Xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimchalar kiritish haqida (3016-2-son)
04.07.2019
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRINING
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 4-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3016-2]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-maydagi PQ-4302-son “Sanoat kooperatsiyasini yanada rivojlantirish va talab yuqori boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktorining 2018-yil 15-maydagi 185-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3016, 2018-yil 26-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2018-y., 22-son, 458-modda) bilan tasdiqlangan Xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir D. KUChKAROV
Toshkent sh.,
2019-yil 26-iyun,
79-son
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 26-iyundagi 79-son buyrugʻiga ILOVA
Xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan qoʻshimchalar
1. Quyidagi mazmundagi 871-band bilan toʻldirilsin:
“871. Uch yoki undan ortiq tanlov ishtirokchilari — mahalliy ishlab chiqaruvchilar boʻlgan taqdirda davlat xaridlari buyurtmachining tanloviga koʻra mahalliy ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida amalga oshirilishi mumkin.”.
2. Quyidagi mazmundagi 1641-band bilan toʻldirilsin:
“1641. Uch yoki undan ortiq tender ishtirokchilari — mahalliy ishlab chiqaruvchilar boʻlgan taqdirda davlat xaridlari buyurtmachining tanloviga koʻra mahalliy ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida amalga oshirilishi mumkin.”.
