Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (74-son)
11.02.1997
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi huzuridagi Pensiya jamgʻarmasining Oʻzbekiston Respublikasining budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga aylantirilishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
1997-yil 11-fevral,
74-son
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-fevraldagi 74-son qarori bilan TASDIQLANGAN
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan
oʻzgartirish va qoʻshimchalar
11. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 14-fevraldagi 38-f-son farmoyishining 4-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi huzuridagi Pensiya jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 14-fevraldagi 38-f-son farmoyishiga ilovada:
1-banddagi “Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi” soʻzlari “Pensiya jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin, “ijtimoiy taʼminot organlarini chetlab oʻtib” soʻzlari esa chiqarib tashlansin;
2-banddagi “tuman (shahar) ijtimoiy sugʻurta boʻlimlari” soʻzlari “Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4-banddan “va ijtimoiy sugʻurta” soʻzlari chiqarib tashlansin.
