5-modda. Ushbu Qonunning asosiy prinsiplari
Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida (O‘RQ-547-son) · Sana: 02.07.2019 · Amalda
Ushbu Qonunning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
inson va fuqaroning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga rioya etish;
shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish maqsadlari va usullarining qonuniyligi;
shaxsga doir maʼlumotlarning aniqligi va ishonchliligi;
shaxsga doir maʼlumotlarning maxfiyligi va himoya qilinganligi;
subyektlar, mulkdorlar va operatorlar huquqlarining tengligi;
shaxs, jamiyat va davlatning xavfsizligi.
