29-modda. Fond boshqaruvining vakolatlari
Jamoat fondlari toʻgʻrisida (527-II-son) · Sana: 29.08.2003 · Amalda
Fond boshqaruvining vakolatlariga quyidagilar kiradi:
fondning joriy faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish;
fond tomonidan tashkil etilgan tadbirkorlik tuzilmalari faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish;
fond vasiylik kengashi bilan kelishuv asosida fond xodimlarining shtat jadvali va ish haqi miqdorini belgilash;
fond vasiylik kengashi bilan kelishuv asosida vakolatxonalar ochish va filiallar tashkil etish hamda ularning faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish;
fondning vakolatxonalari va filiallari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash, ularning rahbarlarini tayinlash.
Fond ustavi fond boshqaruvining vakolatlariga boshqa masalalarni ham kiritishi mumkin.
