25-modda. Yaylovlar monitoringi
Yaylovlar toʻgʻrisida (O‘RQ-538-son) · Sana: 20.05.2019 · Amalda
Yaylovlar monitoringi yaylovlar toʻgʻrisidagi miqdoriy va sifatga doir maʼlumotlar haqida axborot toʻplash, ularning holatini baholash va prognoz qilish, salbiy jarayonlarni aniqlash hamda bartaraf etish maqsadida yaylovlarning holati, yaylovlardan foydalanish natijasida yuzaga kelayotgan oʻzgarishlar yuzasidan kuzatuvlar tizimidir.
Yaylovlarni geobotanik jihatdan tekshirish va inventarizatsiyadan oʻtkazish yoʻli bilan olingan tizimli kuzatish maʼlumotlari monitoringning asosidir.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar boʻyicha yaylovlarning holati toʻgʻrisidagi monitoring maʼlumotlari Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining veb-saytida vaqti-vaqti bilan joylashtirib boriladi.
