“77-modda. Havo kemalarining xalqaro parvozlari uchun moʻljallangan aeroportlar, aerodromlar va havo yoʻllari
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (82-II-son) · Sana: 26.05.2000 · Amalda
Havo transportida xalqaro koʻlamda tashishga moʻljallangan, bojxona, chegara va sanitariya-karantin nazorati taʼminlanadigan aeroportlar, aerodromlar havo kemalarining xalqaro parvozlari uchun moʻljallangan aeroportlar, aerodromlar deb eʼtirof etiladi.
Havo kemalarining xalqaro parvozlari uchun moʻljallangan aeroportlarni, aerodromlarni ochish haqidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadi.
Xalqaro havo yoʻllarini ochish haqidagi qaror Aviatsiya maʼmuriyati tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmati bilan kelishilgan holda qabul qilinadi.
Havo kemalarining xalqaro parvozlari uchun moʻljallangan aeroportlar, aerodromlar va havo yoʻllarini ochish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududidan foydalanish toʻgʻrisidagi Nizom bilan belgilanadi”;
7) 92-moddasining birinchi qismi “shahar aerovokzalida yoxud” degan soʻzlardan keyin “aerodromda” degan soʻz bilan toʻldirilsin.
VII. “Oʻzbekiston Respublikasining Havo kodeksini amalga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993-yil 7-mayda qabul qilingan Qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 6, 248-modda) 2-bandining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi havo kodeksida bayon etilgan Aviatsiya maʼmuriyatining vazifalarini Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligi nazorati davlat inspeksiyasi zimmasiga yuklasin”.
XI. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 28-dekabrda qabul qilingan “Metrologiya toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 2, 48-modda):
1) 1-moddasi quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“oʻlchov vositalarini metrologik attestatsiya qilish” — yagona namunalarda ishlab chiqariladigan (yoki Oʻzbekiston hududiga yagona namunalarda olib kiriladigan) oʻlchov vositalarining xossalarini sinchiklab tadqiq etish asosida ular qoʻllanish uchun haqqoniy ekanligining metrologiya xizmati tomonidan eʼtirof etilishi;
“metrologiya xizmatlari, markazlari, laboratoriyalarini akkreditatsiya qilish” — oʻlchovlarning yagona birligini taʼminlash ishlarini akkreditatsiya qilishni belgilangan sohada oʻtkazishga metrologiya xizmatlari, markazlari, laboratoriyalarining vakolatli ekanligining rasmiy eʼtirof etilishi;
