Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat tibbiyot muassasalari va sogʻliqni saqlashni boshqarish organlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 7-noyabrdagi PQ-4007-son qarori) (398-son)
13.05.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat tibbiyot muassasalari va sogʻliqni saqlashni boshqarish organlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 7-noyabrdagi PQ-4007-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda ular qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A.K. Shadmanov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 13-may,
398-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 398-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 12-maydagi 284-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 5-son, 71-modda):
a) 1-ilovaning 61-bandiga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“murojaat shaklidan (elektron shaklda yoki oʻzi kelgan holda) qatʼi nazar davlat boji summasining 20 foizi budjetdan tashqari Rivojlantirish va sogʻliqni saqlashni boshqarish organlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasining hisob raqamlariga oʻtkaziladi”;
b) 4-ilovaning 44-bandiga quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi qoʻshilsin:
“20 foizi murojaat qilish shaklidan (elektron shaklda yoki oʻzi kelgan holda) qatʼi nazar — budjetdan tashqari Rivojlantirish va sogʻliqni saqlashni boshqarish organlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasining hisob raqamlariga oʻtkaziladi”;
toʻrtinchi xatboshi beshinchi xatboshi deb hisoblansin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-iyundagi 405-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 6-son, 111-modda) bilan tasdiqlangan Tibbiy faoliyatni litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning 41-bandida:
a) quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi qoʻshilsin:
“20 foizi murojaat qilish shaklidan (elektron shaklda yoki oʻzi kelgan holda) qatʼi nazar — budjetdan tashqari Rivojlantirish va sogʻliqni saqlashni boshqarish organlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasining hisob raqamlariga oʻtkaziladi”;
b) toʻrtinchi xatboshi beshinchi xatboshi deb hisoblansin.
