Tumanda 2019-yilda transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida (X-232/02-son)
18.02.2019
Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani hokimining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 1-2-son, 17-modda) bilan tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomni ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993., 9-son, 320-modda)ning 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
1. Tuman hududida joylashgan barcha yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan transport vositalari majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilsin.
2. Majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha tuman komissiyasining tarkibi 1-ilovaga, texnik koʻrikdan oʻtkazish jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Transport vositalari quyidagi davriylikka muvofiq texnik koʻrikdan oʻtkazilsin:
tijorat asosida yoʻlovchilar tashish uchun foydalaniladigan yengil avtomobillar, avtobuslar va oʻtiriladigan joylar soni 8 ta va undan ortiq boʻlgan, odamlarni muntazam tashish uchun jihozlangan yuk avtomobillari, yirik gabaritli, ogʻir vaznli va xavfli yuklarni tashish uchun maxsus transport vositalari va ularga tirkamalar — bir yilda ikki marta;
ishlab chiqarilganligiga besh yildan koʻp boʻlmagan transport vositalari (mazkur bandning ikkinchi xatboshida koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari) — ikki yilda bir marta;
ishlab chiqarilgan yilini hisobga olgan holda ishlab chiqarilganligiga besh yildan ortiq boʻlgan transport vositalari, shuningdek ishlab chiqarilgan vaqti aniqlanmagan transport vositalari (mazkur bandning ikkinchi xatboshida koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari) — bir yilda bir marta;
tirkamalar koʻrikka transport vositasi — shatakchi uchun belgilangan muddatlarda;
4. Qarorning 3-bandi ikkinchi xatboshida koʻrsatilgan transport vositalarining texnik koʻrigi:
birinchi marta — 1-mart — 30-iyunda;
ikkinchi marta — 1-sentabr — 31-oktabrda oʻtkaziladi.
yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi 1-mart — 30-iyunda oʻtkaziladi.
jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi 1-yanvar — 31-avgustda oʻtkazilsin.
5. Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tuman komissiyasi rahbariga:
transport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish normalari va qoidalariga rioya etilishi ustidan samarali nazoratni tashkil etish;
transport vositalarining texnik holati va uskunalari yoʻl harakati xavfsizligi standartlari, qoidalari, normalariga muvofiqligini baholash yuklatilsin.
6. Tumandagi barcha transport vositalari egalari boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslarga transport vositalarini texnik pasporti bilan birgalikda texnik koʻrikdan oʻtkazilishini, ularning texnik jihatdan sozligini va oʻz vaqtida reja jadval asosida koʻrikdan oʻtkazish majburiyati yuklatilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-son “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori 3-bandiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligining ichki va soqchilik qoʻshinlari, Milliy xavfsizlik xizmatining harbiy boʻlinmalari transport vositalari koʻrsatib oʻtilgan idoralar tomonidan belgilangan tartibda majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilishi inobatga olinsin.
8. Transport vositalari texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga muvofiq yigʻim undirilsin.
9. Ushbu qaror qabul qilinishi munosabati bilan tuman hokimining 2018-yil 06-fevraldagi X-150-/02-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
10. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilishni oʻz zimmamda qoldiraman.
11. Mazkur qaror rasman eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Xokim R. JOʻRAQOBILOV
Chiroqchi t.,
2019-yil 18-fevral,
X-232/02-son
Tuman hokimining 2019-yil 18-fevraldagi X-232/02-sonli qaroriga 1-ILOVA
Chiroqchi tuman hududida 2019-yil transport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish komissiyasi
TARKIBI
Komissiya raisi: Tajiyev Aktam Chiroqchi tuman ichki ishlar boʻlimi avtomototransport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish normalari va qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish boʻlinmasi boshligʻi katta leytenant. Aʼzolari: O. Xayitov Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi hududiy boʻlinmasi xodimi; A. Abduraxmonov Tuman hokimligi huzuridagi yoʻl harakati xavfsizligi komissiyasi kotibi; D. Eshonkulov Tuman “Vatanparvar” tashkilo�i raisi; T. Mamanov Tuman “Avtohavaskor” tashkiloti raisi; I. Boboyev Tuman Tabiatni muhofaza qilish inspeksiyasi boshligʻi; R. Islomov Tuman mudofaa ishlar boʻlimi boshligʻi; E. Boboqulov Tuman “Agrosugʻurta” MChJ direktori; K. Aliyev jamoatchilik vakili; E. Nazarov jamoatchilik vakili.
Tuman hokimining 2019-yil 18-fevraldagi X-232/02-sonli qaroriga 2-ILOVA
Chiroqchi tumanida mavjud boʻlgan tashkilot, korxona va avtoxoʻjaliklarga tegishli transport vositalarining 2019-yilgi majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish
JADVALI
T/r Avtoxoʻjalik va tashkilotlar nomi Joylashgan manzili Koʻrikdan oʻtadigan kun Vaqti Koʻrik oʻtadigan joyi Transport vositasi soni 1. Tuman tibbiyot birlashmasi Chiroqchi 01 — 03.03.19 8-00 17-00 Oʻzini Avtosaroy 28 2. Koʻkdala markaziy shifoxonasi Chiroqchi 05 — 10.03.19 9-00 16-00 Oʻzini Avtosaroy 11 3. Yuk avtoservis MChJ Chiroqchi 12 — 14.03.19 09-00 17-00 Oʻzini Avtosaroy 17 4. Trans MChJ Chiroqchi 15 — 17.03.19 Oʻzini Avtosaroy Oʻzini Avtosaroy 8 5. Ayritomneft baza Chiroqchi 19 — 21.03.19 8-00 16-00 Oʻzini Avtosaroy 19 6. 14-sonli Maxsus internat maktabi Chiroqchi 23.03.19 8-00 13-00 Oʻzini Avtosaroy 2 7. Temir Beton MChJ Chiroqchi 24.03.19 9-00 16-00 Oʻzini Avtosaroy 3 8. Saxro trans servis MChJ Chiroqchi 27-29.03.19 8-00 17-00 Oʻzini Avtosaroy 8 9. Avtomobilchi MChJ Chiroqchi 30-31.03.19 9-00 Oʻzini Avtosaroy 35 10. Eski Anxor kanal Chiroqchi 03 — 05.04.19 8-00 15-00 Oʻzini Avtosaroy 8 11. Janub Karvontrans MChJ Chiroqchi 06-07.04.19 9-00 Oʻzini Avtosaroy 60 12. Tuman DSENM Chiroqchi 09.04.19 8-00 16-00 Oʻzini Avtosaroy 3 13. Tuman AIB Chiroqchi 10.04.19 9-00 15-00 Oʻzini Avtosaroy 3 14. Vatanparvar STK Chiroqchi 11 — 13.04.19 8-00 16-00 Oʻzini Avtosaroy 11 15. Soliq inspeksiyasi Chiroqchi 14.04.19 9-00 15-00 Oʻzini Avtosaroy 1 16. Transport kolleji Chiroqchi 17 — 19.04.19 8-00 13-00 Oʻzini Avtosaroy 18 17. Qishloq xoʻjalik kolleji Chiroqchi 20.22.04.19 9-00 16-00 Oʻzini Avtosaroy 3 18. Tuman hokimligi Chiroqchi 24.04.19 8-00 17-00 Oʻzini Avtosaroy 3 19. Qishloq ximiya tuman filiali Chiroqchi 25.04.19 9-00 Oʻzini Avtosaroy 4 20. Tuman MTP AJ Chiroqchi 26.04.19 8-00 15-00 Oʻzini Avtosaroy 4 21. Moliya boʻlimi Chiroqchi 27.04.19 9-00 Oʻzini Avtosaroy 1 22. Xalq Bank Chiroqchi 28.04.19 9-00 15-00 Oʻzini Avtosaroy 3 23. Istiqlol Parrandachilik OXJ Chiroqchi 29.04.19 9-00 15-00 Oʻzini Avtosaroy 7 24. Koʻkdala MTP DAJ Chiroqchi 01.05.19 8-00 16-00 Oʻzini Avtosaroy 2 25. Kolona Shuba korxonasi Chiroqchi 02-03.05.19 8-00 13-00 Oʻzini Avtosaroy 8 26. Binokor-7 xususiy korxonasi Chiroqchi 04.05.19 9-00 16-00 Oʻzini Avtosaroy 4 27. Karvon xususiy korxonasi Chiroqchi 05.05.19 8-00 17-00 Oʻzini Avtosaroy 4 28. Olimoʻgʻli Jasur xususiy korxonasi Chiroqchi 06.05.19 9-00 Oʻzini Avtosaroy 2 29. Paxtasanoat trans Chiroqchi 08.05.19 8-00 15-00 Oʻzini Avtosaroy 4 30. Xalq taʼlimi boʻlimi Chiroqchi 09.05.19 9-00 Oʻzini Avtosaroy 1 31. Farhod temir beton xususiy korxonasi Chiroqchi 10.05.19 8-00 16-00 Oʻzini Avtosaroy 6 32. Koʻkdala MTP DAJ Chiroqchi 11.05.19 9-00 15-00 Oʻzini Avtosaroy 2 33. Tuman Elektr tarmoqlari Chiroqchi 12.05.19 8-00 16-00 Oʻzini Avtosaroy 5 34. Obodonlashtirish boshqarmasi Chiroqchi 15-16.05.19 9-00 15-00 Oʻzini Avtosaroy 5 35. Qishloq qurilish bank Koʻkdala Chiroqchi 17.05.19 8-00 13-00 Oʻzini Avtosaroy 1 36. Ezgu usul MChJ Chiroqchi 18.05.19 9-00 16-00 Oʻzini Avtosaroy 2 37. Ravshanov Sharofiddin Murodovich f.x Chiroqchi 19.05.19 8-00 17-00 Oʻzini Avtosaroy 2 38. Samo invest yogʻdusi.ch.s.f firmasi Chiroqchi 22.05.19 9-00 Oʻzini Avtosaroy 2 39. Kvars ishlab chiqarish korxonasi Chiroqchi 23.05.19 8-00 17-00 Oʻzini Avtosaroy 6 40. Yomgʻo brek MChJ Chiroqchi 24.05.19 9-00 Oʻzini Avtosaroy 2 41. Madat xususiy dorixona Chiroqchi 25.05.19 8-00 16-00 Oʻzini Avtosaroy 1 42. Mashʼal fermer xoʻjaligi Chiroqchi 26.05.19 9-00 15-00 Oʻzini Avtosaroy 1 43. Jaxongir Toshkentboyevich firmasi Chiroqchi 29.05.19 8-00 16-00 Oʻzini Avtosaroy 1 44. Abdiraxmonbobo xususiy asalli x.k Chiroqchi 30.05.19 9-00 15-00 Oʻzini Avtosaroy 1 45. Asil turoq quruvchi x.k Chiroqchi 31.05.19 8-00 13-00 Oʻzini Avtosaroy G 46. Qilich xususiy korxonasi Chiroqchi 01.06.19 9-00 16-00 Oʻzini Avtosaroy 1 47. Shakarbuloq xususiy korxonasi Chiroqchi 02.06.19 8-00 17-00 Oʻzini Avtosaroy 1 48. Oltinqanot MChJ Chiroqchi 05.06.19 9-00 Oʻzini Avtosaroy 1 49. Jonqobil ota x.i.ch.s.f Chiroqchi 06.06.19 8-00 15-00 Oʻzini Avtosaroy 3 50. Hayitkul MMTP Chiroqchi 07.06.19 9-00 Oʻzini Avtosaroy 3 51. Sohibkor MMTP Chiroqchi 08.06.19 8-00 16-00 Oʻzini Avtosaroy 1 52. S.Jurayev MMTP Chiroqchi 09.06.19 9-00 15-00 Oʻzini Avtosaroy 1 53. Oʻzbekiston MMTP Chiroqchi 12-13.06.19 8-00 16-00 Oʻzini Avtosaroy 9 54. H.Olimjon MMTP Chiroqchi 14.06.19 9-00 15-00 Oʻzini Avtosaroy 4 55 Chorvodor MMTP Chiroqchi 15-16.06.19 8-00 13-00 Oʻzini Avtosaroy 9 Chiyal MMTP Chiroqchi 19-20.06.19 9-00 16-00 Oʻzini Avtosaroy 7 57 Qumdaryo Oʻrmonchilikxuj Chiroqchi 21.06.19 8-00 17-00 Oʻzini Avtosaroy 3 58 Koʻkdala MMTP Chiroqchi 22.06.19 9-00 Oʻzini Avtosaroy 1 59 Qalqama MMTP Chiroqchi 23.06.19 8-00 15-00 Oʻzini Avtosaroy 1 60 Chiroqchi tuman Gaz filiali Janub Gaz taʼminot Chiroqchi 26-27.06.19 8-00 17-00 Oʻzini Avtosaroy 13 61 “Sanatexgazservis plastika” MChJ Chiroqchi 30.06.19 8.00 17-00 Oʻzini Avtosaroy 2 62 Chiroqchi Ishlab chiqarish savdo MChJ Chiroqchi 31.06.19 8-00 17-00 Oʻzini Avtosaroy 1
