Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qurilish materiallari sanoatini tubdan takomillashtirish va kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 20-fevraldagi PQ-4198-son qarori) (416-son)
17.05.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qurilish materiallari sanoatini tubdan takomillashtirish va kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 20-fevraldagi PQ-4198-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi manfaatdor vazirliklar hamda idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi transport vaziri A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vaziri B.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 17-may,
416-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-maydagi 416-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
3. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrda 1013-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 12-son, 299-modda) bilan tasdiqlangan Normativ-huquqiy hujjatlar matnlari hamda zarur boʻlgan taqdirda ularga tegishli axborot-tahliliy materiallar elektron shaklda yuboriladigan davlat organlari va boshqa tashkilotlar roʻyxatining “Xoʻjalik boshqaruvi organlari” 8-boʻlimi 13-bandidagi “Oʻzqurilishmateriallari” aksiyadorlik jamiyati” soʻzlari “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
