13-modda. Yaylovlardan foydalanish huquqi
Yaylovlar toʻgʻrisida (O‘RQ-538-son) · Sana: 20.05.2019 · Amalda
Yuridik va jismoniy shaxslar yer uchastkalarini ijaraga, shu jumladan ikkilamchi ijaraga olish yoʻli bilan yaylovlardan foydalanishi mumkin.
Yaylovlar ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali jismoniy va yuridik shaxslarga berilishi mumkin.
Oʻrmon fondi yerlarida yaylovlardan davlat oʻrmon xoʻjaligi organlarining ruxsatnomasi boʻyicha foydalaniladi.
Foydalanishdan chiqib ketgan yaylovlar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga, qishloq xoʻjaligi korxonalariga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari boʻlgan investorlarga investitsiya shartnomasi yoki davlat-xususiy sheriklik asosida qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi maqsadida uch yildan kam boʻlmagan va qirq toʻqqiz yildan oshmaydigan muddatga ijaraga berilishi mumkin.
Ushbu moddaning toʻrtinchi qismida koʻrsatilgan yuridik va jismoniy shaxslar foydalanishga kiritilgan yaylovlarni ikkilamchi ijaraga berishi (uchinchi shaxslarga berish huquqisiz) mumkin.
