Guliston tumanidagi qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida (1367-son)
03.04.2019
Sirdaryo viloyati Guliston tumani hokimining
Qarori
“Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunining 6, 25-moddalariga asoslanib, Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2013-yil 2-apreldagi 58-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga (roʻyxat raqami 2452, 25.04.2013-y) (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami 2013-y, 17-son 229-modda) muvofiq 2019-yilda tumandagi qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish maqsadida qaror qilaman:
1. Tumanda mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar korxona va tashkilotlar, fermer xoʻjaliklari va jismoniy shaxslarda mavjud boʻlgan qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, shuningdek servis asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish jadvali 1-ilovaga muvofiq, qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish komissiyasi tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Texnikalarni texnik koʻrikdan oʻtkazilganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va miqdorda yigʻim undiriladi.
Bunda, texnikani qayta koʻrikdan oʻtkazish uchun mulkdordan yigʻim undirilmaydi.
3. Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasining tuman boʻlimi bosh inspektori (J. Ergashev)ga:
mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar barcha rusumdagi qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, shuningdek servis asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi jadvalni yuridik va jismoniy shaxslarga yetkazish;
mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar barcha rusumdagi qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, shuningdek servis asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish maydonchalariga yigʻish;
texnik koʻrikdan oʻtgan texnikalarni dalolatnomalar asosida ishlashga ruxsat berishni tashkil qilish vazifasi topshirilsin.
4. Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnika, shuningdek servis asbob-uskunalariga ega boʻlgan korxonalar, tashkilotlar, fermer xoʻjaliklari va jismoniy shaxslar:
hisobidagi texnikalarni belgilangan muddatlarda texnik koʻrikdan oʻtkazish maydonchalariga yigʻishni;
texnik koʻrikdan oʻtkazish bilan toʻlovlarni oʻz vaqtida toʻlanishini taʼminlasin.
5. Texnikalarni texnik koʻrikdan oʻtkazish davomida komissiya tarkibida ish olib borgan xodimlarning doimiy ish joylaridagi oylik ish haqlari saqlanib qolinsin.
6. Ushbu qaror kuchga kirishi bilan tuman hokimining 2018-yil 14-fevraldagi 429-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin
7. Qaror “Guliston yangiliklari” gazetasida rasmiy eʼlon qilinsin hamda tuman hokimligining veb-saytiga joylashtirilsin.
8. Qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
9. Qarorning bajarilishini nazorat qilish tumani hokimining oʻrinbosarlari M. Xaitov va Q. Kenjayev zimmalariga yuklatilsin.
Xokim Sh. GAFUROV
Dehqonobod sh.,
2019-yil 3-aprel,
1367-son
Guliston tuman hokimining 2019-yil 3-apreldagi 1367-sonli qaroriga 1-ILOVA
Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, shuningdek servis asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish
JADVALI
T/r Texnikaning nomi Texnika rusumi Texnik koʻrikdan oʻtkazish muddati Texnik koʻrikdan oʻtkazish manzili Texnik koʻrikdan oʻtkazish sanasi 1. Yer tekislagichlar P-4 2018-yil 1-chorak Tuman MTP AJ yanvar, fevral, mart Chopiq traktorlar MTZ-80x, TTZ 80-11, T-28X4, LS 100 N Kultivatorlar KRX-4, KXU-3,6 Chigit ekish seyalkalar SChX-4, Tishli baranalar BZS-1 Chizellar ChKN-4, ChKU-4V Mineral oʻgʻit sepgichlar NRU-0,5 Pushta olgichlar GX-4 2. Gʻalla oʻrish kombaynlari KEYS, Yangi Zelandiya, KLASS, “NIVA”, “ENISEY” 2019-yil 2-chorak Tuman MTP AJ aprel, may, iyun Zichlab bogʻlagʻichlar 3. Don ekish seyalkalari SZ-3,6, SZU-3,6, SZT-3,6 2019-yil 3-chorak Tuman MTP AJ iyul, avgust, sentyabr Oʻt oʻrgichlar KIR-0,5 Em xashak, makka oʻrish va boshqa kombaynlari KSK-100, E-281, E-282, E-301, E-302, MARAL-125, KKP-3 Gʻoʻza chilpigichlari Transport traktorlari MTZ-80, TTZ 80-10, T-28X4 MS-1, YuMZ-6L Traktor tirkamalari 2PTS4-739 Yuklagichlar LW-300, XGMG-931 Purkagichlar OVX-600 Haydov traktorlari Arion Magnum Yangi Zellandiya, T-4ADT-75M, T-150K, K-701A Omochlar PN-3-35,4-35,2-35, Lemkin PYa-3-35 Paxta terish mashinalari MX-1,8 4. Buldozyerlar DZ-606, AZ-101, TY-160, T-160 2019-yil 4-chorak Tuman MTP AJ oktyabr, noyabr, dekabr Ekskovatorlar LUGO№, NU№DAI, EO-4111, EO-304, EO-652, DOOSA№. Skrepyerlar K-700, K-701. Yoʻl qurilish mashinalari FOGEL, D-54, DZ-87, DZ-994 Organik oʻgʻit sepgichlar RUM-5, ROU-6
Guliston tuman hokimining 2019-yil 3-apreldagi 1367-sonli qaroriga 2-ILOVA
Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish komissiyasi
tarkibi
Izoh: Komissiya aʼzolaridan biri boshqa ishga oʻtgan taqdirda ushbu lavozimga yangidan oʻtgan xodimlar yoxud zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan xodimlar komissiya tarkibiga kiritiladi.
Tuman komissiyasi tashkilot va idoralarining tarkibiy boʻlinmalari mutaxassislarini, nodavlat notijorat tashkilotlarining vakillarini, mustaqil eksportchilarni jalb etishlari mumkin.
