Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (2437-III-son)
03.04.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Qoʻshma qarori
2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 28-bandida belgilangan vazifalarni sifatli va oʻz vaqtida ijro etilishini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
1. Viloyat, tuman, shahar hokimlarining xalq deputatlari Kengashi raisi sifatidagi maqomini bekor qilish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Chora-tadbirlar dasturidagi vazifalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun masʼul vazirlik, idora va tashkilotlar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi belgilansin.
3. Mazkur Qoʻshma qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari S. Otamuratov va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining oʻrinbosari S. Artikova zimmasiga yuklansin.
4. Ushbu Qoʻshma qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2019-yil 3-aprel,
2437-III-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi N. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
2019-yil 3-aprel,
KQ-527-III-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2019-yil 3-apreldagi № 2437–III/KQ-527–III-sonli Qoʻshma qaroriga ILOVA
Viloyat, tuman, shahar hokimlarining xalq deputatlari Kengashi raisi sifatidagi maqomini bekor qilish boʻyicha
ChORA-TADBIRLAR DASTURI
T/r Tadbirlar nomi Amalga oshirish shakli Ijro muddati Masʼul ijrochilar I. Tashkiliy tadbirlar 1. Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyati, ularga raislik qiluvchi nomzodlarni ilgari surish va saylash tartibi, ularning maqomi va vakolatlari, deputatlarning doimiy asosda faoliyat olib borishini tashkil etish boʻyicha ilgʻor xorijiy mamlakatlar amaliyotini oʻrganish Axborot-tahliliy maʼlumot 2019-yil aprel Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti, Vazirlar Mahkamasi 2. Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini takomillashtirishga oid mavzularda olib borilgan fundamental va amaliy-ilmiy tadqiqotlarni oʻrganish Axborot-tahliliy maʼlumot 2019-yil may Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti, Davlat boshqaruv akademiyasi, Toshkent davlat yuridik universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti 3. Hokimning xalq deputatlari Kengashi raisi sifatidagi maqomi bekor qilinishi munosabati bilan kelib chiqishi mumkin boʻlgan masalalarni joylarga chiqib oʻrganish (Kengashning faoliyatini qayta tashkil etish, binoga joylashtirish, shtat birliklariga ehtiyoj va boshqa masalalar), natijasi boʻyicha aniq takliflarni oʻz ichiga olgan maʼlumotnoma tayyorlash Joylarga chiqib oʻrganish va maʼlumotnoma 2019-yil iyun Ishchi guruhi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tuman va shaharlar Kengashlari II. Qonun hujjatlarini muvofiqlashtirishga qaratilgan tadbirlar 4. Amaldagi qonun hujjatlarini toʻliq inventarizatsiya qilish Oʻzgartish va qoʻshimcha kiritiladigan qonun hujjatlaridagi normalarning roʻyxati 2019-yil aprel-may Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 5. Hokimning xalq deputatlari Kengashi raisi sifatidagi maqomi bekor qilinishi yuzasidan ijtimoiy soʻrovlar oʻtkazish Ijtimoiy soʻrov 2019-yil aprel-may “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini oʻrganish Respublika markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalari 6. Oʻrganishlar va inventarizatsiya natijalaridan kelib chiqib, hoki�ning xalq deputatlari Kengashi raisi sifatidagi maqomini bekor qilish, ularga mahalliy ijro organidan alohida ravishda rahbarlik qiluvchi raislar nomzodini koʻrsatish va saylash tartibi, Kengashlarning mahalliy ijro organlari, davlat boshqaruvi organlari hududiy boʻlinmalari faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish boʻyicha vakolat doirasini kengaytirish masalalarini koʻrib chiqish va qonunchilikka tegishli takliflar tayyorlash Axborot-tahliliy maʼlumot Qonun loyihasining konsepsiyasi 2019-yil may Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti, Adliya vazirligi 7. Qonunchilikka oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan tayyorlangan takliflarning mutaxassis va ekspertlar ishtirokidagi muhokamasini tashkil etish Davra suhbatlari 2019-yil may-iyun Senat, Qonunchilik palatasi, Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti, Adliya vazirligi 8. “Hokimning xalq deputatlari Kengashi raisi sifatidagi maqomini bekor qilish munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va ayrim qonun hujjatlariga tegishli oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish Qonun loyihasi 2019-yil iyun Vazirlar Mahkamasi, Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti
