Toshkent shahrining 2019-yilgi mahalliy budjeti parametrlari toʻgʻrisida (1865-son)
27.12.2018
Toshkent shahar hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining (“Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami”, 2013-yil 31-dekabr, 52-(I)-son) 28, 99-moddalari, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda;) 25-moddasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2018-yil 13-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yilgi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalarining budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi SQ-348-III-son qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari hamda 2020-2021-yillarga moʻljallari toʻgʻrisida”gi PQ-4086-sonli qarori, xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2018-yil 26-dekabrdagi “Toshkent shahrining 2019-yilgi mahalliy budjeti daromadlari va xarajatlari hajmlari toʻgʻrisida”gi 402/46-5-sonli qarori xamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2018-yil 26-dekabrdagi JQ/20-01-32-10/724-sonli xatiga asosan, qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari hamda 2020-2021-yillarga moʻljallari toʻgʻrisida”gi PQ-4086-sonli qaroriga asosan xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2018-yil 26-dekabrdagi 402/46-5-sonli qarori bilan qabul qilingan Toshkent shahrining 2019-yilgi mahalliy budjeti ijro uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
Toshkent shahrining 2019-yilgi mahalliy budjeti asosiy parametrlari 1-ilovaga muvofiq;
Toshkent shahar va tumanlar mahalliy budjetlarining 2019-yil daromadlari va xarajatlari, shahar mahalliy budjetidan tuman mahalliy budjetlariga ajratiladigan maqsadli ijtimoiy transfertlar miqdori 2-ilovaga muvofiq;
Davlat soliqlaridan shahar va tuman mahalliy budjetlariga ajratmalar meʼyorlari 3-ilovaga muvofiq;
Toshkent shahar va tumanlar mahalliy budjetlarining 2019-yil uchun naqd pul kassa aylanmasining yoʻl qoʻyiladigan eng kam miqdorlari 4-ilovaga muvofiq;
Toshkent shahar mahalliy budjetining 2019-yil uchun budjet parametrlari 5-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
3. Toshkent shahar Moliya bosh boshqarmasiga oʻrnatilgan tartibda tegishli mahalliy budjetlarga mablagʻlar va budjet ssudalari (daromadlar va xarajatlar oʻrtasidagi vaqtinchalik kassa tafovutlarini qoplash uchun) ajratishda, ularning miqdorlarini hududlar boʻyicha barcha soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning toʻliq tushishidan shuningdek, ish haqi (yagona ijtimoiy toʻlov bilan), nafaqalar va ularga tenglashtirilgan toʻlovlar boʻyicha budjet xarajatlarini birinchi navbatda soʻzsiz moliyalashtirilishi zarurligidan kelib chiqqan holda aniqlashtirish huquqi berilsin.
4. Toshkent shahar Moliya bosh boshqarmasiga Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining bildirishnomasiga koʻra, budjetning xarajat qismiga oʻzgartirishlar kiritishiga ruxsat berilsin.
5. “Toshkent oqshomi” va “Vecherniy Tashkent” gazetalari tahririyati (A. Akromov), Axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish boʻlimi (F. Aminov), Matbuot xizmati (X. Ergashev):
Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilinishi va www.toshkent.uz veb-saytiga joylashtirilishini taʼminlasin.
6. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Toshkent shahar hokimining birinchi oʻrinbosari Sh. Xadjizadayev zimmasiga yuklatilsin.
Hokim J. ARTIKXODJAYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 27-dekabr,
1865-son
Toshkent shahar hokimining 2018-yil 27-dekabrdagi 1865-sonli qaroriga 1-ILOVA
Toshkent shahrining 2019-yilgi mahalliy budjeti asosiy
parametrlari
T/r Koʻrsatkichlar Miqdori (ming soʻm) Daromadlar jami 3 236 227 699 1. Yagona soliq toʻlovidan Davlat budjetiga ajratmalar 428 295 322 2. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi 362 523 513 3. Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan qatʼiy belgilangan daromad soligʻi 153 773 100 4. Aksiz soligʻi, jami 699 347 434 shu jumladan: aroq 351 034 254 konyak 8 673 750 tabiiy vino 490 675 boshqa vinolar 10 574 213 shampan, gazli va vijillab turadigan vinolar 649 981 etil spirti 13 296 992 pivo 59 167 314 benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz realizatsiyasidan soliq 255 460 255 5. Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq 187 111 200 6. Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq 108 787 245 7. Yuridik shaxslar yer soligʻi 287 938 600 8. Jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻi 65 528 168 9. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq 30 864 700 10. Davlat boji 468 859 632 11. Jarimalar 175 290 460 12. OʻzR IIV Yoʻl harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan undiriladigan yigʻimlar 134 451 256 13. Bozorlar daromadidan tushum 102 287 256 14. Mahalliy yigʻimlar 31 169 813 Xarajatlar jami 3 236 227 699 1. Maorif xarajatlari 1 441 753 648 maktabgacha taʼlim 498 794 166 umumiy taʼlim 942 719 411 kadrlar tayyorlash 240 071 2. Sogʻliqni saqlash xarajatlari 843 930 750 3. Madaniyat xarajatlari 55 151 055 4. Jismoniy tarbiya xarajatlari 39 473 059 5. Fan xarajatlari 2 829 650 6. Bolali oilalarga va kam taʼminlangan oilalarga nafaqalar 3 602 389 7. Chernobil falokatini bartaraf etishda qatnashganlarni ijtimoiy himoyalash 5 907 8. Davlat mukofotlarini toʻlash boʻyicha xarajatlar 3 441 543 9. Ijtimoiy koʻnikma markazlari 1 746 882 10. Iqtisodiyotga xarajatlar 411 523 447 shu jumladan: Qishloq xoʻjaligi vazirligi tashkilotlari 412 606 Obodonlashtirish 359 541 087 Drenaj ishlari bilan bogʻliq xarajatlar 8 311 669 Koʻp qavatli uylarni lift bilan jihozlash 23 884 401 Uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining hududiy boʻlimlarini saqlash xarajatlari 4 552 084 Koʻp xonadonli uy-joy fondiga tutash hududlarni obodonlashtirish 6 358 051 Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy boshqarmalari 3 051 925 Chigirtka va qizil kapalakka qarshi profilaktika va kurashish radiologik va toksikologik kuzatuvlarni olib borish, tuproq hamda qishloq xoʻjalik mahsulotlaridagi ogʻir metall tuzlari va pestitsidlar choʻkindi qoldiqlari, toʻplangan radionuklidlarni tahlil qilish boʻyicha chora-tadbirlarni 92 938 Veterinariya qoʻmitasi 5 318 686 11. Markazlashtirilgan kapital qoʻyilma (kapital qurilish) 70 720 500 12. Davlat boshqaruv organlarini saqlash 74 005 659 13. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini saqlash 44 815 447 14. Zaxira jamgʻarmasi 32 041 858 15. Isitish qozonxonalari va isitish tizimlarini kapital taʼmirlash 10 698 290 16. Toshkent metropolitenida kunduzi soat 10:00 dan 16:00 gacha boʻlgan kunduzgi davrda pensionyerlarni bepul tashishda olinmay qoladigan daromadlarni qoplash 5 284 700 17. Shahar passajir transportida baʼzi kategoriyadagi kishilarning bepul yurishlarini budjetdan qoplash 7 676 127 18. Cheklangan tariflar boʻyicha yoʻlovchilar va bagajni tashish boʻyicha xizmatlar koʻrsatilishi munosabati bilan shahar yoʻlovchi tashish transporti tashuvchilari koʻradigan zararlarni qoplash 23 400 000 19. Shahar passajir transportida bepul yurish huquqini beradigan yagona guvohnomalar boʻyicha hisobga olinadigan yoʻlovchilarni tashish natijasida olinmay qoladigan daromadlarni qoplash 44 143 580 20. Boshqa xarajatlar 119 983 208 Mahalliy budjetdan moliyalashtiriladigan boshqa muassasalar va tadbirlar 3 352 210 “Xayatt Ridjensi” mehmonxonasi kreditini qoplash 72 079 260 Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining kreditini qaytarish 9 205 728 Chet el kreditlarini qoplash 35 346 010 Aylanma kassa mablagʻi meʼyori 12 493 000
Toshkent shahar hokimining 2018-yil 27-dekabrdagi 1865-sonli qaroriga 2-ILOVA
Toshkent shahar va tumanlar mahalliy budjetlarining 2019-yil daromadlari va xarajatlari, shahar mahalliy budjetidan tuman mahalliy budjetlariga ajratiladigan maqsadli ijtimoiy transfertlari
miqdori
(ming.soʻm) T/r Hududlar nomi Daromadlar Xarajatlar Maqsadli ijtimoiy transfertlar* 1. Shayxontohur 109 958 114 181 135 647 71 177 533 2. Uchtepa 125 088 411 206 364 067 81 275 656 3. Chilonzor 124 027 806 198 574 880 74 547 074 4. Mirobod 77 609 426 124 476 707 46 867 281 5. Mirzo Ulugʻbek 141 524 838 214 940 808 73 415 970 6. Yakkasaroy 67 097 378 95 300 870 28 203 492 7. Olmazor 128 311 107 210 186 714 81 875 607 8. Yashnobod 114 386 407 183 061 032 68 674 625 9. Sergeli 99 101 461 168 555 426 69 453 965 10. Bektemir 33 328 023 48 368 941 15 040 918 11. Yunusobod 153 001 397 249 423 625 96 422 228 12. Toshkent shahri 2 062 793 331 1 355 838 982 -706954349 Mahalliy budjet boʻyicha jami 3 236 227 699 3 236 227 699 -
Izoh:
*Umumtaʼlim maktablarining ish haqi va yagona ijtimoiy toʻlovlar boʻyicha xarajatlarini moliyalashtirish uchun tuman budjetiga Toshkent shahrining shahar budjetidan ajratiladigan maqsadli ijtimoiy transfertlar.
Toshkent shahar hokimining 2018-yil 27-dekabrdagi 1865-sonli qaroriga 3-ILOVA
Davlat soliqlaridan tuman mahalliy budjetlariga ajratmalar meʼyorlari
foizda Tuman nomlari Yagona soliq toʻlovdan Davlat budjetiga ajratmalar Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan qatʼiy belgilangan daromad soligʻi Aksiz soligʻi Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq Yuridik shaxslar yer soligʻi benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz realizatsiya-sidan soliq Shayxontohur 38 100 100 100 Uchtepa 53 100 100 100 Chilonzor 100 100 15 100 Mirobod 61 100 100 100 Mirzo Ulugʻbek 100 100 100 100 100 Yakkasaroy 67 100 40 100 Olmazor 97 100 100 100 Yashnobod 63 100 100 100 100 Sergeli 100 100 25 100 Bektemir 14 100 100 Yunusobod 100 100 100 100 foizda Tuman nomlari Jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻi Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq Soliq qonunchiligi va Maʼmuriy huquqbuzarliklar boʻyicha jarimalar* Bozorlar daromadidan tushum Mahalliy yigʻimlar Shayxontohur 100 100 100 100 100 Uchtepa 100 100 100 100 100 Chilonzor 100 100 100 100 100 Mirobod 100 100 100 100 100 Mirzo Ulugʻbek 100 100 100 100 100 Yakkasaroy 100 100 100 100 100 Olmazor 100 100 100 100 100 Yashnobod 100 100 100 100 100 Sergeli 100 100 100 100 100 Bektemir 100 100 100 100 100 Yunusobod 100 100 100 100 100
* Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari hamda 2020-2021-yillarga moʻljallari toʻgʻrisida”gi PQ-4086-sonli qarorining 26-ilovasiga muvofiq.
Toshkent shahar hokimining 2018-yil 27-dekabrdagi 1865-sonli qaroriga 4-ILOVA
Toshkent shahar va tumanlar mahalliy budjetlarining 2019-yil uchun naqd pul kassa aylanmasining yoʻl qoʻyiladigan eng kam
miqdorlari
(ming soʻm) T/r Tumanlar Aylanma kassa mablagʻi meʼyori 1. Shayxontohur 424 470 2. Uchtepa 482 880 3. Chilonzor 478 790 4. Mirobod 299 600 5. Mirzo Ulugʻbek 546 330 6. Yakkasaroy 259 000 7. Olmazor 495 320 8. Yashnobod 441 570 9. Sergeli 382 560 10. Bektemir 128 650 11. Yunusobod 590 640 12. Toshkent shahri 7 963 190 Mahalliy budjet boʻyicha jami: 12 493 000
Toshkent shahar hokimining 2018-yil 27-dekabrdagi 1865-sonli qaroriga 5-ILOVA
Toshkent shahar mahalliy budjetining 2019-yil uchun budjet parametrlari
T/r Koʻrsatkichlar Miqdori (ming soʻm) Daromadlar jami 2 062 896 623 1 Yagona soliq toʻlovidan Davlat budjetiga ajratmalar 92 545 757 2 Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi 362 523 513 3 Aksiz soligʻi, jami 566159971 shu jumladan: — aroq 351 034 254 — konyak 8 673 750 — tabiiy vino 490 675 — boshqa vinolar 10 574 213 — shampan, gazli va vijillab turadigan vinolar 649 981 — etil spirti 13 296 992 — pivo 59 167 314 — benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz realizatsiyasidan soliq 122272 792 4 Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq 163690592 5 Yuridik shaxslar yer soligʻi 194 146 204 6 Davlat boji 468 859 632 7 Jarimalar 80 519 698 8 OʻzR IIV Yoʻl harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan undiriladigan yigʻimlar 134 451 256 Xarajatlar jami 2 062 896 623 1 Maorif xarajatlari 128 926361 — maktabgacha taʼlim 1 262022 — umumiy taʼlim 127 424268 — kadrlar tayyorlash 240071 2 Sogʻliqni saqlash xarajatlari 515 180351 3 Madaniyat xarajatlari 47 700352 4 Jismoniy tarbiya xarajatlari 13 797332 5 Fan xarajatlari 2 829650 6 Bolali oilalarga va kam taʼminlangan oilalarga nafaqalar 3 602389 7 Chernobil falokatini bartaraf etishda qatnashganlarni ijtimoiy himoyalash 5907 8 Davlat mukofotlarini toʻlash boʻyicha xarajatlar 3 441543 9 Ijtimoiy koʻnikma markazlari 49332 10 Iqtisodiyotga xarajatlar 314 805804 shu jumladan: Qishloq xoʻjaligi vazirligi tashkilotlari 412 606 Obodonlashtirish 262 823444 Drenaj ishlari bilan bogʻliq xarajatlar 8 311 669 Koʻp qavatli uylarni lift bilan jixozlash 23 884 401 Uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining xududiy boʻlimlarini saqlash xarajatlari 4 552 084 Koʻp xonadonli uy-joy fondiga tutash hududlarni obodonlashtirish 6 358 051 Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy boshqarmalari 3 051 925 Chigirtka va qizil kapalakka qarshi profilaktika va kurashish radiologik va toksikologik kuzatuvlarni olib borish, tuproq hamda qishloq xoʻjalik mahsulot-laridagi ogʻir metall tuzlari va pestitsidlar choʻkindi qoldiqlari, toʻplangan radionuklidlarni tahlil qilish boʻyicha chora-tadbirlarni 92 938 Veterinariya qoʻmitasi 5 318 686 11 Markazlashtirilgan kapital koʻyilma (kapital qurilish) 70 720 500 12 Davlat boshqaruv organlarini saqlash 30 271670 13 Zahira jamgʻarmasi 13 425178 14 Isitish qozonxonalari va isitish tizimlarini kapital taʼmirlash 10 698 290 15 Toshkent metropolitenida kunduzi soat 10:00 dan 16:00 gacha boʻlgan kunduzgi davrda pensionyerlarni bepul tashishda va bepul yurishhuquqini beradigan yagona guvohnomalar boʻyicha hisobga olinadigan yoʻlovchilarni tashish natijasida olinmay qoladigan daromadlarni qoplash 5 284 700 16 Shahar passajir transportida baʼzi kategoriyadagi kishilarning bepul yurishlarini budjetdan qoplash 7 676 127 17 Cheklangan tariflar boʻyicha yoʻlovchilar va bagajni tashish boʻyicha xizmatlar koʻrsatilishi munosabati bilan shahar yoʻlovchi tashish transporti tashuvchilari koʻradigan zararlarni qoplash 23 400 000 18 Shahar passajir transportida bepul yurishhuquqini beradigan yagona guvohnomalar boʻyicha hisobga olinadigan yoʻlovchilarni tashish natijasida olinmay qoladigan daromadlarni qoplash 44 143 580 19 Boshqa xarajatlar 119 983 208 Mahalliy budjetdan moliyalashtiriladigan boshqa muassasalar va tadbirlar 3 352 210 “Xayatt Ridjensi” mehmonxonasi kreditini qoplash 72 079 260 Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining kreditini qaytarish 9 205 728 Chet el kreditlarini qoplash 35 346 010 Tuman budjetlariga ajratiladigan maqsadli ijtimoiy transfertlar miqdori 706 954 349
