7-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining yaylovlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasidagi vakolatlari
Yaylovlar toʻgʻrisida (O‘RQ-538-son) · Sana: 20.05.2019 · Amalda
Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari yaylovlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish boʻyicha hududiy dasturlarni, yaylovlarda pichan oʻrish va chorva mollarini oʻtlatish normalari hamda muddatlarini tasdiqlaydi va ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari oʻz vakolatlari doirasida:
yaylovlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish boʻyicha davlat dasturlarini hamda boshqa dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
yaylovlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish boʻyicha hududiy dasturlarni ishlab chiqadi, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organiga tasdiqlash uchun kiritadi hamda amalga oshiradi;
yaylovlarda pichan oʻrish va chorva mollarini oʻtlatish normalari hamda muddatlarini tasdiqlash uchun mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlariga kiritadi;
yaylovlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish boʻyicha choralar koʻradi;
yaylovlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi.
