ajratilsin.
3. Moliya vazirligi va Bosh prokuratura 2020-yilgi Davlat budjeti parametrlari va 2020–2021-yillarga budjet moʻljallarini shakllantirishda 2020-yil 1-yanvardan boshlab prokuratura organlari xodimlari bir qismining taʼminoti xarajatlarini, mehnatga haq toʻlash fondining amaldagi miqdorlarini saqlab qolgan holda, Jamgʻarmadan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga oʻtkazish boʻyicha takliflar kiritsin.
4. Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasining 2020 — 2022-yillarga moʻljallangan Investitsiya dasturi loyihasini shakllantirish doirasida Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan amalga oshirilayotgan yildan yilga oʻtuvchi va yangi boshlanayotgan investitsiya loyihalarini budjet tizimining budjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish masalasini koʻrib chiqsin.
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2020-yilning 1-yanvariga qadar:
issiqlik taʼminoti tashkilotlarining energiya resurslari yetkazib beruvchilari va kommunal korxonalari oldidagi 2019-yil 1-aprel holatiga mavjud boʻlgan kreditor qarzdorligining qolgan qismi issiqlik taʼminoti tashkilotlarining oʻz mablagʻlari hisobidan isteʼmolchilarning yalpi inventarizatsiyasini oʻtkazish va koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻliq hajmda pul mablagʻlari tushumini qatʼiy nazorat qilish, shuningdek, qarzdorlikni qisqartirish uchun qoʻshimcha rezervlarni izlab topish va ularni moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha amaliy choralarni koʻrish orqali qoplanishini;
issiqlik taʼminoti tashkilotlarining energiya resurslari yetkazib beruvchilar va kommunal korxonalari oldida kreditor qarzdorligining qolgan qismi, ularning oʻz mablagʻlari yetarli boʻlmagan taqdirda, Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahrining mahalliy budjetlari qoʻshimcha manbalari hisobidan moliyalashtirilishini taʼminlasin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
7. Moliya vazirligi bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
8. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri A.S. Sultanov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 9-iyul,
PF-5761-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-iyuldagi PF-5761-son Farmoniga 1-ILOVA
2019-2020-yillarda Elektr energiyasini nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimiga mos keluvchi oʻlchov asboblarini oʻrnatish
grafigi
Hududlar Jami 2019-yilda 2020-yilda 1-chorak 2-chorak 3-chorak 4-chorak jami 1-chorak 2-chorak 3-chorak 4-chorak jami Respublika boʻyicha jami 6 949 753 317 688 534 709 870 276 777 458 2 500 131 1 005 000 1 202 623 1 226 000 1 015 999 4 449 622 Qoraqalpogʻiston Respublikasi 357 100 - - 31 332 55 448 86 780 65 000 70 000 70 000 65 320 270 320 Andijon viloyati 607 221 - 35 000 35 670 - 70 670 135 000 135 000 135 000 131 551 536 551 Buxoro viloyati 419 337 70 987 82 000 137 705 128 645 419 337 - - - - - Jizzax viloyati 255 095 44 981 55 875 84 001 70 238 255 095 - - - - - Qashqadaryo viloyati 640 408 - - 29 731 35 346 65 077 140 000 145 000 146 000 144 331 575 331 Navoiy viloyati 180 783 - - 8 009 11 386 19 395 30 000 47 623 50 000 33 765 161 388 Namangan viloyati 575 628 - 75 000 62 822 39 676 177 498 80 000 100 000 110 000 108 130 398 130 Samarqand viloyati 817 862 91 176 85 000 123 106 124 283 423 565 120 000 125 000 125 000 24 297 394 297 Surxondaryo viloyati 498 517 - - 33 491 1 333 34 824 100 000 125 000 125 000 113 693 463 693 Sirdaryo viloyati 178 503 - - 9 019 20 110 29 129 30 000 45 000 45 000 29 374 149 374 Toshkent viloyati 704 204 43 308 500 61 000 58 171 162 979 100 000 150 000 160 000 131 225 541 225 Fargʻona viloyati 787 733 54 367 39 334 41543 30 483 165 727 130 000 170 000 170 000 152 006 622 006 Xorazm viloyati 382 488 - - 20 000 25 181 45 181 75 000 90 000 90 000 82 307 337 307 Toshkent shahri 544 874 12 869 162 000 192 847 177 158 544 874 - - - - -
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-iyuldagi PF-5761-son Farmoniga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-maydagi “Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda isteʼmol qilish sohasida toʻlov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5059-son Farmonning 6-bandida:
a) beshinchi xatboshi quyidagi mazmundagi beshinchi va oltinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“respublika isteʼmolchilariga energiya resurslarini sotishdan tushadigan mablagʻlarning 5 foizi;
respublika isteʼmolchilariga suv taʼminoti va suv chiqarish xizmatlari koʻrsatishdan tushadigan mablagʻlarning 10 foizi”;
b) oltinchi — oʻn oltinchi xatboshilari tegishincha yettinchi — oʻn yettinchi xatboshilar deb hisoblansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-iyundagi PQ-3060-son qarori bilan tasdiqlangan Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomning 4-bandida:
a) ikkinchi xatboshi quyidagi mazmundagi ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“respublika isteʼmolchilariga elektr energiyasi va tabiiy gazni sotishdan tushadigan mablagʻlarning 5 foizi;
respublika isteʼmolchilariga suv taʼminoti va suv chiqarish xizmatlari koʻrsatishdan tushadigan mablagʻlarning 10 foizi”;
Mazkur bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida koʻrsatilgan tartib Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlariga asosan ajratiladigan maqsadli mablagʻlarga, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining suv xoʻjaligi tashkilotlari tomonidan elektr energiya isteʼmoli uchun toʻlovlarga hamda “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ, “Oʻzkimyosanoat” AJ, “Navoiy KMK” DK va “Olmaliq KMK” AJ korxonalaridan tushadigan mablagʻlarga tatbiq etilmaydi”;
b) uchinchi — toʻqqizinchi xatboshilar tegishincha beshinchi — oʻn birinchi xatboshilar deb hisoblansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 23-oktabrdagi “Elektr energetikasi tarmogʻini jadal rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3981-son qarorida:
a) 4-bandning birinchi xatboshida:
“2019 — 2021-yillar davomida Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasidan har yili” soʻzlari “2019-yilda Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasidan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“400” soni “500” soni bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovasida:
17-bandda:
“2019 — 2021-yillar davomida har yili” soʻzlari “2019-yilda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“400” va “1 200” sonlari “500” soni bilan almashtirilsin;
izohda “1 200,0” va “1 200” sonlari tegishincha “500,0 va “500” sonlari bilan almashtirilsin.
