Traktorlar, traktor tirkamalari, meliorativ texnika va oʻzi yurar mashinalar, qishloq xoʻjaligi mashinalari, mashina-traktor parklari, ustaxona va servis punktlarining asbob-uskunalarini 2019-yil uchun majburiy yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida (X-1604/02-son)
09.02.2019
Qashqadaryo viloyati Qamashi tuman hokimining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi PQ-3699-sonli qarorini ijro etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaroriga asosan, qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalari hamda oʻziyurar mashinalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom ijrosini taʼminlash maqsadida “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida” gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y, 9-son, 320-modda)ning 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
1. Tumandagi mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar (tuman Mudofaa ishlari boʻlimi, tuman Ichki ishlar boʻlimi, tuman Davlat xavfsizlik xizmatidagi qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishida band boʻlgan texnikalar bundan mustasno) korxonalar, tashkilotlar, fermer xoʻjaliklari hamda jismoniy shaxslarning qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalari, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalari 1-ilovaga muvofiq 2019-yil uchun yillik texnik koʻrikdan oʻtkazilsin.
2. Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini 2019-yil uchun yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun tuman ishchi guruhi tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Qamashi tuman boʻlimi boshligʻi A.S. Xoliqovga:
qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalari, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi ish rejani yuridik va jismoniy shaxslarga yetkazish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3699-sonli qarorini ijro etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaroriga asosan, qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalari hamda oʻziyurar mashinalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq texnika texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun eng kam oylik ish haqi miqdorida traktorlar, traktor tirkamalari, meliorativ texnika va oʻziyurar mashinalarga 0,18 foiz, qishloq xoʻjaligi mashinalariga 0,10 foiz, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalariga 0,37 foiz miqdorida yigʻim undirish;
texnikani qayta koʻrikdan oʻtkazish uchun mulkdordan yigʻim undirilmaslik topshirilsin.
4. Qamashi tumani hokimining 2018-yil 16-yanvardagi X-72/01-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Ushbu qaror “Qamashi” gazetasida rasman eʼlon qilinsin.
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilishni oʻz zimmamda qoldiraman.
Hokim Sh. SANAYEV
Qamashi t.,
2019-yil 9-fevral,
X-1604/02-son
Tuman hokimining 2019-yil 9-fevraldagi X-1604/02-sonli qaroriga 1-ILOVA
Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini 2019-yil uchun majburiy yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish reja
JADVALI
T/r Texnikaning nomi Texnika rusumi Texnik koʻrikdan oʻtkazish Muddati Manzili Sanasi 1. Haydov traktor Magnum 10-dona 2019-yil Tuman MTPOAJ garaji 17.03.2019-yil Gʻalla kombayni Keys 12-dona 2. Haydov traktori Puma 1-dona 2019-yil Agrotexservis MChJ garaji 17.03.2019-yil Gʻalla kombayni Klaas 3-dona 3. Haydov traktori T-4 A 3-dona 2019-yil Movorounaxir Chim MMTP garaji 19.03.2019-yil Chopiq traktori MTZ-80X 20-dona Chopiq traktori TTZ-100K11 1-dona Chopiq traktori TTZ-80.11 5-dona Transport traktor T-28x4ms1 16-dona Transport traktor TTZ 80,10 4-dona Traktor tirkamasi 2 PTS-4-793 10-dona 4. Chopiq traktori T-28X4M 7-dona 2019-yil Okrabod MMTP garaji 20 — 23.03.2019-yil Chopiq traktori MTZ-80X 11-dona Chopiq traktori TTZ-80.11 3-dona Transport traktor T-28X4MS1 10-dona Transport traktor TTZ 80.10 4-dona Traktor tirkamasi 2PTS-4-793 10-dona Gʻalla kombayni SK-5 5-dona Gʻalla kombayni Enisey-1200 5-dona Haydov traktori T-4 A 3-dona Haydov traktori VT-150 2-dona 5. Chopiq traktori MTZ-80X 16-dona 2019-yil Berdoli-Tukboy MMTP garaji 24-25.03.2019yil Chopiq traktori T-28X4M 5-dona Chopiq traktori TTZ-80.11 6-dona Transport traktori T-28X4MS1 10-dona Transport traktori MTZ-80 4-dona Haydov traktori T-4 A 5-dona Haydov traktori VT-150 4-dona Haydov traktori DG-75 3-dona Traktor tirkamasi 2PTS-4-793 10-dona 6. Chopiq traktori MTZ-80X 8-dona 2019-yil Muxammadiyev MMTP garaji 26-27.04.2019 Chopiq traktori T-28 XChM 4-dona Chopiq traktori TTZ-80.11 9-dona Transport traktori T-28X4MS1 8-dona Transport traktori MTZ-80 5-dona Kombayn Enisey-1200 2-dona Haydov traktori VT-150 3-dona Haydov traktori T-4A 2-dona Traktor tirkamasi 2PTS-4-793 13-dona 7. Haydov traktori VT-150 4-dona 2019-yil Qoratepa-Qurilish MMTP garaji 28 — 30.04.2019yil Haydov traktori T-4 A 5-do na Haydov traktori Magnum 1-dona Kombayn SK-5 4-dona Chopiq traktori TTZ-80.11 6-dona Chopiq traktori MTZ-80 X 19-dona Transport traktori T-28X4MS1 11-dona Transport traktori MTZ-80 5-dona Transport traktori TTZ-80.10 5-dona Traktor tirkamasi 2PTS-4-793 21-dona 8. Chopiq traktori MTZ-80X 9-dona 2019-yil Gʻishtli MMTP garaji 31.03.2019-yil Chopiq traktori T-28X4M 6-dona Haydov traktori T-4 A 2-dona Transport traktori MTZ-80 4-dona Transport traktori T-28X4MS1 7-dona Traktor tirkamasi 2PTS-4-793 14-dona 9. Chopiq traktori T-28X4M 6-dona 2019-yil Fargʻona MMTP garaji 1-2.04.2019yil Chopiq traktori MTZ-80 X 18-dona Chopiq traktori TTZ-80.11 4-dona Haydov traktori VT-150 3-dona Haydov traktori Arion-630 2-dona Kombayn SK-5 3-dona Kombayn Enisey-1200 4-dona Transport traktori T-28X4MS1 14-dona Transport traktori MTZ-80 4-dona Traktor tirkamasi 2PTS-4-793 18-dona 10. Haydov traktori T-4 A 3-dona 2019-yil Qorabogʻ MMTP. garaji 3-4.04.2019yil Haydov traktori VT-150 2-dona Kombayn SK-5 3-dona Transport traktori T-28X4MS1 10-dona Transport traktori MTZ-80 3-dona Chopiq traktori MTZ-80X 5-dona Chopiq traktori TTZ-80.11 5-dona Chopiq traktori T28 X4M 5-dona Traktor tirkamasi 2PTS-4-793 1-dona 11. Traktor tirkamasi 2PTS-4-793 10-dona 2019-yil Qovchin MMTP garaji 6.04.2019yil Chopiq traktori MTZ-80X 3-dona Chopiq traktori T-28X4M 7-dona Transport traktori T-28X4MS1 6-dona Haydov traktori DT-75 2-dona 12. Chopiq traktori MTZ-80X 5-dona 2019-yil Balxivon-Balandchayla MMTP garaji 07-08.04.2019yil Chopiq traktori TTZ-80.11 5-dona Chopiq traktori T-28X4M 2-dona Haydov traktori YTO 1-dona Transport traktori T-28 X4 MCI 8-dona Traktor tirkamasi 2PTS-4-793 9-dona 13. Chopiq traktori MTZ-80 X 6-dona 2019yil Badaxshon- Beldovtepa MMTP garaji 09-10.04.2019-yil Chopiq traktori TTZ-80D1 6-dona Chopiq traktori T-28X4M 4-dona Haydov traktori K-701 3-dona Transport traktori T-28X4MS1 10-dona Traktor tirkamasi 2PTS-4-793 10-dona 14. Chopiq traktori MTZ-80X 6-dona 2019-yil Yortepa-Navroʻz MMTP garaji 11 — 13.04.2019yil Chopiq traktori TTZ-80.11 5-dona Kombayn SK-5 4-dona Transport traktori T-28X4MS1 10-dona Traktor tirkamasi 2PTS-4-793 12-dona 15. Chopiq traktori TTZ-80,11 4-dona 2019-yil Viloyat “Agrokimyohimoya” tuman filiali garaji 14.04.2019-yil Transport traktori TTZ-80,10 8-dona Traktor tirkamasi 2PTS-4-793 8-dona Fekalevoz TAM-4 2-dona Transport traktori LTZ-60,10 1-dona Pogruzchik XSMS-300 1-dona 16. Chopiq traktori MTZ-80 X 23-dona 2019-yil Mullatun-Guliston MMTP garaji 15-16.04.2019-yil Chopiq traktori TTZ-80,11 3-dona Kombayn Enisey 2-dona Transport traktori MTZ-80 6-dona Transport traktori T-28X4MS1 12-dona Traktor tirkamasi 2 PTS4-793 20-dona 17. Haydov traktori K-701 2-dona 2019-yil Qiziltepa-texnikasi MMTP garaji 17-18.04.2019yil Chopiq traktori TTZ-80,11 2-dona Chopiq traktori T-28X4M 1-dona Kombayn Enisey-1200 6-dona Kombayn SK-5 8-do na Transport traktori T-40 A 2-dona Transport traktori T-28X4MS1 10-dona Traktor tirkamasi 2 PTS4-793 12-dona 18. Transport traktori MTZ-80 2-dona 2019-yil Langar MMTP garaji 20.04.2019-yil Transport traktori T-28X4MS 8-dona Transport tirkamasi 2 PTS-4-793 10-dona Haydov traktori DT-75 2-dona Gʻalla kombayni SK-5 2-dona 19. Haydov traktori DT-75 1-dona 2019-yil Oʻrmon-xoʻjaligi garaji 21.04.2019-yil Transport traktori TTZ-80.10 3-dona Traktor tirkamasi 2 PTS-4-793 3-dona 20. Haydov traktori T-4 A 1-dona 2019-yil Chimqoʻrgʻon suv omborlaridan foydalanish birlashmasi garaji 22.04.2019-yil Haydov traktori DT-75 1-dona Transport traktori TTZ-80.10 2-dona Traktor tirkamasi 2 PTS4-793 4-dona Transport traktori TTZ-100K10 2-dona 21. Transport traktori TTZ-80.10 2-dona 2019-yil Obodonlashtirish boʻlimi garaji 23.04.2019-yil Transport traktori T-28X4 MS 1-dona Yuklagich XCMG 930 1-dona Buldozer T-80 1-dona Traktor tirkamasi 2 PTS-4-793 4-dona 22. Haydov traktori TL-100 1-dona 2019-yil Qamashi qishloq xoʻjalik kasb-hunar kolleji garaji 24-25.04.2019yil Haydov traktori MX-135 1-dona Haydov traktori T-4 A 1-dona Haydov traktori VU-300 2-dona Transport traktori T-28X4MS1 1-dona Chopiq traktori TTZ-80.11 3-dona Chopiq traktori TTZ-100K11 1-dona 23. Transport traktori T-28X4 MS 1-dona 2019-yil Qashqadaryo magistral tizim boshqarmasi garaji 27.04. 2019-yil Ekskavator JYT-210 1-dona Ekskavator JYT-230 1-dona Traktor tirkamasi 2PTS-4-793 1-dona 24. Pogruzchik TO-6 1-dona 2019-yil Tuman YXTPTFK 28-29.04.2019-yil Traktor tirkamasi 2PTS-4-793 11-dona Traktor T-150 K 2-dona Transport traktori T-40 1-dona Transport traktori TTZ-60.10 1-dona Transport traktori T-16 1-dona Transport traktori T-28X4MS1 4-dona Transport traktori TTZ-80.10 2-dona Ekskavator EO-5119 1-dona Transport traktori TTZ-100K10 4-dona Buldozer DT-75 2-dona Buldozer DZ-101 1-dona
Izoh: Hududdagi shaxsiy va fermer xoʻjaliklarida mavjud boʻlgan qishloq xoʻjalik texnikalari shu hududdagi muqobil MTPlarda belgilangan vaqtda texnik koʻrikdan oʻtish uchun yigʻiladi.
Tuman hokimining 2019-yil 9-fevraldagi X-1604/02-sonli qaroriga 2-ILOVA
Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini 2019-yil uchun yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun tuman ishchi guruhi
TARKIBI
M. Alixanov — Inspeksiyaning Qamashi tuman boʻlimi texnikalar holati va agrotexnik tadbirlarni nazorat qilish shuʼbasi katta inspektori S. Mirzayev — tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi mutaxassisi A. Abdiqodirov — “Agroservis” MTP MChJ muhandisi.
