Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida (O‘RQ-547-son) · Sana: 02.07.2019 · Amalda
Subyektning roziligisiz yoki boshqa qonuniy asos mavjud boʻlmagani holda shaxsga doir maʼlumotlarni oshkor etish va tarqatishga yoʻl qoʻyilmasligi toʻgʻrisida mulkdor va (yoki) operator yoki shaxsga doir maʼlumotlardan foydalanishga ruxsat olgan boshqa shaxs tomonidan rioya etilishi majburiy boʻlgan talab shaxsga doir maʼlumotlarning maxfiyligidir.
Mulkdor va (yoki) operator hamda shaxsga doir maʼlumotlardan foydalanishga ruxsat olgan boshqa shaxslar subyektning roziligisiz shaxsga doir maʼlumotlarni uchinchi shaxslarga oshkor etmasligi va tarqatmasligi shart.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-4396419
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 28-modda. Shaxsga doir maʼlumotlarning maxfiyligi Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida (O‘RQ-547-son). neolex.uz/uz/laws/law-4396428/28 (lex.uz/docs/-4396419)