12-modda. Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan energiya ishlab chiqaruvchilarning va qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini ishlab chiqaruvchilarning majburiyatlari
Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish toʻgʻrisida (O‘RQ-539-son) · Sana: 21.05.2019 · Amalda
Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan energiya ishlab chiqaruvchilar va qayta tiklanuvchi energiya manbalarining qurilmalarini ishlab chiqaruvchilar:
qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etishi;
qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan energiya ishlab chiqarish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarining qurilmalarini ishlab chiqarish chogʻida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasidagi texnik reglamentlarga, normalar va qoidalarga rioya etishi;
qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan ishlab chiqariladigan energiyaning alohida hisobini yuritishi shart.
