Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi rasmiy hujjatlarning davlat namunasini tasdiqlash haqida (393-son)
13.05.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻn bir yillik majburiy umumiy oʻrta taʼlim tizimiga izchil oʻtishni taʼminlash, takomillashtirilgan davlat taʼlim standarti va oʻquv dasturlari asosida umumiy oʻrta taʼlim muassasalari bitiruvchilariga davlat namunasidagi rasmiy hujjatlarni berish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Tayanch oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi shahodatnomaning davlat namunasi va uning tavsifi 1-ilovaga muvofiq;
Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi shahodatnomaning davlat namunasi va uning tavsifi 2-ilovaga muvofiq;
Psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabni (maktab-internat) tamomlaganlik toʻgʻrisidagi sertifikat namunasi va uning tavsifi 3-ilovaga muvofiq;
Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisida davlat namunasidagi rasmiy hujjatlarni berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi Xalq taʼlimi vazirligi buyurtmasiga muvofiq zarur miqdordagi umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisida davlat namunasidagi rasmiy hujjatlar blankalarini Moliya vazirligi bilan kelishgan holda chop etsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan taqdim etilgan asoslangan hisob-kitoblarga asosan umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisida davlat namunasidagi rasmiy hujjatlar blankalarini chop etish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish uchun zarur mablagʻlarni belgilangan tartibda nazarda tutsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda ular qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.A. Abduhakimov va Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri Sh.X. Shermatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 13-may,
393-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 393-son qaroriga 1-ILOVA
Tayanch oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi shahodatnomaning davlat namunasi va uning tavsifi
Tayanch oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi shahodatnomaning tavsifi
Tayanch oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi shahodatnoma 210 x 148 mm oʻlchamli, vertikal joylashgan, toʻq havorang (aʼlo darajali shahodatnoma toʻq qizil rangli) koʻrinishga ega. Uning yuza tomonida yuqori qismiga “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI, RESPUBLIKA UZBEKISTAN, REPUBLIC OF UZBEKISTAN”, quyi qismiga “TAYANCN OʻRTA TAʼLIM TOʻGʻRISIDA SNANODATNOMA, ATTESTAT O BAZOVOM SREDNEM OBRAZOVANII, CERTIFICATE OF BASIC SECONDARY EDUCATION” aʼlo darajali shahodatnomaga “TAYANCN OʻRTA TAʼLIM TOʻGʻRISIDA AʼLO DARAJALI SNANODATNOMA, ATTESTAT O BAZOVOM SREDNEM OBRAZOVANII S OTLIChIYEM, CERTIFICATE OF BASIC SECONDARY EDUCATION WITN NONOURS” soʻzlari yoziladi va markaziga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushiriladi.
Shahodatnomaning ichki har ikki varagʻida: “shahodatnoma” TM, “aʼlo darajali shahodatnoma” TM-A harfi va yettita raqamli tartib raqam yoziladi.
Qogʻoz tafsiloti:
qogʻoz — 100% paxta, qalinligi 120 ± 5 g/m2, oqartirgichsiz, aks etmaydigan ultrabinafsha nuri;
yorugʻlikda yaxshi koʻrinadigan “paxta koʻsagi” koʻrinishidagi asosiy uch oʻlchovli suv belgisi;
koʻrinmaydigan tola qizil va yashil tusda, qogʻoz qatlamida tartibsiz joylashgan, uzunligi 2,5 — 3 mm, “kiprik” shaklida ultrabinafsha nurlari ostida koʻrinadi.
Bosma tafsiloti:
Ustki qism:
bosma jarayonida eksklyuziv kimyoviy turgʻun matbaa boʻyoqlari qoʻllaniladi;
asosiy foni (shahodatnoma — toʻq havorang, aʼlo darajali shahodatnoma — toʻq qizil rang) relyef tangir setka shaklidagi rasmdan tashkil topgan;
blankaning oʻng tomoni markazida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri chop etiladi, diametri 30 mm;
matn qora rangda chop etiladi.
Ichki qism:
asosiy foni (shahodatnoma — toʻq havorang, aʼlo darajali shahodatnoma — toʻq qizil rang) ikki tangir setkadan iborat va xar xil burilish burchaklarida joylashgan ingichka chiziqlarni aks etgan ornamental rasmdan tashkil topgan;
ornamental rasmdagi tanger setkaning birida “REPUBLIC OF UZBEKISTAN” soʻzi takrorlanadigan kichik matnda yozilgan. Nusxa koʻchirishdan himoya sifatida xizmat qiladi;
blankaning chap tomonida oʻzgaruvchan rangda OVI boʻyogʻi ishlatilgan ochiq kitob tasviri tushirilgan;
blankaning ikki tomon markazida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining koʻrinmaydigan tasviri tushirilgan, diametri 40 mm;
yetti xonali raqam qora fluoressensiya boʻyogʻida chop etiladi, ultrabinafsha nurlarida yashil rangda yorugʻlik sochadi.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 393-son qaroriga 2-ILOVA
Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi shahodatnomaning davlat namunasi va uning tavsifi
Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi shahodatnomaning tavsifi
Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi shahodatnoma 210 x 148 mm oʻlchamli, vertikal joylashgan, yashil (kumush medal bilan attestat — kul rang, aʼlo darajali oltin medal bilan — oltin sariq rang) rangli koʻrinishga ega.
Uning yuza tomonida yuqori qismiga “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI, RESPUBLIKA UZBEKISTAN, REPUBLIC OF UZBEKISTAN”, quyi qismiga “UMUMIY OʻRTA TAʼLIM TOʻGʻRISIDA SNANODATNOMA, ATTESTAT OB OBShEM SREDNEM OBRAZOVANII, CERTIFICATE OF GENERAL SECONDARY EDUCATION” aʼlo darajali attestatga “UMUMIY OʻRTA TAʼLIM TOʻGʻRISIDA AʼLO DARAJALI SNANODATNOMA, ATTESTAT OB OBShEM SREDNEM OBRAZOVANII S OTLIChIYEM, CERTIFICATE OF GENERAL SECONDARY EDUCATION WITN NONOURS” soʻzlari yoziladi va markaziga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushiriladi.
Shahodatnomaning ichki har ikki varagʻida: “shahodatnoma” UM, “kumush medal bilan shahodatnoma” UM-K “aʼlo darajali oltin medal” UM-O harfi va yettita raqamli tartib raqami yoziladi.
Qogʻoz tafsiloti:
qogʻoz — 100% paxta, qalinligi 120 ± 5 g/m2, oqartirgichsiz, aks etmaydigan ultrabinafsha nuri;
yorugʻlikda yaxshi koʻrinadigan “paxta koʻsagi” koʻrinishidagi asosiy uch oʻlchovli suv belgisi;
koʻrinmaydigan tola qizil va yashil tusda, qogʻoz qatlamida tartibsiz joylashgan, uzunligi 2,5 — 3 mm, “kiprik” shaklida ultrabinafsha nurlari ostida koʻrinadi.
Bosma tafsiloti:
Ustki qism:
bosma jarayonida eksklyuziv kimyoviy turgʻun matbaa boʻyoqlari qoʻllaniladi;
asosiy foni (shahodatnoma — yashil rang, kumush medal bilan shahodatnoma — kul rang, aʼlo darajali oltin medal — oltin sariq rang) relyef tangir setka shaklidagi rasmdan tashkil topgan;
blankaning oʻng tomoni markazida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri chop etiladi, diametri 30 mm;
matn qora rangda chop etiladi.
Ichki qism:
asosiy foni (shahodatnoma — yashil rang, kumush medal bilan shahodatnoma — kul rang, aʼlo darajali oltin medal — oltin sariq rang) ikki tangir setkadan iborat va xar xil burilish burchaklarida joylashgan ingichka chiziqlarni aks etgan ornamental rasmdan tashkil topgan;
ornamental rasmdagi tanger setkaning birida “REPUBLIC OF UZBEKISTAN” soʻzi takrorlanadigan kichik matnda yozilgan. Nusxa koʻchirishdan himoya sifatida xizmat qiladi;
blankaning chap tomonida oʻzgaruvchan rangda OVI boʻyogʻi ishlatilgan ochiq kitob tasviri tushirilgan;
blankaning ikki tomon markazida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining koʻrinmaydigan tasviri tushirilgan, diametri 40 mm;
yetti xonali raqam qora fluoressensiya boʻyogʻida chop etiladi, ultrabinafsha nurlarida yashil rangda yorugʻlik sochadi.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 393-son qaroriga 3-ILOVA
Psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabni (maktab-internat) tamomlaganlik toʻgʻrisidagi sertifikat namunasi va uning tavsifi
Psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabni (maktab-internat) tamomlaganlik toʻgʻrisidagi sertifikat tavsifi
Psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabni (maktab-internatni) tamomlaganlik toʻgʻrisida sertifikat 210 x 148 mm oʻlchamli, vertikal joylashgan, binafsha rangli koʻrinishga ega. Uning yuza tomonida yuqori qismiga “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI, RESPUBLIKA UZBEKISTAN, REPUBLIC OF UZBEKISTAN”, quyi qismiga “SERTIFIKAT, SERTIFIKAT, CERTIFICATE” soʻzlari yoziladi va markaziga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushiriladi.
Sertifikatning ichki har ikki varagʻida: S harfi va yettita raqamli tartib raqami yoziladi.
Qogʻoz tafsiloti:
qogʻoz — 100% paxta, qalinligi 120 ± 5 g/m2, oqartirgichsiz, aks etmaydigan ultrabinafsha nuri;
yorugʻlikda yaxshi koʻrinadigan “paxta koʻsagi” koʻrinishidagi asosiy uch oʻlchovli suv belgisi;
koʻrinmaydigan tola qizil va yashil tusda, qogʻoz qatlamida tartibsiz joylashgan, uzunligi 2,5 — 3 mm, “kiprik” shaklida ultrabinafsha nurlari ostida koʻrinadi.
Bosma tafsiloti:
Ustki qism:
bosma jarayonida eksklyuziv kimyoviy turgʻun matbaa boʻyoqlari qoʻllaniladi;
asosiy foni binafsha rang, relyef tangir setka shaklidagi rasmdan tashkil topgan;
blankning oʻng tomoni markazida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri chop etiladi, diametri 30 mm;
matn qora rangda chop etiladi.
Ichki qism:
asosiy foni binafsha rang ikki tangir setkadan iborat va xar xil burilish burchaklarida joylashgan ingichka chiziqlarni aks etgan ornamental rasmdan tashkil topgan;
ornamental rasmdagi tanger setkaning birida “REPUBLIC OF UZBEKISTAN” soʻzi takrorlanadigan kichik matnda yozilgan. Nusxa koʻchirishdan himoya sifatida xizmat qiladi;
blankaning chap tomonida oʻzgaruvchan rangda OVI boʻyogʻi ishlatilgan ochiq kitob tasviri tushirilgan;
blankaning ikki tomon markazida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining koʻrinmaydigan tasviri tushirilgan, diametri 40 mm;
yetti xonali raqam qora fluoressensiya boʻyogʻida chop etiladi, ultrabinafsha nurlarida yashil rangda yorugʻlik sochadi.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 393-son qaroriga 4-ILOVA
Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi rasmiy davlat hujjatlarini bitiruvchilarga berish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalari hamda nodavlat taʼlim xizmatlari faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslarga (keyingi oʻrinlarda davlat va nodavlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalari deb ataladi) umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi rasmiy davlat hujjatlarini tayyorlashga buyurtma berish, ularni tayyorlash, saqlash va bitiruvchilarga berish tartibini belgilaydi.
2. Tayanch oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi shahodatnoma Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi va taʼlim yoʻnalishi boʻyicha xalqaro bitimni imzolagan davlatlar hududidagi akademik litseylarga, umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi shahodatnoma kasb-hunar kollejlari va oliy taʼlim muassasalariga kirish uchun hujjatlarni topshirish hamda tanlov natijalariga koʻra taʼlim olishni davom ettirish huquqini beradi.
3. Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi rasmiy davlat hujjatlari (keyingi oʻrinlarda — shahodatnoma va sertifikat) quyidagicha nomlanadi:
a) tayanch oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi shahodatnoma (9-sinf);
umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi aʼlo darajali shahodatnoma (9-sinf);
b) umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi shahodatnoma (11-sinf);
umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi (kumush medal bilan) shahodatnoma (11-sinf);
umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi aʼlo darajali (oltin medal bilan) shahodatnoma (11-sinf);
v) psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabni (maktab-internat) tamomlaganlik toʻgʻrisidagi sertifikat.
2-bob. Shahodatnoma va sertifikat blankalariga buyurtma berish, saqlash, hisobga olish va joylarga yetkazish
4. Shahodatnoma va sertifikat blankalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq taʼlimi boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda hududiy boshqarmalar deb ataladi) hamda tizimida umumiy oʻrta taʼlim muassasalari mavjud boʻlgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning yozma buyurtmalari asosida shakllantirilgan Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining buyurtmasiga binoan ushbu Nizomga 1-ilovadagi sxemasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan muhofazalangan qogʻozda chop etiladi.
5. Hududiy boshqarmalar va tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlarida shahodatnoma va sertifikat blankalarini saqlash, hisobga olish va joylarga yetkazish boʻyicha masʼul xodimlar (keyingi oʻrinlarda masʼul shaxslar deb ataladi) belgilanadi.
Shahodatnoma va sertifikat blankalarini olish va tarqatishga masʼul xodimlardan boshqa shaxslarni jalb qilish qatʼiyan taqiqlanadi.
Hududiy boshqarmalar va tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlaridagi masʼul shaxslar vaqtinchalik boʻlmagan yoki boshqa ishga oʻtgan taqdirda shahodatnoma va sertifikat blankalarini saqlash, hisobga olish va joylarga yetkazish vazifasi boshqa shaxslarga yuklatiladi.
6. Shahodatnoma va sertifikat blankalari hududiy boshqarmalarga har yili 1-iyunga qadar yuboriladi.
Boshqa vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning tizimida boʻlgan umumiy oʻrta taʼlim muassasalari hamda nodavlat umumtaʼlim tashkilotlari shahodatnoma va sertifikat blankalarini joylashgan manzili boʻyicha hududiy boshqarmalardan oladi.
7. Hududiy boshqarmalarga yuboriladigan shahodatnoma va sertifikat blankalarining buyurtmalari davlat statistika hisoboti koʻrsatkichiga mos kelishi yoki undan oshmasligi lozim.
8. Hududiy boshqarmalar shahodatnoma va sertifikat blankalarini olganlaridan soʻng ularning sonini va tartib raqamlarini yuk xati boʻyicha tekshiradi. Tekshirish yakuniga koʻra shahodatnoma va sertifikat blankalarining qabul qilib olinganligi toʻgʻrisida dalolatnoma tuziladi. Dalolatnoma hududiy boshqarma boshligʻi hamda masʼul shaxs tomonidan imzolanadi va muhr bilan tasdiqlanadi. Dalolatnoma nusxasi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligiga 5 ish kunidan kechiktirmay joʻnatiladi.
9. Hududiy boshqarmalarga olib kelingan shahodatnoma va sertifikat blankalari Shahodatnoma va sertifikatni hisobga olish va tarqatish daftarida hisobga olinadi va seyfda saqlanadi.
10. Boshqa vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning tizimida boʻlgan umumiy oʻrta taʼlim muassasalari hamda nodavlat umumtaʼlim tashkilotlari shahodatnoma va sertifikat blankalarini olganligi toʻgʻrisidagi dalolatnomani tegishliligi boʻyicha bevosita hududiy boshqarmalarga taqdim etadi.
11. Shahodatnoma va sertifikat blankalarining tarqatilgani haqidagi hisobot hamda Shahodatnoma va sertifikatni hisobga olish va tarqatish daftarini hududiy boshqarmalarning masʼul shaxsi nazoratdan oʻtkazadi.
12. Hududiy boshqarmalar shahodatnoma va sertifikat blankalarini har yili 5-iyunga qadar tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi masʼul shaxsiga ishonchnoma asosida beradi.
Tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlariga beriladigan shahodatnoma va sertifikatlar soni 9, 11-sinflar boʻyicha yakuniy shahodatnomaga qoʻyilgan oʻquvchilar soni asosida belgilanadi.
13. Bitiruvchilarning yakuniy attestatsiyasi natijalariga koʻra tuzilgan baholar vedomostlarini va pedagogik kengashning shahodatnoma va sertifikat berish haqidagi qaroridan koʻchirmani umumiy oʻrta taʼlim muassasalari direktorlari tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlariga, boshqa vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning tizimida boʻlgan umumiy oʻrta taʼlim muassasalari hamda nodavlat umumtaʼlim tashkilotlari direktorlari tegishliligi boʻyicha hududiy boshqarmalarga topshirishi shart.
14. Tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlaridan har yili 8-iyunga qadar shahodatnoma va sertifikat blankalari umumiy oʻrta taʼlim muassasalari direktorlariga beriladi va bu haqida dalolatnoma tuziladi.
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari direktorlari shahodatnoma va sertifikat blankalarini bitiruvchilarga berishni taʼlim muassasasi pedagogik kengashining umumiy oʻrta taʼlim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy attestatsiyasi natijalari haqidagi qarori, 8, 9 hamda 10, 11-sinf jurnallari asosida amalga oshiradi.
15. Hududiy boshqarmalar, tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari har bir davlat va nodavlat umumiy oʻrta taʼlim muassasasiga berilayotgan shahodatnoma va sertifikat blankalarining soni, ularning tartib raqamlari Shahodatnoma va sertifikatni hisobga olish va tarqatish daftarida qayd etilishini nazoratga oladilar.
Boshqa vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning tizimida boʻlgan umumiy oʻrta taʼlim muassasalari hamda nodavlat umumtaʼlim tashkilotlarining bitiruvchilariga berilgan shahodatnoma va sertifikat blankalarining soni, ularning tartib raqamlarining umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining Shahodatnoma va sertifikatni hisobga olish va tarqatish daftarida qayd etilishi hududiy boshqarmalar tomonidan qatʼiy nazoratga olinadi.
16. Har yili 15-iyunga qadar davlat va nodavlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalari pedagogik kengashining umumiy oʻrta taʼlim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy attestatsiyasi natijalari haqidagi qarori asosida bitiruvchilarga shahodatnoma va sertifikat blankalari toʻldiriladi.
3-bob. Shahodatnoma va sertifikat blankalarini toʻldirish
17. Shahodatnoma va sertifikat blankalarini toʻldirish tartibi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan belgilanadi.
Shahodatnoma va sertifikat blankalari oʻquvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjat (tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma, agar 16 yoshga toʻlgan boʻlsa — pasport) va sinf jurnallaridagi maʼlumotlar asosida toʻldiriladi.
18. Umumiy oʻrta taʼlim muassasasida shahodatnoma va sertifikat blankalarini toʻldirish boʻyicha masʼul xodim belgilanadi.
19. Shahodatnoma va sertifikat direktorning imzosi hamda davlat va nodavlat umumiy oʻrta taʼlim muassasasi muhri bilan tasdiqlanadi. Muhr aniq va oʻqilishi oson boʻladigan holda tushiriladi. Davlat va nodavlat umumiy oʻrta taʼlim muassasasining muhri boʻlmagan shahodatnoma va sertifikat haqiqiy hisoblanmaydi.
20. Yakuniy attestatsiyalarni eksternat tartibida topshirgan shaxslar shahodatnomaning yuqori qismi oʻng burchagiga “ekstern” soʻzi yoziladi.
21. Shahodatnoma va sertifikatda yozuvlarni oʻchirib, qayta toʻgʻrilashga yoki biror ustunning toʻldirilmay qolishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
22. Shahodatnoma va sertifikat blankalarining toʻgʻri toʻldirilishi, baholarning haqqoniy qoʻyilishi boʻyicha javobgarlik shaxsan davlat va nodavlat umumiy oʻrta taʼlim muassasasi direktoriga yuklanadi.
23. Shahodatnoma va sertifikat blankalarini toʻldirish jarayonida xatoliklarga yoʻl qoʻyilgan taqdirda masʼul xodimlarga nisbatan qonunchilikda belgilangan choralar koʻriladi va bu haqdagi buyruqdan koʻchirma hamda boshqa zarur hujjatlar asosida buzilgan shahodatnoma va sertifikat blankalari oʻrniga yangi nusxalari hududiy boshqarmalardan olinadi. Ushbu blankalar Shahodatnoma va sertifikatni hisobga olish va tarqatish daftarining “Asos” ustuniga “buzilgan blankalar oʻrniga” deb yozib qoʻyiladi.
Buzilgan shahodatnoma va sertifikat blankalari toʻgʻrisida davlat va nodavlat umumiy oʻrta taʼlim muassasasida dalolatnoma tuziladi. Buzilgan shahodatnoma va sertifikatning tartib raqamlari qirqib olinadi va alohida qogʻozga yopishtirilib, dalolatnomaning asl nusxasiga ilova qilingan holda hududiy boshqarmalarga qaytariladi.
24. Buzilgan shahodatnoma va sertifikat blankalari har yili 15-avgustga qadar hududiy boshqarmalar tomonidan dalolatnoma asosida yoʻq qilinadi.
Dalolatnomada yoʻq qilingan shahodatnoma va sertifikat blankalarning nomi, soni va tartib raqami koʻrsatiladi. Dalolatnoma masʼul shaxs va bosh buxgalter tomonidan imzolanadi va hududiy boshqarmalar rahbarlari tomonidan tasdiqlanadi.
Dalolatnoma nusxasi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligiga yuboriladi.
4-bob. Shahodatnoma va sertifikatni bitiruvchilarga topshirish
25. Har yili 10-iyunga qadar davlat va nodavlat umumiy oʻrta taʼlim muassasasi direktorining oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosarlari bitiruvchilarning baholarini, oʻquv-tarbiya jarayoni bilan bogʻliq hujjatlarni (sinf jurnali, baholar tabeli) oʻrganadi va shahodatnoma va sertifikat bilan taqdirlanadigan bitiruvchilar roʻyxatini shakllantiradi hamda pedagogik kengashga taqdim etadi.
Har yili 15-iyunga qadar davlat va nodavlat taʼlim muassasasi pedagogik kengashi bitiruvchilarni shahodatnoma va sertifikat bilan taqdirlash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
26. Davlat va nodavlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida bitiruvchilarga shahodatnoma va sertifikat har yili 20-iyunga qadar tantanali ravishda topshiriladi.
Shahodatnoma va sertifikatlarni tantanali ravishda topshirish tadbiri bitiruvchilarda Vatani, xalqi, taʼlim muassasasi bilan faxrlanish tuygʻulari va ular bilan gʻururlanish hislarini shakllantiradigan ssenariy asosida oʻtkaziladi.
27. Bitiruvchilarga berilgunga qadar toʻldirilgan shahodatnoma va sertifikat blankalari, Shahodatnoma va sertifikatni hisobga olish va tarqatish daftari davlat va nodavlat umumiy oʻrta taʼlim muassasasi rahbarining seyfida saqlanadi.
28. Eksternat tartibida taʼlim dasturi boʻyicha yakuniy attestatsiyadan oʻtgan shaxslarga shahodatnomalar berish eksternat tartibida imtihon olish huquqi berilgan taʼlim muassasasi direktorlari tomonidan amalga oshiriladi.
29. Bitiruvchilar shahodatnoma va sertifikatni olgani haqida Shahodatnoma va sertifikatni hisobga olish va tarqatish daftariga imzo qoʻyadi.
30. Shahodatnoma va sertifikatni hisobga olish va tarqatish daftarida xatolikka yoʻl qoʻyilsa, ushbu xatolar tegishli izohlar bilan tuzatiladi. Daftardagi barcha yozuvlar davlat va nodavlat umumiy oʻrta taʼlim muassasasida direktori imzosi hamda taʼlim muassasasining muhri bilan tasdiqlanadi.
Shahodatnoma va sertifikatni hisobga olish va tarqatish daftari hududiy boshqarmalar, tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlarining masʼul shaxslari tomonidan tekshiruvdan oʻtkaziladi.
31. Uzrli sabablarga (kasalligi, xalqaro koʻrik tanlov va musobaqalarda ishtirok etganligi, vaqtincha xorijiy mamlakatda safarda boʻlganligiga) koʻra vaqtida berilmagan shahodatnoma va sertifikat bitiruvchilarga berilgunga qadar toʻldirilgan holda davlat va nodavlat umumiy oʻrta taʼlim muassasasi direktorining seyfida saqlanadi.
32. Toʻldirilmagan shahodatnoma va sertifikat blankalari tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlariga, boshqa vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning tizimida boʻlgan umumiy oʻrta taʼlim maktablari hamda nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari tomonidan hududiy boshqarmalarga uch kun davomida qaytarilishi shart. Toʻldirilmagan shahodatnoma va sertifikatlarni davlat va nodavlat umumiy oʻrta taʼlim muassasasida saqlash qatʼiyan taqiqlanadi.
33. Toʻldirilmagan blankalar yoʻqolgan hollarda davlat va nodavlat umumiy oʻrta taʼlim muassasasi direktori bu haqda darhol tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimiga va ichki ishlar organlariga xabar qiladi, bunda yoʻqolgan shahodatnoma va sertifikatning tartib raqami koʻrsatilib, yoʻqotish bilan bogʻliq vaziyatlar aniq bayon qilinadi.
34. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari direktorlari tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlariga, boshqa vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning tizimida boʻlgan umumiy oʻrta taʼlim muassasalari hamda nodavlat umumtaʼlim tashkilotlari direktorlari hududiy boshqarmalarga bitiruvchilarga topshirilgan shahodatnoma va sertifikat boʻyicha har yili 1-iyulga qadar hisobot beradi.
35. Tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari shahodatnoma va sertifikatlarning topshirilishi boʻyicha hisobotlar tuzadi va hududiy boshqarmalarga har yili 1-avgustga qadar yetkazadi.
36. Hududiy boshqarmalar shahodatnoma va sertifikatlarning topshirilishi boʻyicha hisobotlarni umumlashtirib, har yili 15-avgustga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligiga yuboradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan har yili 1-sentabrga qadar shahodatnoma va sertifikatlarning tarqatilganligi haqida elektron hisobot yuritiladi.
37. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari bitiruvchilarini shahodatnoma va sertifikatlar bilan taqdirlash tartibi ushbu Nizomga 2-ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
38. Toʻldirilmasdan qaytarilgan shahodatnoma va sertifikatlar Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligida zaxira sifatida saqlanadi.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
44. Hududiy boshqarmalar, tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari, davlat va nodavlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalari rahbarlari ushbu Nizom talablariga rioya qilinishi uchun shaxsan javob beradilar.
45. Ushbu Nizomning buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar belgilangan tartibda javob beradilar.
Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi rasmiy davlat hujjatlarini bitiruvchilarga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari bitiruvchilari uchun shahodatnoma va sertifikat blankalariga buyurtma berish va chop etish tartibi
SXEMASI
Bosqichlar Ijrochilar Tadbirlar Muddatlar 1-bosqich Umumiy oʻrta taʼlim muassasasi direktori a) bitiruvchilarning baholarini, oʻquv-tarbiya jarayoni bilan bogʻliq hujjatlarni (sinf jurnali, baholar tabeli) oʻrganish; b) shahodatnoma va sertifikat beriladigan bitiruvchilar roʻyxatini shakllantirish; v) tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlariga buyurtmani taqdim etish Tegishli oʻquv yilining 15-noyabriga qadar 2-bosqich Tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari, boshqa vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning tizimida boʻlgan umumiy oʻrta taʼlim muassasalari hamda nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari rahbarlari Shahodatnoma va sertifikat blankalarini olish uchun buyurtmalarni hududiy boshqarmalarga taqdim etish Tegishli oʻquv yilining 25-noyabriga qadar 3-bosqich Hududiy xalq taʼlimi boshqarmalari rahbarlari Buyurtmalarni umumlashtirib, Xalq taʼlimi vazirligiga taqdim etish Tegishli oʻquv yilining 1-dekabriga qadar 4-bosqich Xalq taʼlimi vazirligi Buyurtmalarni umumlashtirib, “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasiga buyurtma berish Tegishli oʻquv yilining 15-dekabriga qadar 5-bosqich “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi Xalq taʼlimi vazirligining buyurtmasi asosida shahodatnoma va sertifikat blankalarini tayyorlash va chop etish Tegishli oʻquv yilining 1-mayiga qadar
Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi rasmiy davlat hujjatlarini bitiruvchilarga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari bitiruvchilarini shahodatnoma va sertifikatlar bilan taqdirlash tartibi
SXEMASI
Bosqichlar Ijrochilar Tadbirlar Muddatlar 1-bosqich Taʼlim muassasasi direktorining oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari a) bitiruvchilarning baholarini, oʻquv-tarbiya jarayoni bilan bogʻliq hujjatlarni (sinf j�rnali, baholar tabeli) oʻrganish; b) shahodatnoma va sertifikat bilan taqdirlanadigan bitiruvchilar roʻyxatini shakllantirish; v) shahodatnoma va sertifikat bilan taqdirlanadigan bitiruvchilar roʻyxatini Pedagogik kengashga taqdim etish Tegishli oʻquv yilining 10-iyuniga qadar 2-bosqich Pedagogik kengash Bitiruvchilarni shahodatnoma va sertifikat bilan taqdirlash toʻgʻrisida qaror qabul qilish Tegishli oʻquv yilining 15-iyuniga qadar 3-bosqich Davlat va nodavlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalari Bitiruvchilarga shahodatnoma va sertifikatni tantanali ravishda topshirish Tegishli oʻquv yilining 20-iyuniga qadar 4-bosqich 1. Umumiy oʻrta taʼlim muassasasi direktorlari 2. Boshqa vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning tizimida boʻlgan umumiy oʻrta taʼlim muassasalari hamda nodavlat umumtaʼlim tashkilotlari direktorlari 1. Tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlariga bitiruvchilarga topshirilgan shahodatnoma va sertifikat boʻyicha hisobotlarni taqdim etish 2. Hududiy boshqarmalarga bitiruvchilarga topshirilgan shahodatnoma va sertifikat boʻyicha hisobotlarni taqdim etish Tegishli oʻquv yilining 1-iyulga qadar 5-bosqich Tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari Shahodatnoma va sertifikatlarning topshirilishi boʻyicha hisobotlar tuzish va hududiy boshqarmalarga yetkazish Tegishli oʻquv yilining 1-avgustga qadar 6-bosqich Hududiy boshqarmalar Shahodatnoma va sertifikatlarning topshirilishi boʻyicha hisobotlarni umumlashtirish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligiga taqdim etish Tegishli oʻquv yilining 15-avgustga qadar 7-bosqich Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi Shahodatnoma va sertifi�atlarning tarqatilganligi haqida elektron hisobot yuritish Tegishli oʻquv yilining 1-sentabrga qadar
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 393-son qaroriga 5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan ayrim qarorlari roʻyxati
1. Vazirlar Mahkamasining “Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi shahodatnomaning davlat namunasini tasdiqlash haqida” 2003-yil 2-iyundagi 235-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” (Vazirlar Mahkamasining “Xalq taʼlimi hududiy organlari tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2011-yil 1-martdagi 52-son qarori) 2011-yil 20-iyundagi 184-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2011-yil, 25-son, 261-modda) ilovaning 1-bandi.
