20-modda. Fondning mol-mulki
Jamoat fondlari toʻgʻrisida (527-II-son) · Sana: 29.08.2003 · Amalda
Muassislar (muassis) yoki vasiyat qiluvchi tomonidan fondga oʻtkazilgan pul mablagʻlari va boshqa mol-mulk fondning mulkidir.
Binolar, inshootlar, turar joylar va boshqa imoratlar, asbob-uskunalar, inventar, pul mablagʻlari, shu jumladan chet el valyutasidagi mablagʻlar, qimmatli qogʻozlar va oʻzga mol-mulk fondning mulki boʻlishi mumkin.
Fond muassislari (muassisi) yoki fond vasiyatnoma boʻyicha tashkil etilganida vasiyatnomani ijro etuvchi fondning majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi, fond esa muassislarning (muassisning) yoki vasiyatnomani ijro etuvchining majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi.
Fondning mol-mulki muassislar oʻrtasida taqsimlanishi mumkin emas va undan faqat fond ustavida belgilangan maqsadlar hamda vazifalarni amalga oshirish uchun foydalaniladi.
Fondning mol-mulkidan garov yoki majburiyatlar bajarilishini taʼminlashning boshqa usuli sifatida foydalanilishi, shuningdek kreditlar berish uchun foydalanilishi mumkin emas.
