3-modda. Yaylovlar
Yaylovlar toʻgʻrisida (O‘RQ-538-son) · Sana: 20.05.2019 · Amalda
Yaylovlar chorva mollari uchun ozuqa boʻlgan oʻsimliklarning tabiiy qoplamiga ega yerlardir.
Yaylovlar umummilliy boylik boʻlib, davlat tomonidan muhofaza qilinadi.
Yaylovlar choʻldagi, yarim choʻldagi, togʻ oldidagi, togʻdagi va tekislikdagi, suv bilan taʼminlangan hamda suv bilan taʼminlanmagan yaylovlarga ajratiladi.
Togʻdagi yaylovlar mavsumiy boʻlib, ulardan yilning faqat muayyan vaqtida foydalaniladi.
