Qurbon hayitini nishonlash toʻgʻrisida (14-son)
12.01.2005
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Muborak Qurbon hayitini shodu xurramlik bilan oʻtkazish xalqimizning azaliy anʼanalaridan ekani, ushbu sananing jamiyatimiz maʼnaviy hayotida muhim oʻrin egallashi va “Sihat-salomatlik yili”da insonlarda ruhiy-maʼnaviy, jismoniy poklik sifatlarini shakllantirishdagi ahamiyatini eʼtiborga olib hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Diniy bayram — Qurbon hayitni dam olish kuni deb eʼlon qilish haqida” 1991-yil 20-iyundagi PF–221-son Farmoni ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 2005-yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 21-yanvarga toʻgʻri kelishi haqida Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashining qarori eʼtirof etilsin hamda 21-yanvar kuni mamlakatimizda dam olish kuni deb eʼlon qilib, bayram sifatida keng nishonlansin.
2. Mutasaddi idora va jamoat tashkilotlari Qurbon hayitining joylarda tartibli va yuqori darajada oʻtishi uchun tegishli tadbirlarni amalga oshirsinlar.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 12-yanvar,
14-son
