Viloyatga boʻysunuvchi Kitob, Koson va Muborak shaharlarini tumanga boʻysunuvchi shaharlar turkumiga oʻtkazish toʻgʻrisida (2035-XII-son)
27.10.1994
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi rayosatining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosati qaror qiladi:
1. Qashqadaryo viloyati hokimining iltimosi qondirilib, viloyatga boʻysunuvchi Kitob, Koson va Muborak shaharlari tumanga boʻysunuvchi shaharlar turkumiga oʻtkazilsin.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining tasdigʻiga kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Raisi vazifasini bajaruvchi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1994-yil 27-oktabr,
2035-XII-son
