21-modda. Fondning mol-mulkini shakllantirish manbalari
Jamoat fondlari toʻgʻrisida (527-II-son) · Sana: 29.08.2003 · Amalda
Fondning mol-mulkini shakllantirish manbalari quyidagilar boʻlishi mumkin:
muassislar (muassis) tomonidan bir yoʻla toʻlanadigan (oʻtkaziladigan) yoki muntazam kelib turadigan pul va boshqa tushumlar;
fond vasiyatnoma boʻyicha tashkil etilgan taqdirda vasiyat qiluvchining fondga oʻtkazilgan mol-mulki;
yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy xayriyalari;
yuridik va jismoniy shaxslar, davlat, chet el va xalqaro tashkilotlar, chet davlatlar ajratadigan grantlar;
fondning tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromadlar (foyda);
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
