“Sarmishsoy”, “Shahrisabz”, “Termiz” va “Qoʻqon” davlat muzey-qoʻriqxonalari faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida (443-son)
30.05.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 19-dekabrdagi PQ-4068-son qarori ijrosi yuzasidan, shuningdek, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo va Fargʻona viloyatlaridagi moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, ularning atrofidagi tarixiy muhit bilan birga asrash va ulardan oqilona foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 19-dekabrdagi PQ-4068-son qaroriga muvofiq Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo va Fargʻona viloyatlarida tegishlicha “Sarmishsoy”, “Shahrisabz”, “Termiz” va “Qoʻqon” davlat muzey-qoʻriqxonalari tashkil etilganligi maʼlamot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilansinki:
“Sarmishsoy” davlat muzey-qoʻriqxonasi — Navoiy viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi filiali sifatida;
“Shahrisabz” davlat muzey-qoʻriqxonasi — Qashqadaryo viloyati Amir Temur nomidagi Shahrisabz shahar Moddiy madaniyat tarixi muzeyi negizida;
“Termiz” davlat muzey-qoʻriqxonasi — Surxondaryo viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi negizida;
“Qoʻqon” davlat muzey-qoʻriqxonasi — Fargʻona viloyatidagi Qoʻqon madaniyati tarixi davlat muzeyi negizida tashkil etiladi.
4. Belgilab qoʻyilsinki:
“Sarmishsoy”, “Shahrisabz”, “Termiz” va “Qoʻqon” davlat muzey-qoʻriqxonalari Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi tizimidagi davlat muassasalari hisoblanadi;
“Shahrisabz”, “Termiz”, “Qoʻqon” davlat muzey-qoʻriqxonalari tegishli ravishda Qashqadaryo viloyati Amir Temur nomidagi Shahrisabz shahar Moddiy madaniyat tarixi muzeyi, Surxondaryo viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi, Qoʻqon madaniyati tarixi davlat muzeyining barcha huquq va majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
Navoiy viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi, “Shahrisabz”, “Termiz” va “Qoʻqon” davlat muzey-qoʻriqxonalari faoliyatini moliyalashtirishning amaldagi tartibi saqlab qolinadi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi ikki oy muddatda Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo va Fargʻona viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda tegishlicha “Sarmishsoy”, “Shahrisabz”, “Termiz” va “Qoʻqon” davlat muzey-qoʻriqxonalarining yuqori malakali, tashabbuskor, muzeylar hamda madaniy meros masalalari boʻyicha zarur bilim va amaliy tajribaga ega kadrlar bilan toʻldirilishini taʼminlasin.
6. Vazirlar Mahkamasining “2017 — 2027-yillarda davlat muzeylari faoliyatini takomillashtirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2017-yil 11-dekabrdagi 975-son qaroriga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish kiritilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining madaniyat vaziri B.S. Sayfullayev zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, madaniyat, maʼnaviyat, ommaviy axborot vositalari, ijodiy va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 30-may,
443-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-maydagi 443-son qaroriga 2-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “2017 — 2027-yillarda davlat muzeylari faoliyatini takomillashtirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2017-yil 11-dekabrdagi 975-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 2a-ilovada (2017 — 2027-yillarda qayta tashkil etiladigan davlat muzeylari roʻyxati):
a) 12-pozitsiyaning “Qayta tashkil etiladigan muzeyning nomi” ustunidagi “Surxondaryo viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi” soʻzlari “Termiz” davlat muzey-qoʻriqxonasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 17-pozitsiyaning “Qayta tashkil etiladigan muzeyning nomi” ustunidagi “Qoʻqon madaniyati tarixi davlat muzeyi” soʻzlari “Qoʻqon” davlat muzey-qoʻriqxonasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 18 va 19-pozitsiyalarning “Qayta tashkil etiladigan muzeyning nomi” ustunidagi “Qoʻqon madaniyati tarixi davlat muzeyining” soʻzlari “Qoʻqon” davlat muzey-qoʻriqxonasining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. 3-ilovada (2018 — 2027-yillarda davlat muzeylari binolarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlashning manzilli dasturi):
a) “Rekonstruksiya” boʻlimi 6-pozitsiyasining “Muzeylar nomi” ustunidagi “Surxondaryo viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi” soʻzlari “Termiz” davlat muzey-qoʻriqxonasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) “Mukammal taʼmirlash” boʻlimida:
26-pozitsiyaning “Muzeylar nomi” ustunidagi “Amir Temur nomidagi Shahrisabz shahar Moddiy madaniyat tarixi muzeyi” soʻzlari “Shahrisabz” davlat muzey-qoʻriqxonasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
44-pozitsiyaning “Muzeylar nomi” ustunidagi “Qoʻqon tarixi va madaniyati muzeyi” soʻzlari “Qoʻqon” davlat muzey-qoʻriqxonasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
45-pozitsiyaning “Muzeylar nomi” ustunidagi “Qoʻqon tarixi va madaniyati muzeyining Qoʻqon adabiyoti muzeyi filiali” soʻzlari “Qoʻqon” davlat muzey-qoʻriqxonasining Gʻafur Gʻulom nomidagi Qoʻqon adabiyoti muzeyi filiali” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) 47 — 49-pozitsiyalarning “Muzeylar nomi” ustunidagi “Qoʻqon tarixi va madaniyati muzeyining” soʻzlari “Qoʻqon” davlat muzey-qoʻriqxonasining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. 4-ilova (Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan moliyalashtiriladigan muzeylari, ularning filial va boʻlimlari roʻyxati) quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan moliyalashtiriladigan muzeylari, ularning filial va boʻlimlari
ROʻYXATI
T/r Muzey nomi Joylashgan hudud Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan moliyalashtiriladigan muzeylar 1. Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeyi Toshkent shahri 2. Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi Toshkent shahri 3. Temuriylar tarixi davlat muzeyi Toshkent shahri 4. Alisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi Toshkent shahri 5. Olimpiya shon-shuhrat muzeyi Toshkent shahri 6. Davlat geologiya muzeyi Toshkent shahri 7. Qurolli kuchlar tarixi davlat muzeyi Toshkent shahri 8. Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi Toshkent shahri 9. Sogʻliqni saqlash muzey Toshkent shahri 10. Oʻzbekiston amaliy sanʼat va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyi Toshkent shahri 11. Xalqaro madaniyat karvon saroyi Toshkent shahri Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlaridan moliyalashtiriladigan muzeylar 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyi hamda uning quyidagi filiallari: Nukus shahri Muynoq Ekologiya muzeyi Muynoq tumani Ellikqalʼa tumani arxeologiya va tarix muzeyi Ellikqalʼa tumani 2. I.V. Savitskiy nomidagi Qoraqalpogʻiston davlat sanʼat muzeyi Nukus shahri 3. Andijon viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi hamda uning quyidagi boʻlim va filiallari: Andijon shahri Adabiyot va sanʼat boʻlimi Andijon shahri Bobur yodgorligi boʻlimi Andijon shahri Paxtaobod tuman tarixi muzeyi Paxtaobod tumani Tasviriy sanʼat boʻlimi Andijon shahri Choʻlpon yodgorligi boʻlimi Andijon shahri 4. “Buxoro” davlat muzey-qoʻriqxonasi hamda uning quyidagi boʻlim va filiallari: Buxoro shahri Abu Ali ibn Sino memorial muzeyi Peshkoʻ tuman “Ark” viloyat oʻlkashunoslik muzeyi Buxoro shahri Boy savdogar xonadoni uy-muzeyi Buxoro shahri Buxoro adabiyoti tarixi muzeyi Buxoro shahri Buxoro kulolchilik va varaxsha tarixi koʻrgazmasi Buxoro shahri Buxoro suv taʼminoti muzeyi Buxoro shahri Buxoro tarixi muzeyi* Buxoro shahri Buxoro tasviriy sanʼat muzeyi Buxoro shahri Buxoroda huquq va qonunchilik tarixi muzeyi Buxoro shahri Gilamboflik muzeyi Buxoro shahri Yogʻoch oʻymakorligi koʻrgazmasi Buxoro shahri Imom al-Buxoriy xotira muzeyi Buxoro shahri Kadimiy Poykent shaharchasi tarixi muzeyi Qoraqoʻl tumani Moxi-Xossa amaliy bezak sanʼati muzeyi Buxoro shahri Mutal Burxonov uy muzeyi* Buxoro shahri Naqshbandiya tariqati muzeyi Kogon tumani Romitan tuman tarixi muzeyi Romitan tuman Temirchilik hunari tarixi muzeyi Buxoro shahri Xattotlik tarixi muzeyi Buxoro shahri 5. Jizzax viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi hamda uning quyidagi filiallari: Sh.Rashidov tumani Zomin tumani tarixi muzeyi Zomin tumani Xamid Olimjon va Zulfiya muzeyi Jizzax shahri Sharof Rashidov yodgorlik muzeyi Jizzax shahri 6. Qashqadaryo viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi Qarshi shahri 7. “Shahrisabz” davlat muzey-qoʻriqxonasi va uning filiali: Shahrisabz tumani Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahridagi “Maqom muzeyi” Shahrisabz shahri 8. Navoiy viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi hamda uning quyidagi filiallari: Karmana tumani Karmana tuman Qosim Shayx majmua muzeyi Karmana tumani Qiziltepa tuman tarixi muzeyi Qiziltepa tumani Nurota tuman tabiiy-meʼmoriy majmua muzeyi Nurota tumani “Sarmishsoy” davlat muzey-qoʻriqxonasi Navbahor tumani 9. Namangan viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi hamda uning quyidagi filiallari: Namangan shahri Kosonsoy tumani tarixi muzeyi Kosonsoy tumani “Mugʻtepa” arxeologiya merosi obyektini muhofaza qilish va tadqiq etish majmuasi Kosonsoy tumani 10. “Samarqand” davlat muzey-qoʻriqxonasi hamda uning quyidagi boʻlim va filiallari: Samarqand shahri Ishtixon tuman tarixi muzeyi Ishtixon shahri Kattaqoʻrgʻon shahar tarixi muzeyi Kattaqoʻrgʻon shahri Mirzo Ulugʻbek muzeyi-majmuasi Samarqand shahri Paxtachi tuman tarixi muzeyi Paxtachi tumani Sadriddin Ayniy yodgorlik uy-muzeyi Samarqand shahri Samarqand viloyat oʻlkashunoslik muzeyi Samarqand shahri Samarqand shahar tarixi “Afrosiyob” muzeyi Samarqand shahri Oʻzbekiston Madaniyati tarixi davlat muzeyi Samarqand shahri Ergash Jumanbulbul oʻgʻli yodgorligi muzeyi* Qoʻshrabot tumani 11. “Termiz” davlat muzey-qoʻriqxonasi Termiz shahri 12. Termiz arxeologiya muzeyi Termiz shahri 13. Sirdaryo viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi Guliston shahri 14. Toshkent viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi* Nurafshon shahri 15. Toshkent viloyati Angren shahar tarixi muzeyi Angren shahri 16. Toshkent viloyati Chirchiq shahar tarixi muzeyi Chirchiq shahri 17. Yangiyoʻl shahar Usmon Yusupov memorial uy-muzeyi Yangiyoʻl shahri 18. Fargʻona viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi hamda uning quyidagi filiallari: Fargʻona shahri Margʻilon shahar tarix muzeyi Margʻilon shahri Uvaysiy uy-muzeyi Margʻilon shahri Erkin Vohidov uy-muzeyi* Oltiariq tumani 19. “Qoʻqon” davlat muzey-qoʻriqxonasi hamda uning quyidagi filiallari: Qoʻqon shahri Amaliy sanʼat muzeyi Qoʻqon shahri Buyuk allomalar muzeyi Qoʻqon shahri Gʻafur Gʻulom nomidagi Qoʻqon adabiyot muzeyi Qoʻqon shahri Muqimiy xujra muzeyi Qoʻqon shahri Xamza uy-muzeyi Qoʻqon shahri 20. “Ichan-qalʼa” davlat muzey-qoʻriqxonasi hamda uning quyidagi boʻlim va filiallari: Xiva shahri Amaliy sanʼat boʻlimi Xiva shahri Ilmiy-maʼrifiy boʻlim Xiva shahri Qadimgi Xorazm madaniyati boʻlimi Xiva shahri Qadimgi Xorazm tarixi boʻlimi Xiva shahri Tabiat boʻlimi Xiva shahri Madrasa tarixi boʻlimi Xiva shahri Tasviriy sanʼat tarixi boʻlimi Xiva shahri Xalq taʼlimi tarixi boʻlimi Xiva shahri Xiva xonligi tarixi boʻlimi Xiva shahri Xorazm musiqa tarixi boʻlimi Xiva shahri “Oʻzbekiston–ozod va obod Vatan!” mustaqillik ekspozitsiyasi Xiva shahri Hunarmandchilik tarixi boʻlimi Xiva shahri 21. Oʻzbekiston zamonaviy sanʼati muzeyi va uning quyidagi filiallari: Urganch shahri “Xorazm tarixi va madaniyati” muzeyi* Urganch shahri Komiljon Otaniyozov uy-muzeyi Urganch shahri Urganch shahar tarixi muzeyi Urganch shahri 22. Oʻzbekiston davlat tabiat muzeyi Toshkent shahri 23. Madaniyat va sanʼat koʻrgazmasi Toshkent shahri 24. Abdulla Qahhor uy-muzeyi Toshkent shahri 25. Gʻafur Gʻulom uy-muzeyi Toshkent shahri 26. Kamoliddin Behzod memorial bogʻ-muzeyi Toshkent shahri 27. Muxtor Ashrafiy uy-muzeyi Toshkent shahri 28. Oybek uy-muzeyi Toshkent shahri 29. Sergey Borodin uy-muzeyi Toshkent shahri 30. Sergey Yesenin muzeyi Toshkent shahri 31. Tamaraxonim uy-muzeyi Toshkent shahri 32. Oʻzbekiston kino sanʼati tarixi muzeyi Toshkent shahri 33. Oʻrol Tansiqboyev uy-muzeyi Toshkent shahri 34. Yunus Rajabiy uy-muzeyi Toshkent shahri
* Tashkil qilingandan soʻng budjetdan mablagʻ ajratiladi”.
