212-modda. Hisob palatasining budjet jarayonining ochiqligini taʼminlash tartibiga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish sohasidagi funksiyalari
Oʻzbekiston Respublikasining Hisob palatasi toʻgʻrisida (O‘RQ-546-son) · Sana: 01.07.2019 · Amalda
Hisob palatasi budjet jarayonining ochiqligini taʼminlash tartibiga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish sohasida:
birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar, ikkinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar, hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar, davlat maqsadli jamgʻarmalari, Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi, davlat moliyaviy nazorat organlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklari tomonidan oʻz rasmiy veb-saytlariga budjet jarayonining ochiqligini taʼminlaydigan axborotning joylashtirilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
qonunchilik hujjatlarida belgilangan budjet jarayonining ochiqligini taʼminlaydigan axborotni joylashtirish muddatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
