19-modda. Yaylovlardan foydalanish huquqining tugatilishi
Yaylovlar toʻgʻrisida (O‘RQ-538-son) · Sana: 20.05.2019 · Amalda
Yaylovlardan foydalanish huquqi quyidagi hollarda tugatiladi:
yuridik shaxs tugatilganda;
jismoniy shaxs vafot etganda;
yaylovlar berilgan muddat tugaganda;
boshqa maqsadda foydalanilganda;
oqilona foydalanilmaganda;
yaylov yerlari jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilganda;
yaylovlardan foydalanishdan ixtiyoriy ravishda voz kechilganda.
