Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi xayʼati aʼzolarini tasdiqlash toʻgʻrisida (458-son)
04.06.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2019-yil 19-fevraldagi 146-son qaroriga hamda “Oʻzbekiston Respublikasi davlat boshqaruvi organlari hayʼatlarining faoliyati samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 19-oktabrdagi 855-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi hayʼati aʼzolari soni 11 (oʻn bir) nafardan iborat boʻlishi belgilab qoʻyilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi hayʼati quyidagi tarkibda tasdiqlansin:
1. Shermatov Sherzod Xotamovich ― Vazir 2. Umarov Alisher Yusubjanovich ― Vazirning birinchi oʻrinbosari 3. Komilov Temurjon Kalandarovich ― Vazir oʻrinbosari 4. Babaxodjayev Sarvar Nadjimovich ― Vazir oʻrinbosari 5. Djurayev Ibroxim Djurayevich ― Vazir oʻrinbosari 6. Kenjayev Dilshod Mutallipovich ― Vazir oʻrinbosari 7. Usmanov Shuxrat Shatursunovich ― Ijro etuvchi apparati boshligʻi 8. Qayumov Baxodir Shukurovich ― Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi boshligʻi 9. Murodov Erkin Ergashevich ― Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi 10. Siradjev Ilxom Toxirovich ― Moliyaviy tahlil va rejalashtirish boshqarmasi boshligʻi 11. Rasulov Eldorbek Alisherovich ― Strategik tahlil, progressiv pedagogik texnologiyalar va taʼlim sohasida yangi tashabbuslarni joriy etish boshqarmasi boshligʻi
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.A. Abduxakimov va Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri Sh.X. Shermatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 4-iyun,
458-son
