Samarqand shahrida 2019-2022-yillarda amalga oshiriladigan ulkan bunyodkorlik ishlari toʻgʻrisida (415-son)
17.05.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Shanxay Hamkorlik Tashkilotining 2022-yilda Samarqand shahrida boʻlib oʻtishi kutilayotgan Sammitiga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan yuklatilgan aniq topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Samarqand shahrida 2019 — 2021-yillarda quriladigan va koʻchiriladigan ichimlik suvi hamda kanalizatsiya tarmoqlarining manzilli roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
Samarqand shahrida 2019 — 2022-yillarda quriladigan, taʼmirlanadigan va rekonstruksiya qilinadigan avtomobil yoʻllari, barpo etiladigan tonnel va koʻpriklarning manzilli roʻyxati 2-ilovaga muvofiq;
Samarqand shahrida tabiiy gaz, elektr energiyasi va aloqa tarmoqlari holatini yaxshilash boʻyicha tadbirlarning manzilli roʻyxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Samarqand shahrida 2019 — 2021-yillarda quriladigan va koʻchiriladigan ichimlik suvi hamda kanalizatsiya tarmoqlari boʻyicha:
markazlashgan mablagʻlar boʻyicha Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligini, “Abu-Dabi taraqqiyot jamgʻarmasi”ning mablagʻlari boʻyicha Samarqand viloyati hokimligini — buyurtmachi etib;
markazlashgan mablagʻlar boʻyicha “Oʻzbekkommunalloyihaqurilish” DUK — bosh loyihachi etib;
Moliya vazirligi huzuridagi Suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamgʻarmasi, respublika budjeti hamda “Abu-Dabi taraqqiyot jamgʻarmasi”ning mablagʻlari — moliyalashtirish manbai etib belgilansin.
3. Belgilansinki:
Samarqand shahrida 2019 — 2022-yillarda avtomobil yoʻllari, koʻpriklar, yoʻl oʻtkazgichlar va tonnellarni qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlari respublika budjeti mablagʻlari va “Abu-Dabi taraqqiyot jamgʻarmasi” mablagʻlari hisobidan;
Samarqand shahrida tabiiy gaz, elektr energiyasi va aloqa tarmoqlarini koʻchirish va yangilarini qurish ishlari tegishliligi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
4. Shanxay Hamkorlik Tashkilotining 2022-yilda Samarqand shahrida boʻlib oʻtishi kutilayotgan Sammiti doirasida:
Samarqand shahrida amalga oshiriladigan qurilish-montaj, taʼmirlash, rekonstruksiya ishlari loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash bilan bir vaqtda amalga oshirilishiga;
loyihachi, pudratchi tashkilotlarni toʻgʻridan-toʻgʻri eng yaxshi takliflar asosida tanlovlarsiz belgilab olishga mutasaddi vazirliklar, idoralar hamda Samarqand viloyati hokimligiga, istisno tariqasida, ruxsat berilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2020-yil va kelgusi yillar uchun Investitsiya dasturlarini shakllantirishda qarorda nazarda tutilgan loyihalar belgilangan tartibda kiritilishini taʼminlasin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi:
mutasaddi idoralar bilan birgalikda Samarqand shahrining Bosh rejasini hamda markaziy qismining batafsil rejalashtirish loyihasini ishlab chiqib, 2019-yil 1-avgustga qadar tasdiqlanishini;
Shanxay Hamkorlik Tashkilotining 2022-yilda Samarqand shahrida boʻlib oʻtishi kutilayotgan Sammiti doirasida quriladigan va rekonstruksiya qilinadigan obyekt va inshootlarning joylashuvi masalalarini Bosh reja hamda markaziy qismining batafsil rejalashtirish loyihasi tasdiqlangunga qadar loyihalashtirish jarayonida tezkor kelishilishini taʼminlasin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov, Bosh vazirning oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov va Samarqand viloyati hokimi E.O. Turdimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 17-may,
415-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-maydagi 415-son qaroriga 1-ILOVA
Samarqand shahrida 2019 — 2021-yillarda quriladigan va koʻchiriladigan ichimlik suvi hamda kanalizatsiya tarmoqlarining
MANZILLI ROʻYXATI
T/r Ishlar bajariladigan koʻchalar nomi Amalga oshirish muddati Ish hajmi, km Loyiha qiymati, mlrd soʻm Moliyalashtirish manbai Buyurtmachi tashkilot 1. “Samarkand city” turistik zonasi hududidan oʻtuvchi kanalizatsiya tarmogʻini koʻchirish 2019-2020-yy. 0,9 2,6 Suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimini rivojlantirish jamgʻarmasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi 2. Samarqand shahridagi “Boʻstonsaroy” va “A. Temur” koʻchalari kesishmasidan “Samarqand xalqaro aeroporti”gacha boruvchi ichimlik suv tarmogʻini qurish 2019-2020-yy. 6,0 18,9 3. Samarqand shahridagi “Samarqand xalqaro aeroporti”dan Dagbid koʻchasigacha boruvchi kanalizatsiya tarmogʻini tortish 2019-2020-yy. 7,7 11,2 4. Laxutiy koʻchasidan Roʻdakiy koʻchasi boʻylab SP-3 ONSgacha kanalizatsiya tarmogʻini tortish 2019-2020-yy. 0,8 1,2 5. Xoʻja Ahror Valiy majmuasidan Gulobod koʻchasi orqali Termiz koʻchasigacha kanalizatsiya va ichimlik suvi tarmoqlarini tortish 2019 — 2021-yy. 6,2 10,7 6. M. Ulugʻbek rasadxonasidan boshlab, Afrosiyob, V. Abdullayev va Ibn Sino koʻchalari boʻylab ichimlik suv tarmogʻini qurish 2020-2021-yy. 5,7 18,1 “Abu-Dabi taraqqiyot jamgʻarmasi” Samarqand viloyati hokimligi 7. A. Temur koʻchasi boʻylab S. Buxoriy koʻchasigacha ichimlik suv tarmogʻini qurish 2020-2021-yy. 2,7 5,0 8. Ibn Sino va Dahbet koʻchalari kesishmasida qurilayotgan yoʻl oʻtkazgichlar hududidan kanalizatsiya va ichimlik suvi tarmoqlarini koʻchirish 2019-2020-yy. 2,2 2,5 9. Boʻstonsaroy va Rudakiy koʻchalari kesishmasida qurilayotgan yoʻl oʻtkazgichlar hududidan kanalizatsiya va ichimlik suvi tarmoqlarini koʻchirish 2019-2020-yy. 1,4 5,8 10. M. Ulugʻbe� va Gagarin koʻchalari kesishmasida qurilayotgan yoʻl oʻtkazgichlar hududidan kanalizatsiya va ichimlik suvi tarmoqlarini koʻchirish 2019-2020-yy. 2,3 10,9 11. Buyuk Ipak yoʻlidan Narpay koʻchasi orqali Kimyogarlar qoʻrgʻonigacha kanalizatsiya va ichimlik suvi tarmoqlarini tortish va yangi suv inshootini qurish 2020-2021-yy. 5,5 15,9 “Abu-Dabi taraqqiyot jamgʻarmasi” Samarqand viloyati hokimligi 12. M-37 avtoyoʻlidan Gagarin koʻchasi orqali Gulobod koʻchasigacha ichimlik suvi tarmogʻini tortish va mavjud suv inshootini taʼmirlash 2020-2021-yy. 6,6 69,4 13. Temiryoʻl vokzalidan Beruniy koʻchasi orqali M. Ulugʻbek chorrahasigacha, tramvay yoʻli ostida qolgan kanalizatsiya tarmogʻini koʻchirish 2020-2021-yy. 2,4 5,8 14. Ibn-Sino koʻchasidan Maroqand koʻchasi orqali Shohi-Zinda obidasigacha boʻlgan masofada ichimlik suvi tarmogʻini tortish 2020-2021-yy. 2,0 11,1 15. Zehniy koʻchasidan Juyisoy mahallasi orqali M-39 avtomagistraligacha ichimlik suvi tarmogʻini tortish 2020-2021-yy. 1,5 1,1 16. Panjekent koʻchasidan Motrudiy majmuasigacha ichimlik suvi tarmogʻini tortish 2020-2021-yy. 0,7 0,5 Jami 54,7 190,8
Izoh: Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish jarayonlarida talab etiladigan mablagʻlar va moliyalashtirish manbalariga belgilangan tartibda tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-maydagi 415-son qaroriga 2-ILOVA
Samarqand shahrida 2019 — 2022-yillarda quriladigan, taʼmirlanadigan va rekonstruksiya qilinadigan avtomobil yoʻllari, barpo etiladigan tonnel va koʻpriklarning
MANZILLI ROʻYXATI
T/r Koʻchalar nomi Yoʻl uzunligi, km Loyiha qiymati, mlrd soʻm Amalga oshirish muddati Moliyalashtirish manbasi Buyurtmachi tashkilot Avtomobil yoʻllari 1. Boʻstonsaroy koʻchasidan A. Temur koʻchasi orqali Gagarin chorrahasidan oʻtib, Tong koʻchasigacha boʻlgan qismini rekonstruksiya qilish 8,0 176,0 2019 — 2021-y. “Abu-Dabi taraqqiyot jamgʻarmasi” mablagʻlari Samarqand viloyati hokimligi 2. M-37A avtomobil yoʻlidan Gagarin koʻchasi orqali Gulobod koʻchasigacha boʻlgan avtomobil yoʻlini qurish va qayta qurish (koʻprik va yoʻl oʻtkazgichlardan tashqari) 10,0 220,0 2019 — 2021-y. 3. Gagarin koʻchasidan Goʻroʻgʻli koʻchasi va Xalqlar doʻstligi mahallasi orqali M-37a avtombil yoʻligacha rekonstruksiya qilish 6,0 132,0 2021-2022-y. 4. Panjikent koʻchasining S. Ayniy koʻchasidan M-39 avtomobil yoʻli aylanasigacha boʻlgan qismini rekonstruksiya qilish 4,0 88,0 2020 — 2022-y. 5. Beruniy koʻchasidan Ibn Xoldun koʻchasi orqali 4R-46 avtomobil yoʻligacha yangi yoʻl qurish 2,1 46,2 2020 — 2022-y. 6. Narpay va Fitrat koʻchalarining Gagarin koʻchasidan M-37a aylanma yoʻligacha boʻlgan qismini rekonstruksiya qilish 9,5 209,0 2020 — 2022-y. 7. Boʻstonsaroy koʻchasining Mirzo Ulugʻbek koʻchasidan Universitet xiyobonigacha boʻlgan qismini rekonstruksiya qilish 1,0 22,0 2020-y. 8. Jomiy koʻchasini toʻla taʼmirlash 2,5 37,5 2020 — 2022-y. “Abu-Dabi taraqqiyot jamgʻarmasi” mablagʻlari Samarqand viloyati hokimligi 9. Vobkent koʻchasidan Al-Motrudiy majmuasigacha turistlar uchun yangi yoʻl qurish 1,0 22,0 2020-y. 10. Chuqur koʻchasining Rudakiy koʻchasidan M. Qoshgʻariy koʻchasigacha boʻlgan qismini rekonstruksiya qilish 2,0 44,0 2020 — 2022-y. 11. Maroqand koʻchasining Ibn Sino koʻchasidan Siyob bozorigacha boʻlgan qismini toʻla taʼmirlash 2,0 30,0 2020 — 2022-y. 12. S. Ayniy koʻchasidan Zehniy va Zarafshon koʻchalari orqali M-37a avtomobil yoʻligacha boʻlgan qismini toʻla taʼmirlash 4,5 67,5 2020 — 2022-y. 13. Termiz koʻchasidan Dashtaki bola mahallasi orqali M-37a avtomobil yoʻligacha boʻlgan qismini rekonstruksiya qilish 3,4 74,8 2020-2021-y. 14. Navoiy shoh koʻchasining Chuqur yoʻl koʻchasidan Beruniy koʻchasigacha boʻlgan qismini rekonstruksiya qilish va qurish 5,0 110,0 2021-2022-y. 15. Oʻzbekiston koʻchasini A. Jomiy koʻchasidan Koʻl mahallasigacha yoʻlni rekonstruksiya qilish 6,0 132,0 2021-2022-y. 16. Firdavsiy koʻchasining A. Jomiy koʻchasidan Panjob koʻchasi orqali Tong koʻchasigacha boʻlgan oraligʻini toʻla taʼmirlash 7,0 105,0 2021-2022-y. 17. Sulaymon Buxoriy koʻchasini Amir Temur koʻchasidan Ali Qushchi koʻchasigacha rekonstruksiya qilish 1,6 35,2 2021-y. 18. M. Baraka koʻchasining M. Ulugʻbek koʻchasidan A. Temur koʻchasigacha boʻlgan qismini toʻla taʼmirlash 1,0 15,0 2021-2022-y. 19. Kulolon koʻchasining Registon koʻchasidan Termiz koʻchasigacha boʻlgan qismini toʻla taʼmirlash 0,9 13,5 2021-2022-y. “Abu-Dabi taraqqiyot jamgʻarmasi” mablagʻlari Samarqand viloyati hokimligi 20. M. Qoshgʻariy koʻchasining — Chuqur koʻchasidan M. Bobir koʻchasigacha boʻlgan qismini toʻla taʼmirlash 2,0 30,0 2021-2022-y. 21. Shohruh koʻchasining Universitet xiyobonidan Qabristongacha boʻlgan qismini toʻla taʼmirlash 2,5 37,5 2021-2022-y. 22. Samarqand shahridagi “Boʻstonsaroy” va “Mirzo Ulugʻbek” koʻchalari kesishmasidan “Samarqand xalqaro aeroporti” gacha olib boruvchi koʻchada 8-b tasmali avtomobil yoʻlini rekonstruksiya qilish 5,7 130,0 2019 — 2021-y. Respublika budjeti “Mintaqaviy yoʻllarga buyurtmachi xizmati” DUK 23. Roʻdakiy koʻchasining Beruniy koʻchasidan Siyob bozorigacha boʻlgan qismini rekonstruksiya qilish 5,0 85,0 2019 — 2022-y. 24. Gulobod koʻchasining G-34 avtomobil yoʻlidan A-378 avtomobil yoʻlining aylanasigacha boʻlgan qismini rekonstruksiya qilish 3,9 98,0 2019 — 2022-y. 25. Xoʻja Axror Valiy koʻchasidan Termez koʻchasigacha boʻlgan oraliqda yangi loyihaviy G-34 avtomobil yoʻlini qurish 1,0 2,8 2019-2020-y. 26. Shohi-Zinda koʻchasidan Hujum fabrikasi orqali Al-Motrudiy majmuasiga olib boruvchi koʻchalarni rekonstruksiya qilish 1,5 42,0 2019-2020-y. Jami 99,1 2 005,0 x x x Tonnel va koʻpriklar qurilishi 27. Boʻstonsaroy va Rudakiy koʻchalari kesishuvidagi transport tonneli qurilishi 0,53 68,0 2019-2020-y. “Abu-Dabi taraqqiyot jamgʻarmasi” mablagʻlari Samarqand viloyati hokimligi 28. M. Ulugʻbek va Gagarin kesishuvidagi transport tonneli qurilishi 0,47 64,0 2019-2020-y. 29. Siyob kanali ustidan oʻtuvchi koʻprik 0,37 85,0 2019-2020-y. 30. Daxbet va Ibn Sino kesishuvidagi transport tonnel qurilishi 0,50 70,0 2019-2020-y. 31. Rudakiy va Gagarin chorrahalarida quriladigan tonnel 0,40 70,0 2020-2021-y. “Abu-Dabi taraqqiyot jamgʻarmasi” mablagʻlari Samarqand viloyati hokimligi 32. Gagarin koʻchasida temir yoʻl ustidan oʻtuvchi koʻprik 0,10 60,0 2020-2021-y. 33. Q. Rumiy koʻchasi boʻylab 4R-46 avtomobil yoʻlidan yoʻl oʻtkazgich qurilishi 0,12 67,0 2020-2021-y. 34. “R. Xamrayev” xoʻjaligi hududidan Samarqand shahri markazi bilan bogʻlovchi “Qaradaryo” daryosi ustidan oʻtuvchi yoʻl oʻtkazish koʻprigini qurish 0,54 80,5 2019-2020y. 35. Ibn Xoldun koʻchasini temir yoʻl ustidan oʻtuvchi yoʻl oʻtkazgich qurilishi 0,34 70,0 2020 — 2022y. 36. Gagarin koʻchasidan M-37 avtomobil yoʻliga chiqish uchun Siyob kanali ustidan koʻprik 0,50 90,0 2020 — 2022-y. Jami 3,87 724,50 x x x JAMI 103,0 2 729,5 x x x
Izoh: Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish jarayonlarida talab etiladigan mablagʻlar va moliyalashtirish manbalariga belgilangan tartibda tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-maydagi 415-son qaroriga 3-ILOVA
Samarqand shahrida tabiiy gaz, elektr energiyasi va aloqa tarmoqlari holatini yaxshilash boʻyicha tadbirlarning
MANZILLI ROʻYXATI
T/r Obyektlar manzili Uzunligi, km Loyiha qiymati, mlrd soʻm I. Tabiiy gaz tarmoqlari holatini yaxshilash tadbirlari. 2019-yilda 1. M. Ulugʻbek chorrahasidan Boʻstonsaroy koʻchasi orqali Samarqand xalqaro aeroportigacha 1,5 1,1 2. 4R-46 koʻchasidan Ibn Xoldun koʻchasi orqali va Rudakiy koʻchasi orqali Shohi-Zindagacha 0,9 0,8 3. Boʻstonsaroy chorrahasidan Amir Temur koʻchasi orqali “SamAVTO” gacha (3 km qismi bruschatka) 5,2 8,5 4. G-34 koʻchasidan Gulobod koʻchasi orqali Xoʻja Ahror Valiy majmuasigacha 2,6 0,7 5. Buyuk Ipak Yoʻli koʻchasidan Narpay koʻchasi orqali Kimyogarlar qoʻrgʻonigacha 1,1 8,0 6. Boʻstonsaroy va Rudakiy koʻchalarida quriladigan tonnel hududida 1,0 0,7 7. M. Ulugʻbek va Gagarin koʻchalarida quriladigan tonnel hududida 1,1 0,5 8. M-37 avtomobil yoʻlidan Gagarin koʻchasi orqali Gulobod koʻchasigacha 18,2 7,2 9. Registon koʻchasida 11,5 15,2 Jami 43,1 42,6 2020-yil 10. Mir-Said Baraka koʻchasi 1,5 0,6 11. Suzangaron koʻchasi 1,8 1,4 12. Xusayn Boyqaro koʻchasi 1,5 2,8 13. Xoʻjaqishloq mahallasi 3,0 3,6 14. Kulolon koʻchasi 1,6 0,6 Jami 9,4 9,0 JAMI (tabiiy gaz boʻyicha) 52,5 51,6 II. Elektr energiyasi tarmoqlari holatini yaxshilash tadbirlari. 2019-yilda 1. M. Ulugʻbek chorrahasidan Boʻstonsaroy koʻchasi orqali Samarqand xalqaro aeroportigicha 10 12,0 2. 4R-46 koʻchasidan Ibn Xoldun koʻchasi orqali va Rudakiy koʻchasi orqali Shohi-Zindagacha 15 18,0 3. Boʻstonsaroy chorrahisidan Amir Temur koʻchasi orqali SamAVTO gacha (3 km kismi bruschatka) Boʻstonsaroy koʻchasidan Gagarin koʻchasigacha 12,5 15,0 Gagarin koʻchasidan SamAVTO gacha 2,5 4,0 4. G-34 koʻchasidan Gulobod koʻchasi orqali Xoʻja Ahror Valiy majmuasigacha 8 9,6 5. Boʻstonsaroy va Rudakiy koʻchalarida quriladigan �onnel hududida 2,5 3,0 6. M. Ulugʻbek va Gagarin koʻchalarida quriladigan tonnel hududida 3,5 4,2 7. Gagarin koʻchasi A. Temur koʻchasidan Rudakiy koʻchasigacha 10 12,0 8. Registon koʻchasidan Penjikent koʻchasi orqali M-39 koʻchasigacha 14 21,0 9. 35 kVli Registon nimstansiyasidan Afrosiyob nimstansiyasigacha Dagbit koʻchasi va Registon koʻchalari oraligʻidagi Panjikent koʻchasi boʻylab 35kVli L-Sherdor L-Chinor tarmogʻini yangilash 14,1 28,2 10. Yangi qurilishi moʻljallangan Namozgoh nimstansiyasigacha Afrosiyob nimstansiyasidan 35kVli tarmogʻini qurish 12 24,0 Jami 104,1 151,0 2020-yilda 11. M-37 avtomobil yoʻlidan Gagarin koʻchasi orqali Gulobod koʻchasigacha 8 9,6 12. Buyuk Ipak yoʻlidan Narpay koʻchasi orqali Kimyogarlar qoʻrgʻonigacha 12 14,4 13. Rudakiy koʻchasi Gagarin koʻchasidan M-37 koʻchasigacha 10 12,0 14. Ibn Xoldun koʻchasidan 4P-46 Spitamen shoh koʻchasigacha 5 6,0 15. Boʻstonsaroy koʻchasidan Registon koʻchasi orqali Panjikent koʻchasi chorrahasigacha 8 9,6 16. Penjikent koʻchasidan Sadriddin Ayniy koʻchasi orqali G-34 koʻchasigacha 6 9,0 17. Universitet hiyobonidan Termiz koʻchasi orqali M-37 koʻchasigacha 8 9,6 18. Shohi Zinda va Registon koʻchalari oraligʻidagi Toshkent koʻchasi 16,75 18,5 19. 35 kVli Markaziy nimstansiyasidan Shimoliy nimstansiyasigacha Bogʻishamol nimstansiya orqali Gagarin koʻchasidagi tarmoqni almashtirish 5,2 10,4 Jami 78,95 99,1 JAMI (elektr energiyasi boʻyicha) 183,05 250,1 III. Aloqa tarmoqlarini tortish. 2019-yilda 1. Boʻstonsaroy va M. Ulugʻbek koʻchalari kesishmasidan Rudakiy koʻchasigacha hamda Rudakiy va Ibn-Sino kesishmasidan Samarqand xalqaro aeroportigacha 10,1 6,7 2. Beruniy koʻchasidan Rudakiy koʻchasi orqali Shohi-Zinda majmuasigacha 10,3 6,9 3. G-34 va Gulobod koʻchalari kesishmasidan Samarqand tumanidagi Xoʻja Ahror Valiy majmuasigacha 5,8 3,9 4. Boʻstonsaroy koʻchasidan A. Temur koʻchasi orqali Gagarin chorrahasigacha 4,8 3,8 5. Rudakiy chorrahasidan Gagarin koʻchasi orqali Firdavsiy koʻchasigacha 3,4 5,8 6. Shohi-Zinda koʻchasidan Hujum fabrikasi orqali Al-Motrudiy majmuasigacha 1,5 1,0 Jami 35,9 28,1 2020-yilda 7. Beruniy koʻchasidan Ibn Xoldun koʻchasi boʻylab 4R-46 avtomobil yoʻligacha 4,5 1,0 8. G-34 Rezidensiya koʻchasida 2,1 0,4 9. Gagarin chorrahasidan — M37A avtomobil yoʻligacha 3,1 0,91 10. Gagarin chorrahasidan A. Temur koʻchasi orqali Sam AVTO zavodigacha 4,4 1,8 11. Firdavsiy chorrahasidan Gagarin koʻchasi boʻylab Gulobod koʻchasigacha 5,8 1,7 12. Panjikent koʻchasi — S. Ayniy koʻchasidan M-39 avtomobil yoʻli aylanasining 1086 km qismigacha 8,5 2,0 13. Boʻstonsaroy koʻchasi — Mirzo Ulugʻbek koʻchasidan — Universitet hiyobonigacha 2,2 0,8 14. Narpay koʻchasi — Buyuk Ipak yoʻlidan — M-37a aylanma yoʻligacha (4K 565 a/yoʻli orqali) 16,7 3,8 15. Abdurahmon Jomiy koʻchasida 5,5 1,2 16. Vobkent koʻchasidan Al-Motrudiy majmuasigacha 2,1 0,3 17. Chuqur koʻchasidan — M. Qoshgʻariy koʻchasigacha 4,2 0,9 18. Maroqand koʻchasi — Ibn Sino koʻchasidan Siyob bozorigacha 4,1 0,4 19. Zexiniy koʻchasi — S. Ayniy koʻchasidan M-39 avtomobil yoʻligacha 7,5 1,8 20. Termiz koʻchasi — Dashtaki bola qishlogʻigacha 6,9 1,6 Jami 77,6 18,6 2021-yilda 21. Navoiy shoh koʻchasi Beruniy koʻchasigacha 5,1 1,7 22. Oʻzbekiston koʻchasi — A. Jomiy koʻchasidan Koʻl qishlogʻigacha 8,6 2,1 23. Firdavsiy koʻchasi — A. Jomiy koʻchasidan Panjob koʻchasi oxirigacha 8,7 1,5 24. G-34 koʻchasi — Universitet hiyobonidan Lutfiy koʻchasigacha 1,1 0,3 25. Tong koʻchasidan Xishrav qoʻrgʻonining markaziy koʻchasigacha 2,5 0,6 26. Tong koʻchasini rekonstruksiya qilish doirasida Ali Qushchi koʻchasidan — Narpay koʻchasigacha 2,4 0,6 27. Sulaymon Buxoriy koʻchasini rekonstruksiya qilish doirasida Amir Temur koʻchasidan — Ali Qushchi koʻchasigacha 1,8 0,4 28. Ali Qushchi koʻchasini rekonstruksiya qilish doirasida Buyuk Ipak yoʻli koʻchasidan — S. Buxoriy koʻchasigacha 1,8 0,8 29. Registon koʻchasi-Universitet hiyobonidan Panjakent koʻchasigacha 2,8 0,7 30. Chuqur koʻchasi davomi Rudakiy koʻchasidan-Afrosiyob koʻchasigacha 6,7 1,5 31. Zarafshon shoh koʻchasi M-37a avtomobil yoʻlidan Zexiniy koʻchasigacha 4,6 1,1 32. Mirzo Ulugʻbek hiyoboni oxiridan 4N- 513 avtomobil yoʻligacha 1,3 0,7 33. Q. Rumiy koʻchasidan Yoʻl oʻtkazgich 4R-46 yoʻligacha 0,38 0,8 34. Fitrat koʻchasi — Buyuk Ipak yoʻli koʻchasidan Gagarin koʻchasigacha 3,2 0,8 35. S. Ayniy koʻchasi — G-34 koʻchasidan Zexniy koʻchasigacha 8,6 2,1 36. M.S. Baraka koʻchasi — M. Ulugʻbek koʻchasidan A. Temur koʻchasigacha 2,3 0,6 37. Kulolon koʻchasi — Registon koʻchasidan Termiz koʻchasigacha 1,9 0,3 38. M. Qoshgʻariy koʻchasi — Chuqur koʻchasidan Mirzo Bobir koʻchasigacha 4,3 1,1 39. Shohruh koʻchasidan — Universitet hiyobonidan qabristongacha 5,4 1,6 40. Turkiston koʻchasidan Boʻzi mahallasi orqali M-37a avtomobil yoʻligacha 11,3 2,1 41. M-37 avtomobil yoʻlining 6 km dan Polatdarxon — Farhod shaharchasi orqali M-39 avtomobil yoʻlining 1078 km ga chiqish yoʻligacha 28,2 2,9 42. Termiz chorrahasida tonnel qurish doirasida 1,0 0,5 Jami 113,9 24,8 JAMI (aloqa tarmogʻi boʻyicha) 227,42 71,52 JAMI (tabiiy gaz, elektr energiyasi va aloqa tarmoqlari boʻyicha) 463,0 373,2
Izoh: Talab etiladigan mablagʻlarga loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilgandan keyin aniqlik kiritiladi.
