35-modda. Xulosa
Oʻzbekiston Respublikasining Hisob palatasi toʻgʻrisida (O‘RQ-546-son) · Sana: 01.07.2019 · Amalda
Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasini ekspertizadan oʻtkazish va oʻrta muddatli davr uchun fiskal strategiyani tahlil qilish, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish natijalari, Oʻzbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan budjetining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotning, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotning tashqi auditi hamda uni baholash natijalari, Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqidagi qonun loyihasini koʻrib chiqish natijalari, siyosiy partiyalarga moliyaviy va boshqa mablagʻlarning kelib tushishi hamda bu mablagʻlardan maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat natijalari yuzasidan, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda Hisob palatasi tomonidan xulosa tayyorlanadi.
Xulosa Hisob palatasi raisi yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining Reglamentida belgilangan hollarda Hisob palatasi raisining birinchi oʻrinbosari yoki oʻrinbosarlari tomonidan imzolanadi.
