Tumanda 2019-yilda transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida (X-222/02-son)
11.02.2019
Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 1-2-son, 17-modda) bilan tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami 2012-yil 17-son 229-moddada) ijrosini taʼminlash maqsadida “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi qonunini (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi axborotnomasi 1993-yil 9-son 320-modda)ning 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
1. Tuman hududida joylashgan barcha yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan transport vositalari majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilsin.
2. Majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha tuman komissiyasining tarkibi 1-ilovaga, texnik koʻrikdan oʻtkazish jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Transport vositalari qoʻyidagi davriylikka muvofiq texnik koʻrikdan oʻtkazilsin:
tijorat asosida yoʻlovchilar tashish uchun foydalaniladigan yengil avtomobillar, avtobuslar va oʻtiriladigan joylar soni 8 ta va undan ortiq boʻlgan, odamlarni muntazam tashish uchun jihozlangan yuk avtomobillari, yirik gabaritli, ogʻir vaznli va xavfli yuklarni tashish uchun maxsus transport vositalari va ularga tirkamalar — bir yilda ikki marta;
ishlab chiqarilganligiga besh yildan koʻp boʻlmagan transport vositalari (mazkur bandning ikkinchi xatboshida koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari) — ikki yilda bir marta;
ishlab chiqarilgan yilini hisobga olgan holda ishlab chiqarilganligiga besh yildan ortiq boʻlgan transport vositalari, shuningdek ishlab chiqarilgan vaqti aniqlanmagan transport vositalari (mazkur bandning ikkinchi xat boshida koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari) — bir yilda bir marta;
tirkamalar koʻrikka transport vositasi — shatakchi uchun belgilangan muddatlarda.
4. Qarorning 3-bandi ikkinchi xat boshida koʻrsatilgan transport vositalarining texnik koʻrigi:
birinchi marta — 1-mart — 30-iyunda;
ikkinchi marta — 1-sentabr — 31-oktabrda oʻtkaziladi.
yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi 1-mart — 30-iyunda oʻtkaziladi.
jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi 1-yanvar — 31-avgustda oʻtkazilsin.
5. Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tuman komissiyasi rahbariga:
transport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish normalari va qoidalariga rioya etilishi ustidan samarali nazoratni tashkil etish;
transport vositalarining texnik holati va uskunalari yoʻl harakati xavfsizligi standartlari, qoidalari, normalariga muvofiqligini baholash yuklatilsin.
6. Tumandagi barcha transport vositalari egalari boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslarga transport vositalarini texnik pasporti bilan birgalikda texnik koʻrikdan oʻtkazilishini, ularning texnik jihatdan sozligini va oʻz vaqtida reja jadval asosida koʻrikdan oʻtkazish majburiyati yuklatilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-son “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori 3-bandiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligining ichki va soqchilik qoʻshinlari, Milliy xavfsizlik xizmatining harbiy boʻlinmalari transport vositalari koʻrsatib oʻtilgan idoralar tomonidan belgilangan tartibda majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilishi inobatga olinsin.
8. Transport vositalari texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga muvofiq yigʻim undirilsin.
9. Dehqonobod tuman hokimining 2018-yil 17-fevraldagi X-213/02-sonli qarori “Tumanda 2019-yilda avtomototransport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi tasdiqlanib rasman eʼlon qilingan kundan boshlab oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
10. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish tuman hokimi oʻrinbosari S. Samadov zimmasiga yuklatilsin.
11. Mazkur qaror rasman eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hokim Z. ALIQULOV
Dehqonobod t.,
2019-yil 11-fevral,
X-222/02-son
Dehqonobod tuman hokimining 2019-yil 11-fevraldagi X-222/02-sonli qaroriga 1-ILOVA
Dehqonobod tumani hududida 2019-yil avtomototransport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish komissiyasi
TARKIBI
Dehqonobod tuman hokimining 2019-yil 11-fevraldagi X-222/02-sonli qaroriga 2-ILOVA
Dehqonobod tumanida mavjud boʻlgan tashkilot, korxona va avtoxoʻjaliklarga tegishli avtomototransport vositalarining 2019-yilgi majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish
JADVALI
T/r Avtoxujalik va tashkilotning nomi Joylashgan manzili Koʻrikdan oʻtadigan kuni Vaqti Koʻrikdan utadigan joyi Transport vositasi soni 1. Tuman veterinariya boʻlimi Qarashina shaharchasi 09-00 Abdulahad nur savdo x/k 3 2. “Kaliyli oʻgʻitlar” zavodi Beshbuloq qishlogʻi 09-00 Abdulahad nur savdo x/k 47 3. “Istiqlol” va “Shodlik” x/f.lari Qarashina shaharchasi 09-00 Abdulahad nur savdo x/k 23 4. “Abbos” x/f Qarashina shaharchasi 09-00 Abdulahad nur savdo x/k 1 5. Oʻrmon xoʻjaligi Qarashina shaharchasi 09-00 Abdulahad nur savdo x/k 6 6. Tuman YXTPTFK Qarashina shaharchasi 09-00 Abdulahad nur savdo x/k 6 7. Tuman “Elektr tarmoqlari” Qarashina shaharchasi 09-00 Abdulahad nur savdo x/k 7 8. Enter Enijeering PTE L.T.D. Gumbuloq qishlogʻi 09-00 Abdulahad nur savdo x/k 441 9. DSENM Qarashina shaharchasi 09-00 Abdulahad nur savdo x/k 3 10. Tuman “Tibbiyot birlashmasi” Qarashina shaharchasi 09-00 Abdulahad nur savdo x/k 27 11. “Vatanparvar” MKT Qarashina shaharchasi 09-00 Abdulahad nur savdo x/k 15 12. “Abdiraimota” x/f Qarashina shaharchasi 09-00 Abdulahad nur savdo x/k 4 13. “Koinottrans” M.Ch.J Qarashina shaharchasi 09-00 Abdulahad nur savdo x/k 13 14. “Dolchin” M.Ch.J Oqqishloq 09-00 Abdulahad nur savdo x/k 7 15. “Payvandlash” x/k Qarashina shaharchasi 09-00 Abdulahad nur savdo x/k 6 16. “Ulugʻbek” x/f Qarashina shaharchasi 09-00 Abdulahad nur savdo x/k 5 17. “Qarashina Texnoservis” x/k Qarashina shaharchasi 09-00 Abdulahad nur savdo x/k 4 18. Abduraxmanov Axrorbek x/f Qarashina shaharchasi 09-00 Abdulahad nur savdo x/k 3 19. “Koinotgazplyus” M.Ch.J Qarashina shaharchasi 09-00 Abdulahad nur savdo x/k 1 20. “Ruxshonobonuchiroy” x/f Navobod qishlogʻi 09-00 Abdulahad nur savdo x/k 2 21. “Qishloq va suv” xoʻjaligi Qarashina shaharchasi 09-00 Abdulahad nur savdo x/k 1 22. “Diamond” komfort servis ITK x/k Qarashina shaharchasi 09-00 Abdulahad nur savdo x/k 1 23. “Fayzullo ota” f/x Qarashina shaharchasi 09-00 Abdulahad nur savdo x/k 1 24. “Shodlik” x/k Qarashina shaharchasi 09-00 Abdulahad nur savdo x/k 1 25. “Zebinso” xususiy savdo dukoni Bibiqorasoch qishlogʻi 09-00 Abdulahad nur savdo x/k 2 26. Musurmonqulova Sadoqat Roʻzimurodovna x/k Qum qishlogʻi 09-00 Abdulahad nur savdo x/k 1 27. Tumandagi fermer xoʻjaliklari Qarashina shaharchasi 09-00 Abdulahad nur savdo x/k 234
