“185-1-modda. Rangli metallar, ularning parcha va rezgi chiqitlarini tayyorlash, olish, ulardan foydalanish hamda ularni oʻtkazish qoidalarini buzish
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (82-II-son) · Sana: 26.05.2000 · Amalda
Qimmatbaho metallar sirasiga kirmaydigan rangli metallar, ularning parcha va rezgi-chiqitlarini tayyorlash, olish, ulardan foydalanish hamda ularni oʻtkazish qoidalarini buzish, shunday qilmish uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
mol-mulk musodara qilinib yoki musodara qilinmay, eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki olti oygacha qamoq bilan jazolanadi”;
2) 209-moddasi:
birinchi qismining sanksiyasidagi “ellik baravarigacha” degan soʻzlar “ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“eng kam oylik ish haqining yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum etilgan holda uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”;
3) 227-moddasi:
birinchi qismining dispozitsiyasidan “yoxud shunday harakatlar pasport, harbiy bilet yoki boshqa muhim shaxsiy hujjatlarga nisbatan sodir etilgan boʻlsa” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻsha harakatlar:
a) pasport, harbiy bilet yoki boshqa muhim shaxsiy hujjatlarga nisbatan yoxud oʻta muhim ahamiyatga ega boʻlgan hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarga nisbatan sodir etilgan boʻlsa;
b) ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, —
eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”;
4) 228-moddasi:
birinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha qamoq bilan jazolanadi”;
ikkinchi qismining sanksiyasidagi “uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish” degan soʻzlar “uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
