Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5611-son Farmoni va 2019-yil 5-yanvardagi “Turizm tarmogʻini jadal rivojlantirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4095-son qarori) (PF-5731-son)
28.05.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5611-son Farmoni va 2019-yil 5-yanvardagi “Turizm tarmogʻini jadal rivojlantirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4095-son qaroriga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 28-may,
PF-5731-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-maydagi PF-5731-son Farmoniga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 26-fevraldagi PF-2240-son Farmoni bilan tasdiqlangan Xorijiy shaxsga Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi, fuqaroligi boʻlmagan shaxsga Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi va fuqaroligi boʻlmagan shaxs guvohnomasi toʻgʻrisidagi nizomning 3-bandida:
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi — yettinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“— Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-yanvardagi PF-5611-son Farmoni bilan tasdiqlangan Fuqarolari koʻchmas mulk sotib olish sharti bilan Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasini olish huquqiga ega boʻlgan mamlakatlar roʻyxatiga kiritilgan mamlakatlar fuqarolariga ular quyidagi hududlarda koʻchmas mulk sotib olgan taqdirda:
Toshkent viloyati va Toshkent shahrida — 400 000 AQSh dollari ekvivalentidan kam boʻlmagan miqdorda;
Samarqand, Buxoro, Namangan, Andijon, Fargʻona va Xorazm viloyatlarida — 200 000 AQSh dollari ekvivalentidan kam boʻlmagan miqdorda;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va respublikaning boshqa viloyatlarida — 100 000 AQSh dollari ekvivalentidan kam boʻlmagan miqdorda”;
toʻrtinchi xatboshi sakkizinchi xatboshi deb hisoblansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 2-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-4861-son Farmoni 4-bandining beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“gidlar (ekskursiya yetakchilari), kuzatib boruvchi-yoʻriqchilarning xizmatlari jismoniy shaxslar yoki yuridik shaxslarning xodimlari tomonidan faqat ular oliy yoki oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlim toʻgʻrisidagi diplom yoxud gidlar (ekskursiya yetakchilari) yoʻnalishi boʻyicha davlat namunasidagi qayta tayyorlash toʻgʻrisidagi guvohnoma yoki Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan beriladigan malaka sertifikati olgandan keyin amalga oshirilishi mumkin”.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish boʻyicha qoʻshimcha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5326-son Farmonida:
quyidagi mazmundagi 11-band bilan toʻldirilsin:
“11. Fuqarolari uchun Tashqi ishlar vazirligiga turistik vaucherni yoki Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilayotgan yuridik yoki jismoniy shaxsning murojaatnomasini taqdim etishga oid talab bekor qilinishini hamda hujjatlarni qabul qilish kuni hisobga olinmagan holda ikki ish kuni mobaynida vizani rasmiylashtirishni nazarda tutadigan turizm vizalarini rasmiylashtirishning soddalashtirilgan tartibi joriy qilinadigan mamlakatlar roʻyxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin”;
quyidagi mazmundagi 1-ilova bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-fevraldagi PF-5326-son Farmoniga 1-ILOVA
Fuqarolari uchun turizm vizalarini rasmiylashtirishning soddalashtirilgan tartibi joriy qilinadigan mamlakatlar
ROʻYXATI
1. Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi 2. Antigua va Barbuda 3. Misr Arab Respublikasi 4. Barbados 5. Beliz 6. Venesuela Bolivar Respublikasi 7. Urugvay Sharqiy Respublikasi 8. Gabon Respublikasi 9. Qatar Davlati 10. Quvayt Davlati 11. Grenada 12. Shri-Lanka Demokratik Sotsialistik Respublikasi 13. Dominikana Respublikasi 14. Iordaniya Hoshimiylar Qirolligi 15. Eron Islom Respublikasi 16. Xitoy Xalq Respublikasi, shu jumladan Xitoy Xalq Respublikasining Gonkong maxsus maʼmuriy hududi 17. Koreya Xalq Demokratik Respublikasi 18. Gayana Kooperativ Respublikasi 19. Bahrayn Qirolligi 20. Butan Qirolligi 21. Kambodja Qirolligi 22. Marokash Qirolligi 23. Saudiya Arabistoni Qirolligi 24. Tonga Qirolligi 25. Laos Xalq Demokratik Respublikasi 26. Livan Respublikasi 27. Maldiv Respublikasi 28. Meksika Qoʻshma Shtatlari 29. Koʻp millatli Boliviya Davlati 30. Samoa Mustaqil Davlati 31. Bangladesh Xalq Respublikasi 32. Albaniya Respublikasi 33. Angola Respublikasi 34. Vanuatu Respublikasi 35. Gana Respublikasi 36. Gvatemala Respublikasi 37. Gonduras Respublikasi 38. Hindiston Respublikasi 39. Kabo-Verde Respublikasi 40. Kamerun Respublikasi 41. Kiribati Respublikasi 42. Kolumbiya Respublikasi 43. Kosta-Rika Respublikasi 44. Kot-dʼIvuar Respublikasi 45. Kuba Respublikasi 46. Mavrikiy Respublikasi 47. Shimoliy Makedoniya Respublikasi 48. Marshall Orollari Respublikasi 49. Nauru Respublikasi 50. Nikaragua Respublikasi 51. Palau Respublikasi 52. Panama Respublikasi 53. Paragvay Respublikasi 54. Peru Respublikasi 55. Seyshel Orollari Respublikasi 56. Senegal Respublikasi 57. Surinam Respublikasi 58. Trinidad va Tobago Respublikasi 59. Fiji Respublikasi 60. Filippin Respublikasi 61. Ekvador Respublikasi 62. El-Salvador Respublikasi 63. Sent-Vinsent va Grenadin 64. Sent-Lyusiya 65. Amerika Qoʻshma Shtatlari 66. Solomon Orollari 67. Bagama Orollari Hamdoʻstligi 68. Dominikana Hamdoʻstligi 69. Vyetnam Sotsialistik Respublikasi 70. Ummon Sultonligi 71. Tunis Respublikasi 72. Nepal Federativ Demokratik Respublikasi 73. Mikroneziya Federativ Shtatlari 74. Sent-Kits va Nevis Federatsiyasi 75. Janubiy Afrika Respublikasi 76. Yamayka”.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-iyuldagi PQ-3836-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining elektron kirish vizasi toʻgʻrisidagi nizomning rus tilidagi matni 4 va 5-bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Elektronnaya viza inostrannomu grajdaninu vidayetsya srokom prebivaniya na territorii Respubliki Uzbekistan do 30 dney so dnya vyezda. Razreshayetsya odnokratniy vyezd s elektronnoy vizoy v Respubliku Uzbekistan. Poryadok prebivaniya inostrannogo grajdanina na territorii Respubliki Uzbekistan opredelyayetsya deystvuyuщim zakonodatelstvom.
5. Vidannaya elektronnaya viza deystvuyet v techeniye 90 dney s momenta eye vidachi. V sluchaye istecheniya sroka elektronnoy vizi inostranniy grajdanin podayet obraщeniya na oformleniye elektronnoy vizi na obщix osnovaniyax”.
