Namangan va Sirdaryo viloyatlarida kichik sanoat zonalarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (524-son)
25.06.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, aholining bandligini taʼminlash va farovonligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Namangan viloyatida kichik sanoat zonalarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 2-iyuldagi PQ-3826-son qaroriga asosan Namangan viloyatida 6 ta hamda Vazirlar Mahkamasining “Sirdaryo viloyatida joylashgan ishlamay turgan va kam quvvatli korxonalar faoliyatini tiklash, shuningdek, davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 4-avgustdagi 589-son qaroriga asosan Sirdaryo viloyatida 2 ta kichik sanoat zonalari tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Namangan va Sirdaryo viloyatlari hokimliklarining Namangan va Sirdaryo viloyatlarida foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarini va yer uchastkalarini 1-ilovaga muvofiq roʻyxat boʻyicha Namangan va Sirdaryo viloyatlari kichik sanoat zonalari tarkibiga (keyingi oʻrinlarda KSZ deb ataladi) kiritish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
3. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi ikki oy muddatda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda:
ushbu qarorga 1-ilovaga muvofiq Namangan viloyatining Mingbuloq tumani va Namangan shahridagi foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari va davlat mulki obyektlari Namangan viloyati hokimligiga belgilangan tartibda topshirilishini;
“Oʻztransgaz” AJ boshqaruv organlarining majlislarida ushbu qarorga 1-ilovaga muvofiq Sirdaryo viloyati Xovos tumani “Bunyodkor” MFY hududidagi “Oʻztransgaz” AJga qarashli omborxona bino va inshootlarini “Oʻztransgaz” AJ ustav kapitalidagi davlat ulushini tegishli ravishda oʻtkazilayotgan aktivlarning qoldiq (balans) qiymati summasiga kamaytirgan holda Sirdaryo viloyati hokimligiga topshirish masalasi koʻrib chiqilishini taʼminlasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Namangan va Sirdaryo viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda ushbu qarorga 1-ilovada qayd etilgan KSZlar chegaralarini bir oy muddatda aniqlashtirsinlar.
5. Namangan va Sirdaryo viloyatlari erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari maʼmuriy kengashlari Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda belgilangan tartibda:
Namangan va Sirdaryo viloyatlari iqtisodiyotining ehtiyojlari, shuningdek, mavjud mineral-xomashyo, qishloq xoʻjaligi resurslarini va infratuzilmani inobatga olgan holda Namangan va Sirdaryo viloyatlari KSZlari hududida import oʻrnini bosuvchi va eksportga yoʻnaltirilgan tayyor mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlar turlarini ishlab chiqarish korxonalarini joylashtirish boʻyicha aniq takliflar — “yoʻl xaritalari” ikki oy muddatda ishlab chiqilishini va tasdiqlanishini;
Namangan va Sirdaryo viloyatlari KSZlari hududida oʻzlashtirish uchun taklif qilinayotgan import oʻrnini bosuvchi va eksportga yoʻnaltirilgan tayyor mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlar turlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar tadbirkorlik subyektlariga yetkazilishini;
KSZlar hududida loyihalarni amalga oshirish uchun tadbirkorlik subyektlarini jalb etish, ular bilan tizimli ishlar olib borish, shuningdek, Namangan va Sirdaryo viloyatlari KSZlari hududida ishlab chiqarishlarni joylashtirish boʻyicha investitsiya buyurtmanomalari sifatli va oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini;
Namangan va Sirdaryo viloyatlari KSZlari hududida ishlab chiqarishlarni tashkil etish boʻyicha investitsiya loyihalarining biznes-rejalarini ishlab chiqishda tadbirkorlik subyektlariga koʻmaklashishni taʼminlasinlar.
6. 2019-2020-yillarda Namangan va Sirdaryo viloyatlari kichik sanoat zonalarining muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini tiklash ishlarining manzilli roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Oʻztransgaz” AJ, Namangan va Sirdaryo viloyatlari hokimliklari bir oy muddatda ushbu qarorga 2-ilovaga muvofiq Namangan va Sirdaryo viloyatlari KSZlarining muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini tiklash ishlari tarmoq jadvallarini tasdiqlasin va ularning belgilangan muddatlarda bajarilishini taʼminlasinlar.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari E.M. Ganiyev, Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vaziri B.A. Xoʻjayev, Namangan viloyati hokimi X.X. Bozarov va Sirdaryo viloyati hokimi Gʻ.Gʻ. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 25-iyun,
524-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-iyundagi 524-son qaroriga 1-ILOVA
Namangan va Sirdaryo viloyatlaridagi kichik sanoat zonalari tarkibiga kiritiladigan foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari va yer uchastkalari
ROʻYXATI
T/r KSZ nomi KSZ tarkibiga kiritilayotgan obyektlarning nomi Obyekt joylashgan manzil Hududi (ga)* Bino-inshootlar maydoni (kv.m)* Namangan viloyati 1. Namangan shahar KSZ Akademik M. Mirzayev nomidagi respublika ilmiy tadqiqot institutining Namangan viloyati filialiga qarashli bino va inshootlar Namangan shahar, Dashboq MFY, Amir Temur koʻchasi 4 uy 3,8 3 000,0 2. Namangan tumani KSZ Foydalanilmayotgan yer uchastkasi Namangan tumani, Katta Toshbuloq MFY 4,5 – 3. Pop tumani KSZ Foydalanilmayotgan yer uchastkasi Pop tumani, Mirishkor MFY 2,0 – 4. Mingbuloq tumani KSZ Sobiq “Gulbogʻ” qishloq uchastka shifoxonasi bino-inshootlari Mingbuloq tumani, Yoshlik MFY 1,5 1 051,5 5. Yangiqoʻrgʻon tumani KSZ Foydalanilmayotgan yer uchastkasi Yangiqoʻrgʻon tumani, Bunyodkor MFY 10,0 – Sirdaryo viloyati 6. Xovos tumani KSZ “Oʻztransgaz” AJga qarashli boʻsh turgan omborxona bino va inshootlari** Xovos tumani, “Bunyodkor” MFY 3,5 3 736,0
* Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan tumanlar (shaharlar) hokimliklari bilan birgalikda aniqlanadi.
** Bino va inshootlar, shuningdek, ularga tutash hududlar xoʻjalik yurituvchi jamiyatlarning tegishli boshqaruv organlari yigʻilishlarida koʻrib chiqish natijalariga koʻra aniqlanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-iyundagi 524-son qaroriga 2-ILOVA
2019-2020-yillarda Namangan va Sirdaryo viloyatlari kichik sanoat zonalarining muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini tiklash ishlarining manzilli
roʻyxati
Chora-tadbirlar nomi Oʻlchov birligi Miqdor/ Quvvat Xarajatlar miqdori* (mln soʻm) Moliyalashtirish manbalari Masʼul ijrochilar Namangan viloyati Namangan tumani kichik sanoat zonasi Elektr tarmogʻi va obye�tini qurish km obyekt 1,5 1 365,0 “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mablagʻlari “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Gaz oʻtkazish tarmogʻini qurish km 3,5 980,0 “Oʻztransgaz” AJ mablagʻlari “Oʻztransgaz” AJ Ichimlik suvi oʻtkazish tarmogʻini qurish km 2,0 593,2 Namangan viloyati mahalliy budjeti mablagʻlari Namangan viloyati hokimligi, “Suvoqava” DUK Oqava suvi oʻtkazish tarmogʻini qurish km 1,5 600,0 Namangan viloyati hokimligi, “Suvoqava” DUK Avtomobil yoʻllarini qurish km 1,2 3 875,0 Namangan viloyati hokimligi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi Jami: 6 413,2 Pop tumani kichik sanoat zonasi Elektr tarmogʻi va obyektini qurish km obyekt 0,3 1 87,0 “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mablagʻlari “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Gaz oʻtkazish tarmogʻini qurish km 0,3 98,0 “Oʻz�ransgaz” AJ mablagʻlari “Oʻztransgaz” AJ Ichimlik suvi oʻtkazish tarmogʻini qurish km 0,2 59,0 Namangan viloyati mahalliy budjeti mablagʻlari Namangan viloyati hokimligi, “Suvoqava” DUK Avtomobil yoʻllarini qurish km 0,5 650,0 Namangan viloyati hokimligi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi Jami: 894,0 Mingbuloq tumani kichik sanoat zonasi Ichimlik suvi oʻtkazish tarmogʻini qurish km 1,0 296,6 Namangan viloyati mahalliy budjeti mablagʻlari Namangan viloyati hokimligi, “Suvoqava” DUK Oqava suvi oʻtkazish tarmogʻini qurish km 2,0 2 800,0 Namangan viloyati mahalliy budjeti mablagʻlari Namangan viloyati hokimligi, “Suvoqava” DUK Avtomobil yoʻllarini qurish km 1,0 3 151,0 Namangan viloyati hokimligi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi Jami: 6 247,6 Yangiqoʻrgʻon tumani kichik sanoat zonasi Elektr tarmogʻi va obyektini qurish km obyekt 2,4 1 152,0 “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mablagʻlari “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Ichimlik suvi oʻtkazish tarmogʻini qurish km 2,5 741,4 Namangan viloyati mahalliy budjeti mablagʻlari Namangan viloyati hokimligi, “Suvoqava” DUK Oqava suvi oʻtkazish tarmogʻini qurish km obyekt 2,0 1 2 800,0 Namangan viloyati hokimligi, “Suvoqava” DUK Avtomobil yoʻllarini qurish km 1,2 3 565,0 Namangan viloyati hokimligi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi Jami: 7 258,4 Namangan viloyati boʻyicha jami: 20 813,2 Sirdaryo viloyati Xovos tumani kichik sanoat zonasi Gaz oʻtkazish tarmogʻini qurish km 1,1 110,0 “Oʻztransgaz” AJ mablagʻlari “Oʻztransgaz” AJ Jami: 110,0 Sirdaryo viloyati boʻyicha jami: 110,0
* Xarajatlarning yakuniy miqdori loyiha-smeta hujjatlari belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazilishi va tasdiqlanishi natijasida aniqlanadi.
