Maktabgacha taʼlim tizimi uchun kadrlar tayyorlashni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (418-son)
18.05.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasida maktabgacha taʼlim tizimi uchun yuqori malakali, zamonaviy fikrlaydigan, taʼlim va tarbiyaning ilgʻor texnologiyalarini oʻzlashtirgan pedagog kadrlar va mutaxassislar tayyorlash hamda ular bilan maktabgacha taʼlim tashkilotlarini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligining ilovada keltirilgan pedagogika yoʻnalishida kadrlar tayyorlaydigan kasb-hunar kollejlarini Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligining pedagogika kollejlari etib (keyingi oʻrinlarda pedagogika kollejlari deb ataladi) quyidagi tartibni oʻrnatgan holda qayta tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin:
pedagogika kollejlarining faoliyatiga rahbarlik qilish, nazoratni tashkil etish hamda tashkiliy-kadrlar bazasini mustahkamlash Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan, ularning oʻquv-metodik jarayonini muvofiqlashtirish, ularga amaliy va axborot resurslari jihatdan koʻmaklashish — Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi huzuridagi Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti tomonidan amalga oshiriladi;
pedagogika kollejlarining bino va inshootlarini saqlash bilan bogʻliq xarajatlar, zarur oʻquv va sport jihozlari, kompyuter texnikasi va axborot-resurs fondlari bilan jihozlash xarajatlari taʼlim sohasiga ajratiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan, pedagogika kollejlarining faoliyati bilan bogʻliq boshqa xarajatlar pedagogika kollejlarining budjetdan tashqari, jumladan toʻlov-shartnoma asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
pedagogika kollejlariga oʻqishga qabul qilish umumtaʼlim maktablari hamda ixtisoslashtirilgan maktablarning 11-sinf bitiruvchilari, ixtisoslashtirilgan sanʼat va madaniyat maktab-internatlari, olimpiya zaxiralari kollejlari hamda akademik litseylar bitiruvchilari hisobidan, ixtiyoriylik asosida, tegishli mutaxassislikka (kasbga) ega boʻlish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan belgilanadigan kvotalar doirasida amalga oshiriladi;
pedagogika kollejlariga 2017/2018 oʻquv yiliga qadar (ushbu oʻquv yili qoʻshilgan holda) oʻqishga qabul qilingan oʻquvchilar oʻqishni oʻzlari taʼlim olayotgan kasb-hunar kollejlarida amaldagi oʻquv dasturlari asosida belgilangan tartibda tugatadilar.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi bilan birgalikda 2019-yil 1-sentabrga qadar pedagogika kollejlarining tayyorlov yoʻnalishlari va mutaxassisliklari roʻyxatini, oʻquv reja va dasturlarni rivojlangan xorijiy davlatlarning ilgʻor tajribalarini inobatga olgan holda ishlab chiqib, tasdiqlasin.
3. Belgilansinki:
pedagogika kollejlari taʼlim xizmatlari koʻrsatish bilan bogʻlik asosiy faoliyatiga qoʻshimcha ravishda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa pullik xizmatlar koʻrsatishi mumkin;
pedagogika kollejlarining boʻsh turgan bino va inshootlariga Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi tizimidagi davlat muassasalari, jumladan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda ularning tayyorlov guruhlari tekin foydalanish huquqi asosida joylashtiriladi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda ilovaga muvofiq kasb-hunar kollejlarini bino va inshootlarini tegishli hududi bilan birga operativ boshqaruv huquqi asosida, moddiy-texnik vositalari, oʻquv jihozlari va boshqa mulklarini foydalanish uchun tekin topshirsin, Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi esa ularni qabul qilib olsin.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.A. Abduxakimov va Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vaziri A.V. Shin zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 18-may,
418-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-maydagi 418-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligining pedagogika kollejlari etib qayta tashkil etilayotgan kasb-hunar kollejlari
ROʻYXATI
T/r Qayta tashkil etilayotgan kasb-hunar kollejlari nomi Yangi tashkil etiladigan taʼlim muassasalari nomi Qoraqalpogʻiston Respublikasi 1. Taxiatosh ijtimoiy iqtisodiyot va pedagogika kasb-hunar kolleji Taxiatosh pedagogika kolleji 2. Qonlikoʻl pedagogika kolleji Qonlikoʻl pedagogika kolleji 3. Chimboy pedagogika kolleji Chimboy pedagogika kolleji 4. Shumanay pedagogika va xizmat koʻrsatish kasb-hunar kolleji Shumanay pedagogika kolleji 5. Toʻrtkoʻl industrial pedagogika kasb-hunar kolleji Toʻrtkoʻl pedagogika kolleji 6. Xoʻjayli pedagogika kolleji Xoʻjayli pedagogika kolleji 7. Beruniy pedagogika kolleji Beruniy pedagogika kolleji Andijon viloyati 8. Andijon industrial-pedagogika kolleji Andijon shahar pedagogika kolleji 9. Xonobod pedagogika va ijtimoiy-iqtisodiyot kolleji Xonobod pedagogika kolleji 10. Andijon tumani pedagogika va ijtimoiy-iqtisodiyot kolleji Andijon tuman pedagogika kolleji 11. Asaka pedagogika va dizayn kasb-hunar kolleji Asaka pedagogika kolleji 12. Baliqchi industrial-pedagogika kasb-hunar kolleji Baliqchi pedagogika kolleji 13. Buloqboshi pedagogika va ijtimoiy-iqtisodiyot kolleji Buloqboshi pedagogika kolleji 14. Jalaquduq pedagogika va ijtimoiy-iqtisodiyot kolleji Jalaquduq pedagogika kolleji 15. Marhamat ijtimoiy-iqtisodiyot va pedagogika kolleji Marhamat pedagogika kolleji 16. Paxtaobod pedagogika kolleji Paxtaobod pedagogika kolleji 17. Xoʻjaobod pedagogika va ijtimoiy-iqtisodiyot kolleji Xoʻjaobod pedagogika kolleji 18. Shahrixon pedagogika va ijtimoiy-iqtisodiyot kolleji Shahrixon pedagogika kolleji 19. Qoʻrgʻontepa industrial-pedagogika kolleji Qoʻrgʻontepa pedagogika kolleji Buxoro viloyati 20. Kogon maktabgacha taʼlim va xizmat koʻrsatish kasb-hunar kolleji Kogon pedagogika kolleji 22. Vobkent pedagogika va servis kasb-hunar kolleji Vobkent pedagogika kolleji 23. Jondor pedagogika va xizmat koʻrsatish kasb-hunar kolleji Jondor pedagogika kolleji 24. Shofirkon pedagogika kolleji Shofirkon pedagogika kolleji 25. Qorakoʻl pedagogika va sport kolleji Qorakoʻl pedagogika kolleji 26. Gʻijduvon pedagogika kolleji Gʻijduvon pedagogika kolleji 27. Buxoro pedagogika kolleji Buxoro pedagogika kolleji Jizzax viloyati 28. Baxmal pedagogika kolleji Baxmal pedagogika kolleji 29. Baxmal ijtimoiy-iqtisodiyot va pedagogika kasb-hunar kolleji Baxmal 2-son pedagogika kolleji 30. Zomin pedagogika va turizm kasb-hunar kolleji Zomin pedagogika kolleji 31. Paxtakor ijtimoiy iqtisodiyot va pedagogika kasb-hunar kolleji Paxtakor pedagogika kolleji Qashqadaryo viloyati 32. Koson iqtisodiyot-pedagogika kolleji Koson pedagogika kolleji 33. Qamashi pedagogika va iqtisodiyot kasb-hunar kolleji Qamashi pedagogika kolleji 34. Chiroqchi pedagogika va xizmat koʻrsatish kasb-hunar kolleji Chiroqchi pedagogika kolleji 35. Miroki sport va pedagogika kolleji Miroki pedagogika kolleji 36. Shahrisabz pedagogika va turizm kolleji Shahrisabz pedagogika kolleji Navoiy viloyati 37. Xatirchi pedagogika va xizmat koʻrsatish kasb-hunar kolleji Navoiy pedagogika kolleji Namangan viloyati 38. Namangan shahar ijtimoiy-iqtisodiyot va pedagogika kolleji Namangan pedagogika kolleji 39. Chust pedagogika va servis kasb-hunar kolleji Chust pedagogika kolleji 40. Pop pedagogika kolleji Pop pedagogika kolleji 41. Toʻraqoʻrgʻon maktabgacha taʼlim va xizmat koʻrsatish kasb-hunar kolleji Toʻraqoʻrgʻon pedagogika kolleji 42. Kosonsoy maktabgacha taʼlim va xizm�t koʻrsatish kasb-hunar kolleji Kosonsoy pedagogika kolleji 43. Chortoq pedagogika va xizmat koʻrsatish kasb-hunar kolleji Chortoq pedagogika kolleji 44. Yangiqoʻrgʻon tumani ijtimoiy-iqtisodiyot va pedagogika kolleji Yangiqoʻrgʻon pedagogika kolleji 45. Uychi tumani “Gʻayrat” pedagogika kolleji Uychi tumani pedagogika kolleji 46. Uchqoʻrgʻon pedagogika kolleji Uchqoʻrgʻon pedagogika kolleji 47. Norin tuman pedagogika kolleji Norin tuman pedagogika kolleji 48. Mingbuloq pedagogika va ijtimoiy-iqtisodiyot kolleji Mingbuloq pedagogika kolleji 49. Namangan tuman pedagogika kolleji Namangan tuman pedagogika kolleji Samarqand viloyati 50. Bulungʻur pedagogika va sport kolleji Bulungʻur pedagogika kolleji 51. Qoʻshrabot pedagogika va xizmat koʻrsatish kolleji Qoʻshrabot pedagogika kolleji 52. Kattaqoʻrgʻon tumani ijtimoiy iqtisodiyot va pedagogika kolleji Kattaqoʻrgʻon tuman pedagogika kolleji 53. Ishtixon pedagogika kolleji Ishtixon pedagogika kolleji 54. Paxtachi pedagogika kolleji Paxtachi pedagogika kolleji 55. Pastdargʻom pedagogika va sport kolleji Pastdar�om pedagogika kolleji 56. Nurobod maktabgacha taʼlim va xizmat koʻrsatish kasb-hunar kolleji Nurobod pedagogika kolleji 57 Oqdaryo maktabgacha taʼlim va xizmat koʻrsatish kasb-hunar kolleji Oqdaryo pedagogika kolleji 58. Urgut ijtimoiy iqtisodiyot va pedagogika kolleji Urgut pedagogika kolleji 59. Kattaqoʻrgʻon pedagogika kolleji Kattaqoʻrgʻon pedagogika kolleji 60. Tayloq pedagogika kolleji Tayloq pedagogika kolleji Sirdaryo viloyati 61. Yangiyer pedagogika kolleji Yangiyer pedagogika kolleji 62. Sirdaryo pedagogika kolleji Sirdaryo pedagogika kolleji Surxondaryo viloyati 63. Denov pedagogika kolleji Denov pedagogika kolleji 64. Muzrabot pedagogika va xizmat koʻrsatish kasb-hunar kolleji Muzrabot pedagogika kolleji 65. Oltinsoy pedagogika kolleji Oltinsoy pedagogika kolleji 66. Sariosiyo pedagogika kolleji Sariosiyo pedagogika kolleji 67. Uzun pedagogika kolleji Uzun pedagogika kolleji 68. Sherobod pedagogika va iqtisodiyot kolleji Sherobod pedagogika kolleji 69 Qiziriq pedagogika kolleji Qiziriq pedagogika kolleji 70. Qumqoʻrgʻon pedagogika kolleji Qumqoʻrgʻon pedagogika kolleji 71. Angor pedagogika kolleji Angor pedagogika kolleji Toshkent viloyati 72. Angren pedagogika va xizmat koʻrsatish kasb-hunar kolleji Angren pedagogika kolleji 73. Boʻka pedagogika kolleji Boʻka pedagogika kolleji 74. Ohangaron tumani pedagogika va ijtimoiy iqtisodiyot kasb-hunar kolleji Ohangaron tumani pedagogika kolleji 75. Parkent tumani pedagogika va iqtisodiyot kolleji Parkent tumani pedagogika kolleji 76. Bekobod xizmat koʻrsatish va axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji Toshkent viloyati pedagogika kolleji 77. Oʻrta Chirchiq pedagogika va xizmat koʻrsatish kasb-hunar kolleji Oʻrta Chirchiq pedagogika kolleji 78. Yuqori Chirchiq maktabgacha taʼlim va xizmat koʻrsatish kasb-hunar kolleji Yuqori Chirchiq pedagogika kolleji Fargʻona viloyati 79. Fargʻona pedagogika kolleji Fargʻona pedagogika kolleji 80. Quvasoy pedagogika va iqtisodiyot kolleji Quvasoy pedagogika kolleji 81. Beshariq xizmat koʻrsatish va pedagogika kasb-hunar kolleji Beshariq pedagogika kolleji 82. Bagʻdod pedagogika kolleji Bogʻdod pedagogika kolleji 83. Buvayda pedagogika kolleji Buvayda pedagogika kolleji 84. Quva pedagogika va iqtisodiyot kolleji Quva pedagogika kolleji 85. Oltiariq pedagogika kolleji Oltiariq pedagogika kolleji 86. Qoʻshtepa xizmat koʻrsatish va pedagogika kasb-hunar kolleji Qoʻshtepa pedagogika kolleji 87. Rishton pedagogika va iqtisodiyot kolleji Rishton pedagogika kolleji 88. Soʻx ijtimoiy-iqtisodiyot va pedagogika kolleji Soʻx pedagogika kolleji 89. Oʻzbekiston tumani pedagogika kolleji Oʻzbekiston tumani pedagogika kolleji 90. Furqat maishiy xizmat va pedagogika kasb-hunar kolleji Furqat pedagogika kolleji 91. Qoʻqon pedagogika kolleji Qoʻqon pedagogika kolleji 92. Margʻilon pedagogika kolleji Margʻilon pedagogika kolleji Xorazm viloyati 93. Xozarasp pedagogika va xizmat koʻrsatish kasb-hunar kolleji Hazorasp pedagogika kolleji 94. Xonqa pedagogika va sport kasb-hunar kolleji Xonqa pedagogika kolleji 95. Yangibozor pedagogika va sport kasb-hunar kolleji Yangibozor pedagogika kolleji 96. Xiva pedagogika kolleji Xiva pedagogika kolleji Toshkent shahri 97. Toshkent pedagogika kolleji Toshkent pedagogika kolleji
