2019-2020-yillarda Sirdaryo viloyatining Xovos tumani yangi markazini qurish yuzasidan amaliy chora-tadbirlarni tasdiqlash toʻgʻrisida (380-son)
07.05.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Sirdaryo viloyati Xovos tumanining yangi markazi qurilishini taʼminlash, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini hamda ijtimoiy soha obyektlarini yangidan qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash orqali tuman aholisiga qulay sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 2019-2020-yillarda Sirdaryo viloyatining Xovos tumani markazini rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi (keyingi oʻrinlarda dastur deb ataladi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga dastur parametrlarining bajarilishini taʼminlash boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, tijorat banklari faoliyatini muvofiqlashtirish va monitoring qilish vazifasi yuklansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi:
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, tijorat banklari tomonidan dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning belgilangan muddatlarda amalga oshirilishini tahlil qilib borsin va muvofiqlashtirsin;
dastur bajarilishining monitoringi olib borilishini tashkil etsin va muammoli masalalarni har oyda tizimli ravishda koʻrib chiqsin, ularni hal etish yuzasidan tezkor va amaliy choralar koʻrsin;
zarurat boʻlganda, tayyorlangan va belgilangan tartibda kelishilgan loyiha hujjatlari asosida dasturga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Sirdaryo viloyati hokimligi, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, tijorat banklari, loyiha tashabbuskorlari bilan birgalikda dasturga kiritilgan loyihalarni amalga oshirish boʻyicha loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish, qurilish-montaj ishlarini bajarish, zamonaviy texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlash va ularni foydalanishga topshirishning aniq muddatlari koʻrsatilgan tarmoq jadvallarini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligining Saudiya taraqqiyot jamgʻarmasi ishtirokida “Zamonaviy uy-joylarni va tegishli infratuzilmalarni qurish dasturi” boʻyicha qarz bitimlaridan tejalgan mablagʻlarni Sirdaryo viloyati Xovos tumanida koʻp qavatli arzon uy-joylar qurilishini qoʻshimcha moliyalashtirish uchun yoʻnaltirish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Xovos tumani markazida 2019-yilda qurilishi rejalashtirilgan 10 ta besh qavatli arzon uy-joylarni moliyalashtirish uchun Islom taraqqiyot bankining “Qishloq hududlarida zamonaviy arzon uy-joylar qurish” loyihasi doirasida hamda Saudiya taraqqiyot jamgʻarmasi ishtirokida “Zamonaviy uy-joylarni va tegishli infratuzilmalarni qurish dasturi” boʻyicha 2019-yilda quriladigan koʻp qavatli arzon uy-joylar soni va sarflanadigan mablagʻlar miqdorini Islom taraqqiyot banki va Saudiya taraqqiyot jamgʻarmasi bilan belgilangan tartibda kelishsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, “Qishloq qurilish invest” MChJ IK Xovos tumani markazida 2019-yilda yana 10 ta besh qavatli arzon uy-joylar qurilishi va muhandislik-kommunikatsiya obyektlarini barpo etish uchun xalqaro moliya institutlari mablagʻlarini jalb etish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
8. Tijorat banklariga ular tomonidan quriladigan 10 ta koʻp qavatli uy-joylar uchun fuqarolarga ajratiladigan ipoteka kreditlarini 10 yil muddatga 3 yillik imtiyozli davr bilan Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasidan oshmagan miqdorda berish tavsiya etilsin.
Belgilab qoʻyilsinki:
pudratchi tashkilotlarga Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasidan oshmagan miqdorda oʻn sakkiz oy imtiyozli davr bilan 2 yilga kredit mablagʻi ajratiladi;
mazkur uy-joy qurilishida qatnashadigan pudratchi tashkilotlarga, istisno tariqasida, “Oʻzmetkombinat” va “Bekobodsement” aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan sement va metall mahsulotlari birja kotirovkalarining oʻrtacha narxlarida toʻgʻridan-toʻgʻri sotilishiga ruxsat beriladi.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi ikki oy muddatda:
mahalliy va tranzit yoʻnalishlarni hamda yoʻl harakati xavfsizligini hisobga olgan holda, “Xovos-Dashtobod” yoʻnalishidagi A 376 “Qoʻqon-Jizzax” avtomobil yoʻlining 219 — 242 kilometr qismidagi yoʻl yoqasini obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish va sugʻorish tizimini tashkil etish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqsin;
“Xovos-Dashtobod” yoʻnalishidagi A 376 “Qoʻqon-Jizzax” avtomobil yoʻlining 219 — 242 kilometr qismidagi yoʻl yoqasini obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish va sugʻorish tizimini tashkil etishni amalda bajarilgan ishlar hajmlariga koʻra, joriy yilda davlat budjetidan umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini joriy taʼmirlash va saqlash uchun ajratilgan mablagʻlar hisobidan amalga oshirsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Energetika vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi dastur doirasida Xovos tumani markazida yangi obyektlarni qurish ishlarini belgilangan muddatlarda yakunlash choralarini koʻrsinlar.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi Sirdaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda mavjud resurs va texnik imkoniyatlardan kelib chiqqan holda, dastur doirasidagi qurilish loyihalarini amalga oshirishda gʻisht, asfaltbeton va sementbeton mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi tashkilotlarga elektr energiyasi va tabiiy gaz uzluksiz yetkazib berilishini taʼminlasin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi Sirdaryo viloyati hokimligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda dasturda nazarda tutilgan investitsiya loyihalarini joriy va kelgusi yillar uchun Oʻzbekiston Respublikasini Investitsiya dasturini shakllantirishda inobatga olsin.
13. Sirdaryo viloyatining Xovos tumani sektorlari rahbarlari dastur parametrlarining oʻz vaqtida va toʻliq amalga oshirilishi uchun biriktirilgan hududda loyiha tashabbuskorlariga koʻmaklashib, yuzaga kelgan muammolarni aniqlash va bartaraf etish choralarini koʻrsin hamda ularning faoliyati natijadorligi yuzasidan asoslangan xulosa va takliflarni Sirdaryo viloyati hokimligiga kiritib borsin.
14. Sirdaryo viloyati hokimligi dasturdagi tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi boʻyicha loyiha tashabbuskorlari faoliyatining natijadorligini viloyat va tuman faollari yigʻilishlarida muhokama qilsin hamda amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borilishini taʼminlasin.
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov, Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vaziri B.A. Xoʻjayev va Sirdaryo viloyati hokimi Gʻ.Gʻ. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 7-may,
380-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-maydagi 380-son qaroriga ILOVA
2019-2020-yillarda Sirdaryo viloyatining Xovos tumani markazini rivojlantirish chora-tadbirlari
DASTURI
t/r Tadbirlar nomi Oʻlchov birligi Quvvati Loyiha qiymati, mln.soʻm 2019-yil 2020-yil Moliyalashtirish manbai Masʼul vazirlik va idoralar Xovos tumani boʻyicha jami 292168,1 183268,1 108900 1. Yoʻl-transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish va rivojlantirish 1.1. Xalqaro ahamiyatdagi yoʻllarni rekonstruksiya qilish 1. M-34 “Toshkent — Dushanbe” avtomobil yoʻlining 145 — 152 km qismini rekonstruksiya qilish km 7 50 000 25000* 25000* Respublika budjeti (Investitsiya dasturida Sirdaryo viloyati uchun ajratilgan mablagʻ doirasida) Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Moliya vazirligi jami 7 50000 25000 25000 1.2. Davlat ahamiyatidagi yoʻllarni mukamal taʼmirlash 2. 4R44a “Xovos temir yoʻl stansiyasiga shaxobcha” avtomobil yoʻlining 0 — 2 km qismini taʼmirlash km 2 5 000 1 000 4 000 Respublika budjeti (Investitsiya dasturida Sirdaryo viloyati uchun ajratilgan mablagʻ doirasida) Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Moliya vazirligi jami 2 5000 1000 4000 1.3. Ichki yoʻllarni taʼmirlash boʻyicha 3. Tuman markazi koʻchalarini, yangi quriladigan koʻp qavatli uylarning kirish va ichki yoʻllarini toʻliq va joriy taʼmirlash (asfaltbeton qoplamalarni taʼmirlash, tuproq yoʻllarga shagʻal yotqizish) km 46 Loyiha-smeta hujjatlari asosida 12500 Avtomobil yoʻllari qoʻmitasiga ajratilgan mablagʻ hamda mahalliy budjet mablagʻlari Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi,Sirdaryo viloyati hokimligi jami 46 12500 12500 2. Transport xizmatini yanada yaxshilash va yangi yoʻnalishlar ochish Yangi sotib olinadigan avtobuslar boʻyicha 4. “Xovos-Yangiyer” yoʻnalishiga qoʻshimcha avtobus qatnovi uchun avtobuslar xarid qilish dona 3 800 800 Tashabbuskorlarning oʻz mablagʻlari va bank krediti Sirdaryo viloyati hokimligi, Transport vazirligi, ATB “Qishloq qurilish bank” jami 3 800 800 3. Arxitektura qiyofasini oʻzgartirish 5. Xovos shaharchasi bosh rejasini qaytadan ishlab chiqish ga 1300 450 450 Respublika budjeti (2019-yil investitsiya dasturida Qurilish vazirligi uchun koʻzda tutilgan mablagʻlar hisobidan) Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Qurilish vazirligi, Sirdaryo viloyati hokimligi 6. Xovos shaharchasi markaziy qismini batafsil rejalashtirish loyihasini ishlab chiqish ga 150 120 120 Respublika budjeti (2019-yil investitsiya dasturida Qurilish vazirligi uchun koʻzda tutilgan mablagʻlar hisobidan) Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Qurilish vazirligi, Sirdaryo viloyati hokimligi jami 570 570 4. Tuman markazida zamonaviy obyektlar qurish va boshqa masalalarni amalga oshirish 7. Xovos shaharchasidagi obyektlarni arxitektura qiyofasini oʻzgartirish dona 200 6000 6000 Mulk egalari mablagʻlari Sirdaryo viloyati hokimligi,tuman sektor rahbarlari 8. Koʻp qavatli uy-joylar qurish (Asakabank-2 ta, Oʻzsanoatqurilishbank-2 ta, Qishloqqurilishbank-2 ta, Ipotekabank-2 ta, Oʻzmilliybank-2 ta) dona 10 Loyiha-smeta hujjatlari asosida Loyiha-smeta hujjatlari asosida Tijorat banklari kreditlari, tashabbuskorlarning oʻz mablagʻlari Tijorat banklar, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Sirdaryo viloyati hokimligi 9. Xovos tuman markazini bosh rejasiga asosan 5 qavatli uylar qurish (“Qishloqurilishinvest IK MChJ”-20 ta) dona 20 88000 88000 Islom taraqqiyot banki va Saudiya taraqqiyot jamgʻarmasi Qishloq qurilish invest IK MChJ,Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Sirdaryo viloyati hokimligi 10. Davlat xizmatlari agentligiga yangi bino qurish dona 1 Loyiha-smeta hujjatlari asosida Loyiha-smeta hujjatlari asosida Adliya vazirligi mablagʻlari Adliya vazirligi, Sirdaryo viloyati hokimligi 11. Mehnat va bandlikka koʻmaklashish markaziga bino qurish dona 1 1200 1200 Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi mablagʻlari Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Sirdaryo viloyati hokimligi 12. Xovos tuman Yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri xizmati boʻlimiga bino qurish dona 1 Loyiha -smeta hujjatlari asosida Loyiha -smeta hujjatlari asosida “Davergeodezkadastr” qoʻmitasi mablagʻlari “Davergeodezkadastr” qoʻmitasi, Sirdaryo viloyati hokimligi 13. Xovos tumani Ichki ishlar boʻlimiga maʼmuriy bino qurish dona 1 Loyiha-smeta hujjatlari asosida Loyiha-smeta hujjatlari asosida Ichki ishlar vazirligi mablagʻlari Ichki ishlar vazirligi, Sirdaryo viloyati hokimligi 14. Xovos tuman IIB YOXX boʻlimiga yangi bino qurish dona 1 Loyiha-smeta hujjatlari asosida Loyiha-smeta hujjatlari asosida Ichki ishlar vazirligi mablagʻlari Ichki ishlar vazirligi,irdaryo viloyat hokimligi 15. Xovos tuman hokimligiga yangi bino qurish dona 1 Loyiha-smeta hujjatlari asosida Loyiha-smeta hujjatlari asosida Respublika budjeti va mahalliy budjet mablagʻlarida teng ulushlarda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Sirdaryo viloyat hokimligi 16. Xovos tumani davlat soliq inspeksiyasiga yangi bino qurish dona 1 Loyiha-smeta hujjatlari asosida Loyiha-smeta hujjatlari asosida Davlat soliq qoʻmitasi mablagʻlari Davlat soliq qoʻmitasi, Sirdaryo viloyat hokimligi 17. Xovos tumani gaz taʼminoti boʻlimiga yangi bino qurish dona 1 Loyiha-smeta hujjatlari asosida Loyiha-smeta hujjatlari asosida “Oʻztrangaz” AJ mablagʻlari “Oʻztransgaz” AJ, Sirdaryo viloyati hokimligi 18. Xovos tumani elektr taʼminoti korxonasiga yangi bino qurish dona 1 Loyiha-smeta hujjatlari asosida Loyiha-smeta hujjatlari asosida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mablagʻlari “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ 19. Xovos tumanida mehmonxona binosi qurish dona 1 Loyiha-smeta hujjatlari asosida Loyiha-smeta hujjatlari asosida Tijorat banklari kreditlari, tashabbuskorlarning oʻz mablagʻlari Sirdaryo viloyati hokimligi 20. Xovos tumanida hammom binosi qurish dona 1 500 500 Tashabbuskorlarning oʻz mablagʻlari, tijorat banklari krediti Sirdaryo viloyati hokimligi, “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB 21. Xovos tumanida kitob doʻkoni qurish dona 1 150 150 Tashabbuskorlarning oʻz mablagʻlari, tijorat banklari krediti Sirdaryo viloyati hokimligi 22. “Bek klaster” MChJ QKning Xovos tumani markazi bosh rejasiga asosan qurilishi rejalashtirilgan “Istirohat bogʻi”ni oʻz mablagʻlari hisobidan qurish dona 1 Loyiha-smeta hujjatlari asosida Loyiha-smeta hujjatlari asosida “Bek klaster” MChJ QK mablagʻlari “Bek klaster” MChJ QK, Sirdaryo viloyati hokimligi jami 243 95850 95850 0 5. Obodonlashtirish tadbirlari 23. Koʻcha chiroqlarni oʻrnatish dona 2200 2860 2860 “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mablagʻlari “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ jami 2200 2860 2860 6. Aholi punktida drenaj quduqlarini qurish 24. “Bunyodkor” MFY hududida drenaj quduqlarni qurish dona 3 864 864 Suv xoʻjaligi vazirligiga ajratilgan mablagʻlar doirasida Suv xoʻjaligi vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Sirdaryo viloyati hokimligi 25. Shaharchaning yangi quriladigan hududida 4 km kollektor qurish km 4 400 400 Suv xoʻjaligi vazirligiga ajratilgan mablagʻlar doirasida Suv xoʻjaligi vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Sirdaryo viloyati hokimligi jami 7 1264 1264 7. Irrigatsiya tarmoqlarini qurish 26. Xovos shaharchasidagi koʻchalarga lotoklar yotqizish km 20 Loyiha- smeta hujjatlari asosida Loyiha-smeta hujjatlari asosida Mahalliy budjet mablagʻlari Sirdaryo viloyati hokimligi,Moliya vazirligi 8. Koʻp qavatli uylarni taʼmirlash, bolalar maydonchasi, tandirxona va hojatxona qurish 27. “Bunyodkor” MFYdagi koʻp qavatli uylarni mukammal taʼmirlash dona 19 2326,6 2326,6 Tijorat banklari kredit mablagʻlari Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, tijorat banklari Sirdaryo viloyati hokimligi 28. “Istiqlol” MFYdagi koʻp qavatli uylarni mukammal taʼmirlash dona 19 1449,6 1449,6 29. “Tinchlik” MFYdagi koʻp qavatli uylarni mukammal taʼmirlash dona 30 1723,3 1723,3 30. “Doʻstlik” MFYdagi koʻp qavatli uylarni mukammal taʼmirlash dona 7 636,7 636,7 31. Xovos shaharchasidagi koʻp qavatli uy-joylar atrofida bolalar maydonchasini qurish dona 28 Loyiha-smeta hujjatlari asosida Loyiha-smeta hujjatlari asosida Mahalliy budjet mablagʻlari Sirdaryo viloyati hokimligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi 32. Xovos shaharchasidagi koʻp qavatli uy-joylar atrofida tandirxona qurish dona 38 Loyiha-smeta hujjatlari asosida Loyiha-smeta hujjatlari asosida Mahalliy budjet mablagʻlari Sirdaryo viloyati hokimligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi 33. Xovos shaharchasidagi koʻp qavatli uy-joylar atrofida hojatxona qurish dona 40 Loyiha-smeta hujjatlari asosida Loyiha-smeta hujjatlari asosida Mahalliy budjet mablagʻlari Sirdaryo viloyati hokimligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi 34. Koʻp qavatli uylarga tashqi yoritish tizimini oʻrnatish dona 156 Loyiha-smeta hujjatlari asosida Loyiha-smeta hujjatlari asosida 35. Xovos shaharchasidagi piyodalar yoʻlaklariga beton qoplamalar yotqizish m2 8022,3 Loyiha-smeta hujjatlari asosida Loyiha-smeta hujjatlari asosida 36. Xovos shaharchasidagi koʻp qavatli uylar oldidan omborxonalar qurish dona 23 Loyiha-smeta hujjatlari asosida Loyiha-smeta hujjatlari asosida jami 6136,2 6136,2 9. Ichimlik suvi taʼminoti va kanalizatsiya tizimini yaxshilash 9.1. Ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash 37. Xovos tumani markazida ichimlik suv taʼminoti tizimlarini qurish va rekonstruksiya qilish km 16 16500 5000 11500 2019-yil respublika budjeti,2020-yil Suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamgʻarmasi Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Sirdaryo viloyati hokimligi inshoot 2 38. Xovos shaharchasida yangi 4 dona suv koʻtarish nasos stansiyalarini va 8 dona toza suv saqlash hovuzini qurish inshoot 12/6 ming m3/sut 5000 5000 Suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamgʻarmasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,Moliya vazirligi,Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,Sirdaryo viloyati hokimligi 39. Suv olish inshootidan D-100 — 200 mm yangi ichimlik suvi quvurlarini tortish km 16,3 1200 1200 Suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamgʻarmasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Sirdaryo viloyati hokimligi Yangi transformator oʻrnatish va 3,2 km kabel tarmoqlarini tortish dona/km 4/3,2 570 570 Tashkilotning oʻz mablagʻlari hisobidan Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Sirdaryo viloyati hokimligi 40. Sirdaryo viloyatining Boyovut, Xovos, Mirzaobod, Sardoba va Oqoltin tuman markazlari va aholi punktlarining ichimlik suv taʼminotini yaxshilash dasturi doirasida toza ichimlik suvini keltirish ishlarini yakunlash km 23 8000 4000 4000 Jahon bankining mablagʻlari Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Sirdaryo viloyati hokimligi jami 31270 9570 21700 9.2. Oqava suv tarmoqlarini qurish 41. Xovos tumani oqova suv tizimlarini qurish va rekonstruksiya qilish km 5,0 10000 4000 6000 2019-yil — respublika budjeti, 2020-yil — Suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamgʻarmasi Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Sirdaryo viloyati hokimligi obyekt 1 42. Yangi quriladigan oqova suv haydash inshootlarigacha D 160 — 500 mm. oqova suv quvurlarini tortish km 15,0 19000 3500 15500 2019-yil — respublika budjeti,2020-yil — Suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamgʻarmasi Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Sirdaryo viloyati hokimligi obyekt 4 jami 29000 7500 21500 43. D-700 mm oʻzi oqar suv kollektorini qurish km 3 2500 2500 Suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamgʻarmasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Sirdaryo viloyati hokimligi jami 2500 2500 10. Elektr energiya taʼminotini yaxshilash 10.1. Elektr energiyasi tarmoqlarini rekonstruksiya qilish va yangidan qurish 44. “Bunyodkor” MFYdagi 250 kV transformatorni yangilash dona 3 150 150 “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mablagʻlari “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ 45. “Bunyodkor” MFYdagi 0,4 kV havo tarmogʻini yangilash km 7,5 300 300 “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mablagʻlari “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ 46. “Bunyodkor” MFYda 10 kV havo tarmogʻini qurish km 1 45 45 “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mablagʻlari “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ 47. “Chamanzor” MFYdagi 250 kV transformatorni yangilash dona 3 150 150 “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mablagʻlari “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ 48. “Chamanzor” MFYdagi 0,4 kV havo tarmogʻini yangilash km 10 400 400 49. “Chamanzor” MFYda 10 kV havo tarmogʻini qurish km 0,5 23 23 “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mablagʻlari “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ 50. “Istiqlol” MFYdagi 250 kV transformatorni yangilash dona 2 100 100 51. “Istiqlol” MFYdagi 0,4 kV havo tarmogʻini yangilash km 10 400 400 52. “Istiqlol” MFYda 10 kV havo tarmogʻini qurish km 0,5 23 23 “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mablagʻlari “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ 53. “Doʻstlik” MFYdagi 250 kV transformatorni yangilash dona 4 200 200 54. “Doʻstlik” MFYdagi 0,4 kV havo tarmogʻini yangilash km 12 480 480 55. “Doʻstlik” MFYda 10 kV havo tarmogʻini qurish km 3 135 135 56. “Tinchlik” MFYdagi 250 kV transformatorni yangilash dona 3 150 150 “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mablagʻlari “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ 57. “Tinchlik” MFYdagi 0,4 kV havo tarmogʻini yangilash km 8 320 320 “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mablagʻlari “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ 58. “Tinchlik” MFYda 10 kVli havo tarmogʻini qurish km 4 180 180 59. “Yettiguzar” MFYdagi 250 kV transformatorni yangilash dona 2 80 80 60. “Yettiguzar” MFYdagi 0,4 kV havo tarmogʻini yangilash km 3,5 140 140 61. “Yettiguzar” MFYda 10 kV havo tarmogʻini qurish km 0,7 35 35 62. “Karvonsaroy” MFYdagi 250 kV transformatorni yangilash dona 2 100 100 “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mablagʻlari “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ 63. “Karvonsaroy” MFYdagi 0,4 kV havo tarmogʻini yangilash km 4 160 160 64. “Karvonsaroy” MFYda 10 kV havo tarmogʻini qurish km 1 45 45 “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mablagʻlari “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ 65. Sim toʻsinlarni almashtirish va yangilash dona 2000 1400 1400 66. Xovos shaharchasini elektr energiya bilan taʼminlovchi 1955-yilda qurilgan 35/6 kV “Aʼzamov” nimstansiyasini rekonstruksiya qilish dona 1 Loyiha- smeta hujjatlari asosida Loyiha- smeta hujjatlari asosida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mablagʻlari “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ jami x 5016 5016 10.2. Yangi qurilayotgan uylarni elektr energiya bilan taʼminlash 67. Yangi quriladigan koʻp qavatli uylarga yangi 160 kV transformator oʻrnatish dona 15 750 750 “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mablagʻlari “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ 68. Yangi 10 kVli havo tarmogʻini qurish km 5 225 225 “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mablagʻlari “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ 69. Yangi 0,4 kVli havo tarmogʻini qurish km 12 480 480 70. Namunaviy loyihalar asosida qurilayotgan 2 sotixli uy-joylar joylashgan massivga yangi 0,4 kVli havo tarmogʻini tortish km Loyiha- smeta hujjatlari asosida Loyiha- smeta hujjatlari asosida 71. Namunaviy loyihalar asosida qurilayotgan2 sotixli uy-joylar joylashgan massivga yangi transformator oʻrnatish dona Loyiha- smeta hujjatlari asosida Loyiha- smeta hujjatlari asosida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mablagʻlari “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ jami 32 1455 1455 11. Tabiiy gaz taʼminotini yaxshilash boʻyicha 72. “Bunyodkor” MFYdagi oʻrta bosim d-159 mm gaz quvurini taʼmirlash km 0,65 43,7 43,7 “Oʻztrangaz” AJ mablagʻlari “Oʻztransgaz” AJ 73. Xovos shaharchasidagi d-159 mm boʻlgan gaz quvurlarini rekonstruksiya qilish km 0,3 70 70 74. Namunaviy loyihalar asosida qurilayotgan 2 sotixli uy-joylar joylashgan massivga yangi gaz tarmogʻi tortish (d-57/76 mm) km 1 62 62 75. Yangi quriladigan koʻp qavatli uylarni gazlashtirish km 6 1324,2 1324,2 Jami 7,95 1499,9 1499,9 11.1. Gaz quvurlarini joriy taʼmirlash boʻyicha 76. Xovos shaharchasi “Bunyodkor” MFYdagi d-273 mm boʻlgan gaz quvurini demontaj va montaj qilish km 0,5 308 308 “Oʻztrangaz” AJ mablagʻlari “Oʻztransgaz” AJ 77. Xovos shaharchasidagi Toshkent, Zafar, Tadbirkorlar, Al-Buxoriy koʻchalaridagi mavjud gaz quvurlarini tartibga keltirish km 1,2 42 42 78. Yangi quriladigan koʻp qavatli uylarni tabiiy gaz bilan taʼminlash uchun gaz taqsimlash qurilmasini oʻrnatish dona 20 60 60 Jami 410 410 12. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish boʻyicha 79. Yangi quriladigan 30 dona 5 qavatli uylarga optik tolali aloqa tarmogʻini qurish km 3,8 113,1 113,1 “Oʻzbektelekom” AK mablagʻlari Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,Sirdaryo viloyati hokimligi 80. Yangi quriladigan obyektlarga optik tolali aloqa tarmogʻini qurish km 4,7 54 54 “Oʻzbektelekom” AK mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,Sirdaryo viloyati hokimligi jami 8,5 167,1 167,1 13. Toza hudud DUK Xovos filialini moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha 81. Multiliftli maxsus chiqindi tashish texnikasi uchun konteynerlar xarid qilish dona 8 200 200 Mahalliy budjet mablagʻlari Sirdaryo viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi 82. Chiqindi tashlash uchun maxsus qutilar oʻrnatish dona 100 100 100 jami 300 300 14. Tuman arxitektura boʻlimining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha 83. Xovos tuman qurilish boʻlimiga plotter xarid qilish dona 1 30 30 Qurilish vazirligi mablagʻlari Qurilish vazirligi jami 30 30 15. Maktabgacha taʼlim muassasalari boʻyicha 84. “Chamanzor” MFYdagi 3-son 140 oʻrinli MTMni binosini rekonstruksiya qilish dona 1 2200 2200 Investitsiya dasturi doirasida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi, Sirdaryo viloyati hokimligi 85. “Tinchlik” MFYdagi 1-son MTM rekonstruksiya qilish dona 1 1500 1500 86. “Bunyodkor” MFYda 4-son MTMni kapital taʼmirlash dona 1 300 300 87. 160 oʻrinli yangi MTM binosini qurish dona 1 7800 500 7300 Investitsiya dasturi doirasida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi,Moliya vazirligi,Sirdaryo viloyati hokimligi jami 4 11800 4500 7300 16. Umumtaʼlim maktablari boʻyicha 88. “Chamanzor” MFYda 315 oʻrinli yangi maktab qurish dona 1 4039,9 4039,9 Investitsiya dasturi doirasida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Xalq taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi, Sirdaryo viloyati hokimligi 89. 1-maktabni mukammal taʼmirlash dona 1 3000 3000 90. 9-maktabni mukammal taʼmirlash dona 1 3100 3100 91. 13-maktabni mukammal taʼmirlash dona 1 1500 1500 Investitsiya dasturi doirasida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Xalq taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi, Sirdaryo viloyati hokimligi 92. 14-maktabni mukammal taʼmirlash dona 1 2000 2000 jami 5 13639,9 4039,9 9600 17. Sogʻliqni saqlash muassasalari boʻyicha 93. Xovos tuman koʻp tarmoqli poliklinikasining Xovos shaharchasida joylashgan filialiga oilaviy poliklinika maqomini berish, rekonstruksiya qilish va jihozlash (shahar oilaviy poliklinikasiga aylantirish) dona 1 5100 300 4800 Investitsiya dasturi doirasida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi,Moliya vazirligi, Sirdaryo viloyati hokimligi 94. Tuman davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markaziga yangi bino qurish dona 1 Loyiha-smeta hujjatlari asosida Investitsiya dasturi doirasida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi,Moliya vazirligi,Sirdaryo viloyati hokimligi jami 2 5100 300 4800 18. Tuman markazida buzilishga tushgan obyektlar boʻyicha 95. Xovos tumani “Tinchlik”, “Doʻstlik” va “Bunyodkor” MFY hududidagi buzilishga tushgan 300 dan ortiq turar va noturar joylar uchun kompensatsiya pullari ajratish dona Baholash hujjatlari asosida 15000 Davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarning olib qoʻyilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash boʻyicha markazlashtirilgan jamgʻarmasi Moliya vazirligi,Sirdaryo viloyati hokimligi
* Loyiha-smeta hujjatlari tasdiqlangandan soʻng, ish hajmining qiymatiga aniqlik kiritiladi.
