18-modda. Fondning huquqlari
Jamoat fondlari toʻgʻrisida (527-II-son) · Sana: 29.08.2003 · Amalda
Fond:
mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar asosida mol-mulkli boʻlishga;
fuqarolik-huquqiy bitimlar tuzishga;
xayriyalar, badallar, grantlar va boshqa mablagʻlar olishga;
sudda, boshqa organlar va tashkilotlarda oʻz manfaatlarini ifoda etish hamda himoya qilishga;
ommaviy axborot vositalari taʼsis etish va noshirlik faoliyatini amalga oshirishga;
oʻz faoliyati toʻgʻrisida maʼlumotlar tarqatishga;
vakolatxonalar ochish va filiallar tashkil etishga;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga belgilangan tartibda takliflar kiritishga;
xalqaro aloqalar oʻrnatish, hamkorlik toʻgʻrisida bitimlar tuzish hamda xalqaro dasturlar va loyihalarda ishtirok etishga haqli.
Fond qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
